Nazorat savollari:
1. Sug‗urta polislarini qanday guruhlarga ajratish mumkin?
2. Qanday sug‗urta polislari investitsion shartnomalarga o‗xshab ketadi?
3. Qolgan umrni sug‗urta qildirish polislarini tavsiflab bering?
155
4. Umrbod sug‗urta polislari qanday jihatlari bilan ajralib turadi?
5. Daromadsiz umrbod polislar uchun qanday xususiyatlar xos?
6. Qolgan umrni sug‗urta qildirishning daromadli polislari qancha muddatga
beriladi?
7. ―Universal hayot‖ polislarini qanday polislar guruhiga kiradi?
156
12-BOB. HAYOT SUG„URTASI BILAN SHUG„ULLANUVCHI SUG„URTA
KOMPANIYASINING INVESTITSION FAOLIYATI
12.1. Sug„urta kompaniyalarining investitsiya faoliyati. Inflyasiya va
uning investitsion faoliyatga ta‟siri
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‗tish har bir tarmoq
iqtisodiyotini jadal rivojlantirish, investitsiyalardan foydalanish samaradorligini
oshirishga bog‗liq bo‗ladi. Investitsiyalarni bozor iqtisodiyotiga moslashtirish
investitsion siyosatni ham tubdan tubdan o‗zgartirishni talab qilmoqda. Shu
bilan birga investitsion siyosatni amalga oshirish chog‗ida bozor
munosabatlariga mos dastaklardan foydalanishni, ya‘ni investitsion jarayon
ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilashni, mamlakatda
investorlar uchun to‗laqonli raqobatni ta‘minlashni, moddiy va intellektual
boyliklarni boshqarishda batamom erkin harakat va shunga tenglashtirilgan
tadbirlarni amalga oshirishni taqoza etmoqda. Investitsiyalar yuqori likvidli
instrumentlarga bo‗lgan qurilmalar bilan balanslangan bo‗lsa, unda qurilmalarning
barchasi (portfel) hayotni sug‗urtalash bo‗yicha kompaniyalarning investitsion
siyosatini optimallashtiradi
8
. Bu borada turli iqtisodchi olim va amaliyotchilar
o‗zlarining ilmiy nuqtai nazaridan kelib chiqib, quyidagicha ta‘riflar bergan.
Masalan prefessor E.V.Mixaylovning fikricha ―investitsiya bu-sub‘ekt
ixtiyoridagi barcha moliyaviy, moddiy va boshqa boyliklarni kelajakda iqtisodiy
samara olish uchun biror ob‘ektga sarflashdir». Bu o‗rinda investitsiyaning
mohiyati bilan mazmunini bozor iqtisodiyotiga moslashtirib ochib berishga
harakat qilingan. Boshqa bir iqtisodchi olimning investitsiyaga tarif berishicha,
―tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlari ob‘ektlariga foyda, yaratiladigan yoki
ijtimoiy samara beradigan mulkiy yoki intellektual boyliklarning hamma turlari
investitsiyalardir‖
9
deb o‗zining fikr va mulohazalarini bildirib o‗tganlar.
8
David Bland Insurance: Principles and Practice. The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 2003.
9
Бачоров В.В. «Инвестиции» изд. «Питер» 2002 г.
157
―Investitsiya‖ atamasi lotin tilidagi ―Invest‖ so‗zidan kelib chiqqan bo‗lib,
―qo‗yish‖, ―mablag‗ni safarbar etish‖ ma‘nosini bildiradi. Aksariyat hollarda
―Investitsiya‖ tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob‘ektlariga kiritiladigan
moddiy va nomoddiy ne‘matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida tariflanadi
10
.
Mamlakat iqtisodiyotida investitsiyalarning ahamiyati to‗g‗risida fikr
yuritadigan bo‗lsak, bu o‗rinda ―Investitsiya‖ tushunchasining moliyaviy,
mulkiy va intellektual qadriyatlarni takror ishlab chiqarishning inikosi bo‗lmish
dastlabki va asosiy tushuncha bo‗lib maydonga chiqishini unutmaslik kerak.
Shuningdek iqtisodiyotimizda investitsiya xususida qonuniy hujjatlar
1991 yildan boshlab qabul qilingan va o‗tgan vaqt ichida ular ancha
takomillashtirildi.
Investitsiya
f a o l i y a t i
to‗g‗risida
O‗zbekiston
Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilgan qonunda ko‗rsatilishicha,
investitsiya bu - iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga
erishish uchun sarflanadigan pul mablag‗lari, banklarga qo‗yilgan omonatlar,
paylar, qimmatli qog‗ozlar (aksiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar,
asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday
boyliklardir. Investitsiya faoliyati haqidagi qonunning 2-moddasida asosiy
tushunchalar quyidagicha qo‗llaniladi:
-
investitsiyalar - iqtisodiy va boshqa faoliyat ob‘ektlariga kiritiladigan
moddiy va nomoddiy ne‘matlar hamda ularga doir huquqlar;
-
investitsiya
faoliyati
-
investitsiya
faoliyati
sub‘ektlarining
investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‗liq harakatlari majmui;
-
investor - o‗z mablag‗larini, qarzga olingan va jalb etilgan
mablag‗larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek intellektual
mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati ob‘ektlariga investitsiyalashni
amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub‘ekti;
-
investitsion faoliyat ishtirokchisi - investor buyurtmalarini bajaruvchi
sifatida investitsion faoliyatni ta‘minlovchi investitsiya faoliyati sub‘ekti;
10
Ғозибеков Д.Ғ. Инвестицияларни молиялаштириш масалалари. O‗quv qo‗llanma. -Т.: Молия нашриѐти.
2003 й.
158
-
reinvestitsiyalar - investorning faoliyati natijasida olingan foydani
(daromadni) muomalaga kiritish.
Investitsiya
faoliyati
haqidagi
qonunning
3-moddasida
investitsiyalarning belgilanish ob‘ekti bo‗yicha quyidagi turlarga bo‗linadi.
Kapital investitsiyalarga asosiy fondlarni yaratish va qayta ishlab
chiqarish shu bilan bir qatorda moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini
rivojlantirishga qo‗yiladigan investitsiyalar kiradi.
Ijtimoiy
investitsiyalarga
inson
imkoniyatlarini
rivojlantirish,
shuningdek moddiy bo‗lmagan boyliklarni rivojlantirishga qo‗yiladigan
investitsiyalar kiradi.
Ushbu iqtisodchi olimlar tomonidan hamda qonunchilik hujjatlarida
keltirib o‗tilgan ta‘riflar investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitida
to‗laligicha faoliyat ko‗rsatishini aniq tasdiqlaydi. Jumladan unda, birinchidan,
investitsiyaning o‗ziga va investitsiya faoliyatining ob‘ektlariga keng ta‘rif
berilgan, ikkinchidan, investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara
olishga muqarrar bog‗liqligi ta‘kidlab o‗tilgan. Agar investor daromad olmaydigan
bo‗lsa, investitsion jarayonni amalga oshirishning ham mantiqi qolmaydi. Demak,
investitsiyaga bozor munosabatlaridan kelib chiqib, borilgan ta‘rifning o‗zidayoq
investitsion jarayonning hajmi, asosiy bosqichlar, ya‘ni jamg‗armalar
(resurslar), qo‗yilma mablag‗lar (sarf-xarajatlar), samara(daromad, foyda) aniq
va ravshan ko‗rsatib o‗tilgan. Xuddi shuningdek yondashuv, investitsion
faoliyatning bozor munosabatlariga o‗tishi uchun zamin yaratadi, bu esa,
moliyaviy, moddiy va aqliy boyliklarni qayta taqsimlashning vertikal va
gorizontal usullaridan bir xilda foydalanishni ta‘minlab beradi. Shuningdek
investitsiyalarning bir qancha turlari bo‗lib, ular iqtisodiyotda tutgan o‗rni bilan
ajralib turadi. Masalan, moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mahalliy va xorijiy
mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar,
aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog‗ozlar hamda ularga
tenglashtirilgan boyliklar kiradi.
159
Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya‘ni binolar, asbob-
uskunalar, inshoatlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish
fondlarining aktiv passik qismlari kiradi.
Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya‘ni ular
mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar, aqliy mehnatga oid shakldagi
investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat.
Mulkiy xuquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning xillari bozor
munosabatlarining nechog‗lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o‗ziga
xos tomonlariga qarab har xil bo‗ladi. Aqliy mehnatga oid xaq-huquqlar
shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, «nou-xau», kashfiyotlar,
tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi.
Iqtisodi rivojlangan mamlakatlarning tajribasidan ma‘lumki, investitsion
kompleks bir necha elementlardan iborat, ularning asosiylar i
quyidagilardir:
-
investitsiya siyosati;
-
investitsiya iqlimi;
-
investitsiya faoliyati;
-
kapital qo‗yilmalar;
-
investitsiya bosqichlari va boshqalar.
Ushbu elementlarning har biri bozor iqtisodiyoti sharoitlarida o‗ziga xos
yo‗nalishlarga egadir. Shu bilan birga iqtisodiyotning rivojlanish darajasi qanchalik
yuqori bo‗lsa, investitsiyalarning kapital mulkka aylanish jarayoni shunchalik tezroq
o‗sadi. Sug‗urta kompaniyalarini investitsiya faoliyati haqida gap yuritishimizdan oldin
biz kompaniyaning moliyaviy mablag‗larini aylanishiga e‘tibor bersak maqsadga
muvofiq bo‗ladi (2-rasmga qarang).
Sug‗urta kompaniyasini dastlabki moliya manbai bo‗lib, nizom jamg‗armasi
hisoblanadi. Qonunchilik bo‗yicha litsenziya olgunga qadar kompaniyaning 90 foiz
nizom jamg‗armasi pul ko‗rinishida shakllangan bo‗lishi talab etiladi
11
. Keyingi yillarda
11
―Sug‗urta faoliyati to‗g‗risida‖gi qonunning 12-moddasi, 2002 yil 5 aprеl.
160
to‗lanadigan sug‗urta muofotlari, qayta sug‗urta operatsiyalari bo‗yicha to‗lovlar va
investitsiya faoliyatidan olgan daromadlaridan shakllanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |