18.5. Tadbirkorlarning davlat ijtimoiy sug„urtasiga badallar
ajratish tartibi
Yuridik shaxs bo‗lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanuvchi shaxs,
dehqon xo‗jaligi a‘zosiga, shuningdek ayrim fuqarolarnikida shartnoma asosida
ishlayotganlar nafaqa olish uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalarini,
bola tug‗ilganlik haqida ma‘lumotnomani va vafot etganlik to‗g‗risidagi
ma‘lumotnomani ijtimoiy ta‘minot bo‗limiga topshiradilar. Topshirilgan hujjatlar
asosida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi daromadlari va xarajatlari
shu‘balari tomonidan nafaqa tayinlash (tayinlanmaslik) va uning miqdorlari
masalasi ko‗rib chiqilib, ijtimoiy ta‘minot bo‗limi boshlig‗ining qarori chiqariladi
va belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Nafaqalar, fuqarolarning foizsiz shaxsiy
hisobraqamiga nafaqa summasini o‗tkazish yo‗li bilan bank orqali to‗lanadi.
Nafaqa tayinlashda mazkur Nizomning 98-106 bandlarida belgilangan
qoidalar qo‗llaniladi.
Ortiqcha to‗lab yuborilgan nafaqa summasi, agar ortiqcha to‗lash sanashda
(arifmetik) adashish yoki nafaqa oluvchining qalbaki ma‘lumotnoma taqdim qilishi
330
(hujjatlarga o‗zgartirish kiritish va hokazolar) tufayli sodir bo‗lgan bo‗lsa, nafaqa
oluvchidan undirib olinadi.
Chegirish keyingi safar to‗lanadigan nafaqa yoki ish haqidan amalga
oshiriladi. Har safar xodim olishi kerak bo‗lgan summadan 20 foizdan ortiq
bo‗lmagan summa chegirib qolinadi. Chegirib qolish korxonaning hisob-kitob
bo‗limi orqali komissiyaning qarori asosida amalga oshiriladi.
Bu qaror sanash jarayonida yo‗l qo‗yilgan xato tufayli ortiqcha to‗lash sodir
bo‗lganda nafaqa tayinlangan kundan 3 oydan kechiktirmay, o‗z huquqini
suiste‘mollikka yo‗l qo‗yilsa (qalbaki hujjat taqdim etish, firibgarlik va hokazolar),
hujjatlar qonunda belgilangan choralarni qo‗llash uchun huquqni muhofaza qilish
organlariga yuboriladi.
Sudlarning qaroriga asosan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik
va tug‗ish nafaqalaridan aliment, mayib bo‗lganlik va salomatlikka etkazilgan va
boshqa zararlarni qoplash bo‗yicha xarajatlar chegirilishi mumkin. Nafaqalarda
boshqa hech qanday chegirma amalga oshirilmaydi.
Xodimning vafoti kunigacha olinmay qolgan vaqtincha mehnatga
qobliyatsizlik hamda homiladorlik va tug‗ish nafaqasi u bilan birga yashagan oila
a‘zolariga, shuningdek, uning qaramog‗ida bo‗lganlarga beriladi.
Xodimning vafot etgan kuniga qadar olinmagan nafaqa vafot etgan xodim
bilan qarindosh va birga istiqomat qilganlik yoki vafot etganning qaramog‗ida
bo‗lganlikni tasdiqlovchi dalil bo‗lgan hujjat topshirilganidagina berilishi mumkin.
Bola tug‗ilganda bir yo‗la to‗lanadigan nafaqani olish huquqiga ega bo‗lgan
ona vafot etganda mazkur nafaqa otaga yoki bolani o‗z tarbiyasiga olgan boshqa
shaxsga beriladi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi mablag‗idan beriladigan nafaqa
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‗yicha to‗lanishi,
fuqarolarning arizasiga binoan bank muassasalaridagi hisobraqamiga o‗tkazilishi
hamda aloqa bo‗limi orqali jo‗natilishi mumkin.
Nafaqani jo‗natish bilan bog‗liq bo‗lgan chiqimlar nafaqa summasidan
ushlab qolinadi.
331
O‗zbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari pensiya jamg‗armasiga
majburiy sug‗urta badallari to‗lash hisobiga olinadigan pensiya ta‘minotiga va
davlat ijtimoiy sug‗urtasiga bo‗lgan konstitutsiyaviy huquqlari ro‗yobga
chiqarilishini ta‘minlash maqsadida ishlab chiqilgan va majburiy sug‗urta badallari
to‗lanishining shaxsiy hisobini olib borish, mehnat daftarchalarini yuritish, pensiya
va nafaqalar tayinlash va to‗lash, uchun mehnat staji va daromadni tayinlash va
to‗lash uchun mehnat staji va daromadni hisoblab chiqish tartibini belgilab beradi.
1. Mazkur tartibga asosan yuridik shaxs bo‗lmasdan tadbirkorlik faoliyati
bilan shug‗ullanuvchi jismoniy shaxslarga, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini
mashg‗ulotning istalgan boshqa turi bilan qo‗shib olib boruvchi fuqarolarga tadbiq
etiladi.
2. Tadbirkor davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‗yish bilan bir
paytda byudjetdan tashqari pensiya jamg‗armasiga badal to‗lovchi sifatida davlat
ijtimoiy sug‗urtalanadigan shaxsga aylanadi.
3. Tadbirkor byudjetdan tashqari pensiya jamg‗armasiga sug‗urta badallari
to‗lagan taqdirda:
«Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti to‗g‗risida»gi O‗zbekiston
Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya bilan ta‘minlanish;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
nafaqasi, xomiladorlik va tug‗ish nafaqasi, bola tug‗ilganda nafaqa olish hamda
Dafn marosimi uchun nafaqa olish huquqiga ega bo‗ladi.
Tadbirkorning pensiya olishga bo‗lgan huquqi u pensiya yoshiga to‗lganda
yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda boshlanadi.
Ijtimoiy sug‗urta bo‗yicha nafaqa, agar ushbu nafaqani olish huquqi
tadbirkor tomonidan sug‗urta badallari to‗lash davrida boshlangan bo‗lsa, beriladi.
Tadbirkor o‗zidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta‘minlanish va
ijtimoiy sug‗urta bo‗yicha nafaqaning o‗zi istaydigan miqdoridan kelib chiqib,
byudjetdan tashqari pensiya jamg‗armasiga sug‗urta badallari miqdorini mustaqil
ravishda belgilaydi, biroq u badallarning mazkur tartibida belgilangan eng kam
miqdoridan kam bo‗lmasligi kerak.
332
Tayinlanadigan pensiya, shuningdek ijtimoiy sug‗urta bo‗yicha nafaqa
miqdori byudjetdan tashqari pensiya jamg‗armasiga to‗lanadigan sug‗urta badallari
miqdoriga hamda tadbirkorning mehnat stajiga bog‗liq bo‗ladi.
Byudjetdan tashqari pensiya jamg‗armasiga to‗lanadigan sug‗urta
badallarining eng kam miqdori har oyda O‗zbekiston Respublikasida belgilangan
eng kam oylik ish haqidan kam bo‗lmagan miqdorni, yoshga doir pensiya olish
huquqiga ega bo‗lgan, shuningdek 1 va 2-guruh nogironlari bo‗lgan tadbirkorlar
uchun esa eng kam oylik ish haqining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.
Tadbirkor belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatini to‗xtatib turgan
paytida sug‗urta badallari to‗lanmaydi va bu davr stajga kiritilmaydi.
Sug‗urta badallari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanuvchi jismoniy
shaxslar daromadidan soliq to‗lash uchun belgilangan muddatlarda to‗lanadi.
Sug‗urta badallari tadbirkor yashab turgan yoki faoliyatini amalga
oshirayotgan tuman (shahar) byudjetdan tashqari pensiya jamg‗armasi hisob
raqamiga naqdsiz hisob-kitob yoki naqd pul o‗tkazish yo‗li bilan to‗lanadi.
Sug‗urta badallari naqdsiz hisob-kitob bo‗yicha to‗langan taqdirda sug‗urta badali
to‗langanligi haqidagi to‗lov hujjatida ko‗rsatilgan sana sug‗urta badali to‗langan
kun hisoblanadi.
To‗langan sug‗urta badal qaytarilmaydi.
Tadbirkorlar soliq haqidagi qonunlarga muvofiq sug‗urta badallarining o‗z
vaqtida to‗lanishi uchun javob beradilar.
Sug‗urta badallari to‗lanishining hisobi umumiy belgilangan tartibda
tadbirkorning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlarida yuritiladi.
Sug‗urta badallari tadbirkorlar o‗z faoliyatini amalga oshirayotgan joyda
to‗langan taqdirda soliq organlari har chorakda tadbirkorning yashash joyidagi
soliq organiga ma‘lumotlar taqdim etadi.
Soliq organlari tomonidan yilning har choragida tadbirkordan tushgan
sug‗urta badallari yakuni chiqariladi va to‗lanmagan yoki muddati o‗tkazib
yuborilgan to‗lovlar aniqlangan taqdirda, tadbirkorlarda ularning qarzi miqdori
haqida, ushbu qarz hosil bo‗lgan davr, shuningdek to‗lov muddati o‗tkazib
333
yuborilganligi uchun qo‗shilgan penya miqdori ko‗rsatilgan holda bildirishnoma
yuboriladi.
Joylarda soliq organlari tadbirkorlardan sug‗urta badallari tushishi ustidan
doimiy nazorat olib boradilar va har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning
20-kunigacha tadbirkorning yashash joyidagi tuman (shahar) ijtimoiy ta‘minot
bo‗limlariga:
1-ilovaga muvofiq shakl bo‗yicha hisobot choragida hisobga qo‗yilgan
(hisobdan chiqarilgan) tadbirkorlar to‗g‗risidagi axborotni;
2-ilovaga muvofiq shakl bo‗yicha ular tomonidan Byudjetdan tashqari
pensiya jamg‗armasiga to‗langan badallar miqdori to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni
taqdim etadi.
Tuman (shahar) ijtimoiy ta‘minot bo‗limlari:
- tadbirkorning hisobga qo‗yilganligi (hisobdan chiqarilganligi) to‗g‗risida
davlat soliq xizmati organlarining axborot asosida 3-ilovaga muvofiq shakl
bo‗yicha sug‗urta badallari to‗lanishini hisobga olishning shaxsiy kartochkasi
(keyingi o‗rinlarda «hisobga olishning shaxsiy kartochkasi» deb yuritiladi)
ochadilar (yopadilar), ushbu hisobga olish kartochasi doimiy ravishda ijtimoiy
ta‘minot bo‗limida saqlanadi;
- davlat soliq xizmati organlarining sug‗urta badallari to‗langanligi
to‗g‗risidagi ma‘lumotlari asosida hisobga olish kartochkasiga badallar summasi
(sug‗urta badallari o‗z vaqtida to‗lanmaganligi uchun qo‗shiladigan penya hisobga
olmagan holda) va ular to‗langan davrlar to‗g‗risidagi yozuvlarni qayd etadi.
Tuman (shahar) ijtimoiy ta‘minot bo‗limlari, shuningdek davlat soliq
xizmati organlarining axboroti va ma‘lumotlari asosida mazkur tartibning 20-22-
bandlariga muvofiq tadbirkorning mehnat daftarchasiga tegishli yozuvlarni qayd
etadi.
Tadbirkorda saqlanadigan 4-ilovaga muvofiq sug‗urta badallari to‗lanishini
hisobga olish daftarchasi sug‗urta badallari to‗langanligini tasdiqlovchi asosiy
hujjat hisoblanadi. Hisobga olish daftarchasi ijtimoiy ta‘minot bo‗limi tomonidan
ushub faoliyatga birinchi marta kirishgan tadbirkorga ochiladi.
334
Tadbirkorning hohishiga ko‗ra tuman (shahar) ijtimoiy ta‘minot bo‗limi
tadbirkor tomonidan Byudjetdan tashqari pensiya jamg‗armasiga to‗langan to‗lov
hujjatlari bilan tasdiqlangan badallarni hisobga olish kartochkasi va hisobga olish
daftariga kiritiladi hamda tadbirkorning va ijtimoiy ta‘minot bo‗limi ma‘sul
xodimining imzosi, shuningdek bo‗lim muhri bilan tasdiqlanadi.
Sug‗urta badallari to‗langanligi to‗g‗risidagi to‗lov hujjatlari tadbirkor
tomonidan to‗lanadigan badallar hisobiga olish kartochkasi va hisobga olish
daftaridagi yozuvlar bilan solishtirilgunga qadar tadbirkorda saqlanadi.
Tadbirkorlik faoliyati to‗xtatilganda yoki ro‗yxatdan o‗tkazish joyi
o‗zgargan taqdirda ijtimoiy ta‘minot bo‗limi hisobga olish kartochkasi va hisobga
olish daftariga hisobdan chiqarganlik to‗g‗risida tegishli belgilar qo‗yadi.
Tadbirkor mehnat daftarchasining:
-
«Sana» ustunida byudjetdan tashqari pensiya jamg‗armasiga sug‗urta
badallari to‗lash boshlangan, to‗xtatib qo‗yilgan va tiklangan sana, shuningdek,
tadbirkorlik faoliyati to‗xtatilgan sana to‗g‗risidagi yozuv yoziladi.
-
tadbirkor tomonidan byudjetdan tashqari pensiya jamg‗armasiga badal
belgilangan muddatdan keyin bir oy mobaynida to‗lanmagan taqdirda, mehnat
daftarchasiga «Sug‗urta badallari to‗lashni to‗xtatib qo‗ydi» degan yozuv yoziladi.
Agar tadbirkor mazkur yozuv yozilgandan keyin byudjetdan tashqari pensiya
jamg‗armasiga badal to‗lashni tiklasa, mehnat daftarchasiga «Sug‗urta badallari
to‗lashni tikladi» deb yoziladi.
-
tadbirkorlik faoliyati to‗xtatilgan taqdirda mehnat daftarchasiga «Yuridik
shaxs bo‗lmasdan tadbirkorlik faoliyatini to‗xtatdi» deb yoziladi.
-
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanishni to‗xtatgan yoki ro‗yxatdan
o‗tkazish joyini o‗zgartirgan shaxsning talabi bo‗yicha ijtimoiy ta‘minot bo‗limi
mehnat daftarchasini uning qo‗liga beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |