Август 2020 10-қисм
Тошкент
Bu jarayonda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:
1. O‘rganilayotgan ob‘yektni avval o‘rganilgan ob‘yekt bilan taqqoslash. O‘xshashlik va
farqlarni, o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash.
2. O‘rganilgan va o‘rganilayotgan ob‘yekt o‘rtasidagi umumiylikni aniqlash.
3. O‘rganilayotgan ob‘yektning o‘ziga xos tomonlarini aniqlash.
4. O ‘rganilayotgan ob‘yektning eng muhim jihatlarini o‘rganish.
5. O‘zlashtirilgan tushunchalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llab yangi bilimlar
egallashga erishish.
Masalan, «Hujayra» mavzusida o‘quvchilar piyoz po‘sti hujayralari, ularning qismlari bilan
tanishadi. So‘ngra pomidor eti hujayralarini o‘rganishda piyoz po‘sti hujayralarining tuzilishi
bilan taqqoslaydi, o‘ziga xos va umumiy tomonlarni aniqlaydi. Keyingi mavzularda hujayraning
o‘sishi va bo‘linishi bilan tanishadi. Ildiz, poya, barglarning hujayraviy tuzilishini o‘rganishda
hujayra haqidagi bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llab, o‘simlik organlarining
hujayraviy tuzilishi haqidagi bilimlari rivojlantiriladi.
Ta’lim mazmunining ikkinchi tarkibiy qismi faoliyat usullari (ko‘nikma va malakalar) bo‘lib
o‘quvchilarda quyidagi bosqichlarda tarkib toptirish lozim.
O‘quvchilarda ijodiy faoliyat tajribalari avval o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni
yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llashi, mustaqil va ijodiy ishlashi orqali tarkib toptiriladi. Shu
sababli o‘qituvchi tabiatshunoslik darslarida о’quvchilaming mustaqil va ijodiy ishlariga keng
o‘rin berishi lozim.
Hozirgi eng muhim, eng dolzarb vazifamiz — jamiyatimiz a’zolarini, avvalambor, voyaga
yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g‘oya, milliy mafkura,
o‘z vataniga mehr-sadoqat tuyg‘usini uyg‘otish, o‘zligini anglash, milliy va umumbashariy
qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
foydalanilgan adabiyotlar:
1. аbdullаеv Y. N. Sоsiаlnо-pеdаgоgichеskiе оsоbеnnоsti visshеy shkоli zа rubеjоm: оpit i
tеndеnsii rаzvitiya.: аvtоrеf.dis...d-rа pеd.nаuk – T.: 2000.-56 s.
2. аbdullаеv Y. Hоrijiy tа`lim. Tаjribа vа tаrаqqiyot yo`nаlishlаri. – T.: O`zbеkistоn. 1999.
-199 s.
3. аbdurахmоnоv Kаydаul. Pоdgоtоvkа budushiх uchitеlеy k rаbоtе pо prоfеssiоnаlnоy
оriеntаsii uchаshiхsya nа bаzе UPK. аvtоrеf. dis… kаnd. pеd.nаuk. – аlmаti: 1995. - 24 s.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |