Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/104
Sana12.07.2022
Hajmi0,8 Mb.
#779768
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   104
Bog'liq
G0HfxTcZZynmKH7MNjp7ifSRjHyxK10N6VqQSwDl

Nazorat savollari:
1. Rasmiy ish uslubi qaysi holatlarda qo‘llaniladi?
2. Rasmiy ish qog‘ozlari qaysilar?
3. Rasmiy ish uslubida lahjaga oid so‘zlar ishlatiladimi, yo‘qmi?
Bilib qo‘ygan yaxshi!
Konstitutsiya — har bir davlatning ramzlaridan biri. “Konstitutsiya”
— lotincha so‘z bo‘lib, uning tom ma’nosi “tuzish”, “tuzuk”, “nizom”,
“tuzilish”, “yaratish” demakdir.
“Konstitutsiya” atamasi o‘zining uzoq tarixiga ega.
Jahon sivilizatsiyasi o‘zining tarixiy rivojlanishi davomida bugungi kun-
da amal qilayotgan ikki guruhdagi konstitutsiyalarni yuzaga keltirdi. Birin-
chi guruhni bugungi kundagidan keskin farq qiladigan sharoitda qabul
qilingan konstitutsiyalar tashkil etadi. Bunday konstitutsiyalarning eng yor-
qin namunasi — 1787-yilgi AQSH Konstitutsiyasi, 1831-yilgi Belgiya va
1874-yilgi Shvetsariya konstitutsiyalaridir. Ikkinchi guruhga XX asrning II
yarmida qabul qilingan “yangi avlod” konstitutsiyalari kiradi.
xildagi majlislarning qarorlariga kelsak, ularning hajmidan qat’iy nazar,
hammasi ham o‘zida uch xususiyatni mujassamlashtiradi.
Kun tartibi.
Muhokama qilinayotgan masalaning bayoni.
Qaror qismi.
Bu materiallarni til jihatidan birlashtiradigan, ularning barchasiga xos
bo‘lgan til xususiyatlari quyidagicha:
Bu materiallarning leksikasi asosan kundalik muomala jarayonida
ishlatiladigan so‘zlardan iborat bo‘ladi.
Lahja so‘zlari ishlatilmaydi. Ariza, tilxat, bayonot yoki qaydnomaning
hujjat sifatidagi xususiyati shevachilikka imkon qoldirmaydi.
Bu uslub materialida timsolli birikmalar, umuman timsollar qo‘lla-
nilmaydi, chunki timsol zamirida turli xildagi ma’no nozikliklari mujas-
samlashadi. Huquqiy hujjatning xususiyati esa fikrning aniq ifodasini talab
qiladi. Ayni vaqtda bu uslub materialida timsoldan foydalanishning imko-
ni bo‘lmaydi. Masalan: kichik hajmli tilxat yoki arizada, raqamlar bilan
to‘liq bo‘lgan hisobchilik hujjatlarida timsol ishlatishning o‘zi imkonsiz.
Bayonda qoliplangan birikmalarning mavjudligi. Masalan, 
kun tartibi,
ko‘riladigan masalalar, so‘zga chiqadilar, qaror qiladi, zimmasiga yuklatilsin
va h.k.
Uslubning o‘ziga xos atamalari: yig‘ilish, majlis, anjuman, qurultoy,
rais, hisobchi, mudir, muovin, kotib, viloyat, jumhuriyat, tuman va b.
Uslub atamalarining taraqqiyoti davr bilan bog‘liqligi. Masalan, o‘zbek
tiliga davlat maqomi berilgach, hayotini tugatmasdan, barvaqtroq badarg‘a
qilingan bir qancha so‘zlarimiz yana iste’moldan o‘rin oladi. Bunda xalqqa
tushunarli bo‘lishi asosiy omil bo‘lyapti: administratsiya — ma’muriyat,
administrator — ma’mur, attestatsiya — ko‘rik, raport — xabarnoma,
komandirovka — safar, pechat — muhr, mikrorayon — mavze, transport
— ulov, adres — manzilgoh.
Rasmiy uslub adabiy til maromlariga, rasmiy-idoraviy hujjat tuzish
an’analariga qat’iy amal qilinadi. Rasmiy uslub unsurlari publitsistik va
badiiy nutqda ham uchraydi.
Rasmiy nutqning ikki xil ko‘rinishi mavjuddir:
Og‘zaki tarzdagi rasmiy ma’ruzalar nutqi.
Rasmiy ish qog‘ozlari nutqi (asosan yozma nutq).
Og‘zaki tarzdagi rasmiy ma’ruzalar nutqi, birinchidan, badiiy, ilmiy,
jonli so‘zlashuv va publitsistik nutqlardan farq qilsa, ikkinchi tomondan,
rasmiy ish qog‘ozlari nutqidan (yozma nutqdan) ham farq qiladi.


83
82
bildirish uchun beriladi. Ular muassasa rahbari tomonidan imzolanadi va
muhr bilan tasdiqlanishi kerak.
Rasmiy ishonchnomalarning zaruriy qsmlari:
Ishonchnoma beruvchi muassasaning nomi.
Ishonchnoma tartib raqami va berilgan vaqti.
Ishonchnoma berilayotgan shaxsning lavozimi va to‘liq nomi.
Qimmatli buyumlar olinadigan (beradigan) muassasaning nomi.
Ishonchnomaning berilish sababi.
Ishonchnomaning amal qilish muddati.
Ishonchnoma berilayotgan shaxs imzosining namunasi.
Moddiy buyum boyliklarini, oluvchining shaxsiyatini tasdiqlovchi
hujjatning nomi (pasport, guvohnoma).
Ishonchnomalarning ikkinchi xili shaxsiy, ya’ni ayrim shaxslar to-
monidan boshqa bir shaxsga muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildirib
berilgan yozma hujjatdir.
Shaxsiy ishonchnoma erkin usulda, odatda qo‘lda yoziladi, lekin unda,
albatta, quyidagi zaruriy qismlar bo‘lmog‘i kerak.
1. Hujjatning nomi (ishonchnoma).
Ishonch bildiruvchining to‘liq ismi.
Ishonchli shaxsning to‘liq nomi.
Ishonchnoma mazmuni (topshirilgan vazifalarni aniq ko‘rsatish).
Topshirilgan vazifalar amalga oishirilishi zarur bo‘lgan muassasaning
nomi.
Ishonch bildiruvchining imzosi.
Berilgan vaqti.
Ishonch bildiruvchining imzosi tasdiqlangan shaxsning lavozimi va
imzosi.
Ishonch bildiruvchining imzosi tasdiqlangan sana va yumaloq muhr.
Rasmiy ishonchnoma namunasi.
Maktabning to‘rtburchak
muhri (Ishonchnoma raqami va berilgan vaqti)
Ishonchnoma
Nukus shahridagi 7-maktab
xo‘jalik mudiri O.S.Rahmonovga
“Sharq ziyokori” kitoblar do‘konidan hisob bo‘yicha maktabga ajra-
tilgan 12040 (o‘n ikki ming qirq) so‘mlik kanselyariya buyumlarini olishga
ishonch bildiradi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish