Nazorat savollari:
1. Milliy sug‗urta bozorini yanada isloh qilishning eng muhim yo‗nalishlari.
2. Sug‗urtani huquqiy tartibga solishning ustuvor yo‗nalishlari.
3. O‗zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksida sug‗urtaviy huquqiy
munosabatlar.
4. O‗zbekiston Respublikasining ―Sug‗urta faoliyati to‗g‗risida‖gi
qonunining mazmuni.
5. Sug‗urta munosabatlarining qatnashchilarini huquqiy tartibga solish
jarayoni.
6. Hayot sug‗urtasi faoliyati bo‗yicha davlat nazorati.
7. Hayot sug‗urtasi sohasidagi sug‗urtachilar uchun ustav kapitalining eng
kam miqdori.
43
4-BOB.
HAYOT SUG„URTASIDA YUZAGA KELADIGAN RISKLAR VA
SUG„URTALOVCHI RISKLARI
4.1. Risk tushunchasi, uning mohiyati va olimlar tomonidan
riskka berilgan ta‟riflar
Riskni ko‗pchilik biror bir aniq holat natijasining noaniqligi deb tushunadi.
Noaniqlik so‗zining ma‘nosini qanday tushunishimizni bir chekkaga qo‗yib
turaylikda, bizning so‗zlashuvimizdagi ―risk‖ termini nima ekanligini yaxshi
bilishimizni eslaylik. Agar biror hodisa yuz bersa, biz uchun bu noxush holatni
keltirib chiqaradi, biz kutganlar uchun emas. Risk so‗zi har doim ham, bir
tomondan yuz berishi mumkin bo‗lgan hodisaga nisbatan qo‗llaniladi, ikkinchi
tomondan, ushbu hodisaning natijasi bizning holatimizni yomonlashtirishi
mumkin.
Ko‗pgina avtorlar, ayniqsa AQSH davlati avtorlari riskni bir qancha
ko‗rinishlarda talqin qilishni taklif qilishgan. Har bir talqin odatda uzoq
diskussiyalarga sabab bo‗lgan. Quyida ularning bir nechtasini keltiramiz:
- risk – noxush hodisaning yuz berish ehtimolligi;
- risk – bu xavflar kombinatsiyasi;
- risk – bu oldindan aytib bo‗lmaydigan, bu tendensiyaning natijasi
kutilganidan farq qilishi mumkin;
- risk – bu yo‗qotishlarning noaniqligi;
- risk – bu yo‗qotishlik ehtimoli.
Bu berilgan ta‘riflarni ko‗rib chiqqan holda, shuni xulosa qilish mumkinki,
bu tushunchalarning hammasida o‗zaro bog‗liqlik va o‗xshashlik mavjud. Bu
o‗xshashliklar,
Birinchidan, bu noaniqlik to‗g‗risidagi g‗oya, biz buni kelajakka
ishonchsizlik sifatida baholadik.
Ikkinchidan, riskning turli darajalarining mavjudligi.
Uchinchidan, bu ma‘lum sabablar natijasida hodisaning yuzaga kelish
ehtimolligi.
44
Kelajakda nima bo‗lishini bilmaslik oqibatida risk yuzaga keladi. Bizning
butun hayotimiz risklar bilan to‗la. Bu risklarni umumiy tarzda quyidagilarga
ajratish mumkin:
1. Boquvchining vafot etishi oilani mablag‗siz qolishiga olib kelishi
mumkin.
2. Mehnat qobiliyatini doimiyga yo‗qotish (nogironlik) yanada muhim
oqibatlarga olib kelishi mumkin – oilaning daromad manbai yo‗qolishidan
tashqari, nogironga aylangan boquvchining o‗zi yashashi va davolanishi kerak.
3. Korxona xodimining vafot etishi, agar u korxonada katta mavqega ega
xodim bo‗lsa, uning oilasiga to‗lanadigan to‗lovdan tashqari, xodimning o‗rnini
bosadigan xodim topilgunga qadar bo‗lgan davr korxonaning moliyaviy ahvoliga
ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
4. Yong‗inning yuz berishi kvartiraga, dala hovliga yoki ishlab chiqarish
binosiga jiddiy zarar yetishi yoki umuman yo‗q bo‗lib ketishiga olib kelishi
mumkin.
5. Investitsiyaga yo‗naltirilgan mablag‗larning natijasi zarar bilan
yakunlanishi mumkin.
6. Kompaniyaning xarajatlari kutilganidan anchagina katta bo‗lib chiqishi va
bu kompaniya faoliyatiga jiddiy zarar etkazishi mumkin.
7. Oiladagi farzand nufuzli oliy o‗quv yurtiga to‗lov-kontrakt asosida
o‗qishga qabul qilindi. Oiladagilar uni qimmat rapetitorda o‗qitish evaziga byudjet
asosida o‗qishga qabul qilinishini kutgan edi.
8. Barcha korxonalarda o‗zining tovari yoki xizmatiga bo‗lgan talabning
tushib ketish riski mavjud. Buning sababi turlicha: raqobatning kuchayishi, xom-
ashyoning qimmatlashishi, mijozlar tomonidan boshqa korxonani tanlanishi va
hokazolar.
Barcha risklarni ikkita yirik guruhga ajratish mumkin: spekulyativ va sof
risklar. Spekulyativ risklarning natijasi foyda yoki zarar bilan tugashi mumkin.
Bunday risklarda foyda ham zarar ham bo‗lmasligi mumkin. Sof risklardan foyda
olish mumkin emas.
45
Jismoniy shaxslar ham korxona va tashkilotlar ham o‗zlarining kelajak
faoliyatini rejalashtirib oladi. Buning uchun ular moliyaviy rejalashtirish va
risklarni boshqarish usullaridan foydalanadi.
Misol tariqasida ikki kishidan iborat bo‗lgan yosh oilaning o‗z kelajagini
moliyaviy rejalashtirishini ko‗rib chiqamiz. 22 yoshli Ivan va Mariyalar
universitetni tugatib mustaqil hayotga qadam qo‗yishdi. Ushbu oilaning daromad
manbai ularni oylik maoshlari. Ularning jamg‗armalari, kvartiralari, mashinalari va
dala hovlilari yo‗q. Ivan va Mariyada oddiy oila rejalari: bolali bo‗lish, ularni katta
qilish, o‗qitish, kvartiraga ega bo‗lish, dala hovli va mashina olish, qariganda
foydalanish uchun ta‘minotga ega bo‗lish. Bu rejalarni amalga oshirish uchun
kelajakdagi daromad va xarajatlarni rejalashtirib olishlari kerak.
Daromadlar kelajakda oylik maoshning oshishi va tug‗ish davrida
daromadning kamayishi holatlarini hisobga olgan holda rejalashtiriladi. Har oylik
joriy to‗lovlarni amalga oshirgandan keyin quyidagilar uchun jamg‗arma tashkil
etish rejalashtiriladi:
- kvartira sotib olish uchun to‗lanadigan birinchi to‗lovni amalga oshirish;
- avtomashina sotib olish;
- bolalarni maktabda va universitetda o‗qitish;
- qarilikda ta‘minotni yo‗lga qo‗yish.
Yuqorida sanab o‗tilgan xarajatlar rejadagi xarajatlar. Bundan tashqari oila
quyidagi ko‗zda tutilmagan zararlarning oldini olish uchun nima qilish kerakligi
masavlasini hal qiladi:
- mavjud mulkning yong‗in, avariya va boshqa holatlar natijasida
yo‗qotilishi;
- kasallanish yoki baxtsiz hodisa yuz berishi natijasida davolanish;
- oila boshliqlaridan birining vafot etishi yoki nogiron bo‗lib qolishi
natijasida daromadning yo‗qolishi;
- avtomobil avariyasi yoki suv toshqini natijasida qo‗shnilarga zarar etkazish
va boshqa holatlar natijasida uchinchi shaxslarga etkaziladigan zararlar. Mazkur
masalani echish riskni boshqarish yoki risk-menejment deb ataladi. Risk-
46
menejmentning birinchi bosqichi – mavjud risklarni identifikatsiyalash
hisoblanadi. Undan keyin oila riskni boshqarishning quyidagi usullaridan birini
yoki ularning kombinatsiyasini qo‗llashi mumkin:
1. Riskdan qochish. Oila shaxsiy avtomobil sotib olmasdan umumiy
transportdan foydalanishi mumkin. Bu shaxsiy avtomobil bilan bog‗liq ko‗pgina
risklar, ya‘ni avtomobil avriyasi, avtomobilning o‗g‗irlanishi, avariyanatijasida
travma olish, avariyanatijasida boshqa shaxslarga zara etkazish kabilardan qochish
imknini beradi.
2. Riskni kamaytirish. Oila turli noxush holatlarning yuz berishi yoki
ularning oqibatlaridan qochish maqsadida sog‗lom turmush tarzini yo‗lga qo‗yishi,
turli zararli odatlardan qochishi, xavf darajasi yuqori bo‗lgan chang‗i uchishdan
voz kechish, uyga temir eshik o‗rnatish, signalizatsiya o‗rnatish, yong‗inga qarshi
uskunalar o‗rnatishi mumkin.
3. Riskni uzatish. Riskni uzatish biror bir hodisaning yuz berishi natijasida
ko‗riladigan moliyaviy zarar bo‗yicha javobgarlikni boshqaga – jismoniy yoki
yuridik shaxsga berishdir. Bu o‗z-o‗zidan ma‘lumki, bu ishni xarajatsiz amalga
oshirib bo‗lmaydi. Riskni uzatishning eng ko‗p qo‗llaniladigan usuli –
sug‗urtalashdir. Sug‗urta shartnomasini tuzish va ma‘lum miqdordagi to‗lovni
amalga oshirish evaziga (sug‗urta mukofoti) shartnomada ko‗rsatilgan holatlar yuz
berganda ko‗rilgan zarar shartnomada ko‗rsatilgan chegara doirasida sug‗urta
kompaniyasi tomonidan to‗lab beriladi.
4. Riskni qabul qilish. Oila bir qancha risklarga nisbatan hech qanday chora
ko‗rmasligi mumkin. Riskni qabul qilish deganda mazkur risk yoki risklar yuz
berishi natijasida ko‗riladigan moliyaviy zararlarni qoplashni o‗z zimmasiga oladi.
Bunday risklar kam zarar keltiruvchi kichik risklar yoki katta risklar bo‗lishi ham
mumkin. Yirik risklarni qabul qilinishi uning yuz bermasligiga bo‗lgan ilinj yoki
yuz berganda ham (masalan oila boshlig‗idan birining vafot etishi yoki nogiron
bo‗lib qolishi) bir oila boshlig‗ining oylik maoshi oshishi hisobiga qoplash
imkoniyatining yuzaga kelishi ehtimolidan kelib chiqiladi.
47
Riskning bir qismini o‗zida qoldirish qarori qabul qilinishi ham mumkin. Bir
oila boshlig‗ining daromadi to‗xtab qolganda ikkinchisiniki yetarlli bo‗lishi
mumkinligini hisobga olgan holda ikki oila boshlig‗ining ham daromadi yo‗qolishi
riskini sug‗urtaga uzatish qarori qabul qilinishi mumkin. Ikki kishining hayotini
sug‗urtalash nisbatan arzon tushishini hisobga olgan holda bunday qaror qabul
qilinishi mumkin.
Yuz berishi mumkin bo‗lgan barcha risklarni sug‗urtaga berish holatini
tasavvur qilish qiyin, chunki har qanday holatda ham risklarning bir qismi oila
boshliqlarining javobgarligida qoladi. Shunday ekan, yuqorida keltirilgan
jamg‗armalar sonini yana bittaga, ko‗zda tutilmagan xarajatlar jamg‗armasini
tashkil qilish zaruratini keltirib chiqaradi. Real hayotdan kelib chiqadigan bo‗lsak,
bunday ko‗p sondagi jamg‗armalarni shaklantiradigan oilani topish qiyin.
Korporavtiv pensiya loyihalari (agar ular mavjud bo‗lsa) oilaning birdan-bir
maxsus fondlari rolini o‗tashi mumkin.
Umuman, yuqorida keltirilgan riskni boshqarishning to‗rt xil turi mavjud
bo‗lib, ulardan birinchi ikkitasi risklarga qarshi kurashishga yo‗naltirilgan va
keyingi ikkitasi riskni moliyalashtirishga yo‗naltirilgan.
Riskni uzatish zarurati oiladagi holatdan kelib chiqadi. Oilada qanchalik
qaram kishilar soni ko‗p bo‗lsa va jamg‗armalar hajmi yoki boshqa mulklar kam
bo‗lsa, shunchalik riskni uzatishga bo‗lgan zarurat ortadi. Agar Ivan va Mariya 30
yoshlarga borganda topish-tutishi yaxshi bo‗lsa, kvartirasi, dala hovlisi va meros
uchun yana bitta kvartirasi bo‗lsa, bolalar uchun xarajatlar hali kelajakka
rejalashtirilgan bo‗lsa, o‗z-o‗zidan sug‗urtaga ehtiyoj kamayadi, ammo erishilgan
mulklarni saqlash zarurati sug‗urtaga bo‗lgan ehtiyojni tug‗diradi. Agar Mariya
ishlamasdan uy ishlari bilan mashg‗ul bo‗lsa va bolalar soni ko‗proq bo‗lsa
sug‗urtaga bo‗lgan ehtiyoj yana yuqori bo‗ladi.
Ma‘lumki, sug‗urta biznesida sug‗urta kompaniyasi belgilangan to‗lov
(sug‗urta mukofoti) evaziga o‗z mijozining risklarini qabul qiladi. Sug‗urta
kompaniyasi mijoz o‗zida saqlab tara olmaydigan risklarni sug‗urtaga qabul qiladi,
chunki u risklarni umumlashtirish prinsipidan foydalanadi. Misol tariqasida bir yil
48
muddatga vafot etishdan sug‗urtalashni olib qaraydigan bo‗lsak, sug‗urta
kompaniyasi biladiki, sug‗urtalanganlar soni qanchalik ko‗p bo‗lsa, ularga nisbatan
sug‗urta davri mobaynida vafot etadiganlar soni kam bo‗ladi. Bunday natija
bo‗lishini sog‗lom fikrlovchi har qanday odam ham va ehtimollar nazariyasi
qonuniyati ham tasdiqlaydi. Bu sug‗urtalanuvchidan kam miqdordagi sug‗urta
mukofotini olish bilan katta javobgarlikni zimmaga olish imkoniyatini beradi.
Ammo, sog‗lom fikr yoki ehtimollar nazariyasi qonuniyatiga qaramasdan
vafot etganlar soni haddan tashqari ortib ketishi va natijada kompaniya qiyin
ahvolga tushib qolishi, hatto kasodga uchrashi ham mumkin. Ha, agar kompaniya
zarar choralarni ko‗rib bormasa shunday holat yuz berishi mumkin.
Kimlarni vafot etishdan sug‗urtalash oson? O‗zining yaqinda o‗lishini
bilganni. Bular og‗ir kasallar, o‗zini o‗ldirmoqchi bo‗lganlar, everest cho‗qqisiga
chiqmoqchi bo‗lganlar va hokazolar. Agar sug‗urta kompaniyasi hech qanday
chora ko‗rmasa, og‗ir kasallar kasalxonasida vafot etishdan sug‗urtalashni
yoppasiga amalga oshirilishi mumkin.
Sug‗urta kompaniyasi xayriya fondi emas, tijorat tashkiloti. Shuning uchun
ular barcha risklarni sug‗urtaga qabul qilavermaydi, balki ma‘lum talablarga javob
beradiganlarini qabul qiladi. Bunday talablardan eng birinchisi, qabul qilinayotgan
risk ehtimollik xususiyatiga ega bo‗lishi kerak. Kasallik yoki o‗lim sug‗urtalangan
shaxsning ataylabdan qilgan harakati natijasi bo‗lmasligi lozim. Hayot sug‗urtasi
shartnomasi o‗z-o‗zini o‗ldirish yoki o‗z-o‗zini o‗ldirishga harakat qilish
holatlarida to‗lovni amalga oshirmaslik qoidasini o‗zida mujassamlashtirgan
bo‗lishi kerak. Ikkinchidan, shartnomada ko‗zda tutilgan sug‗urta hodisasining yuz
berishi to‗lovni amalga oshirishdan oldin holatni chuqur o‗rganish zarurligini
ko‗zda tutishi lozim. Sug‗urtalangan shaxsning vafot etishi odatda ishonchsizlik
tug‗dirmaydi, ammo bu borada ham tovlamachilik holatlari bo‗lishi mumkin,
masalan, sug‗urtalanuvchining chet elda vafot etganligi to‗g‗risidagi yolg‗on
ma‘lumotni taqdim etilishi. Nogironlik masalasi ham qayta tekshirish qiyin bo‗lgan
holat, rak bilan kasallanganlikni qachon paydo bo‗lganligini aniqlashning umuman
49
iloji yo‗q. Rak bilan kasallangan shaxs sug‗urtalanayotgan paytdan oldin ham rak
bilan kasallangan bo‗lishi mumkin.
Barcha risklarning yuz berish darajasini bir xil deb hisoblash asossizdir.
Riskning turli darajalarini qanday baholash mumkin? Aytaylik, ba‘zida o‗zanidan
toshib turadigan daryoning bo‗yida uy turibdi. Bu holatni ta‘riflashda biz xavfli
yoki xatarli yoki riskli so‗zlaridan birini ishlatamiz. Bu holat bo‗yicha bir narsani
aniq aytish qiyin, ya‘ni daryo o‗z o‗zanidan toshadimi yoki yo‗qmi, ushbu toshqin
uyga zarar etkazadimi? O‗sha holat, ya‘ni ushbu daryoda toshqin bo‗lish ehtimoli
zararning yuz berish ehtimolini kuchaytiradi, va biz aytishimiz mumkinki, zarar
etkazish chastotasi yuqori bo‗ladi. Biz ―xatarli‖ terminini bunday holatda
qo‗llashdan maqsad zarar yuz berish ehtimolining yuqori ekanligini bildirishidir.
Faraz qilaylik, ushbu daryo qirg‗og‗idan nariroqda, uncha baland bo‗lmagan
balandlikda yana bir uy turibdi. Bunday holatda daryoning o‗zanidan toshish
ehtimoli o‗zgarmaydi, ammo ikkinchi uyga zarar etish ehtimoli pasayadi, ya‘ni uy
bunday holatda xatar darajasi past holatda turibdi.
Ammo bizning xulosamiz o‗zgarishi mumkin, qachonki, yuqorida misol
keltirilgan uylarning qiymati hisobga olinganda. Aytaylik, qirg‗oqqa yaqin turgan
birinchi uy engil konstruksiyada qurilgan yozgi uy, ta‘mirtalab va undan kam
foydalaniladi.Qiymati 5000 funt sterlingdan ko‗p emas. Ikkinchi uy hashamatli,
qiymati 200 000 funt sterlingdan ortiq. Bunday holatda biz o‗z fikrimizni
ko‗riladigan zarar miqdorini hisobga olgan holda o‗zgartirishimiz kerak.
Biz risk so‗zini ko‗p hollarda zararning sababchisi bo‗lgan hodisa hamda
yo‗qotishlarning hajmiga ta‘sir ko‗rsatuvchi faktorlarni bildirish uchun ishlatamiz.
Biz sabab to‗g‗risida fikr yuritayotganimizda albatta ushbu ikki holatni hisobga
olishimiz zarur. Buni yuqorida ko‗rib o‗tgan, daryo bo‗yidagi ikki uy to‗g‗risidagi
misolda ham ko‗rish mumkin. Faqat suv toshqini riski to‗g‗risida gapirish
ma‘nosiz bo‗lib qoladi. Biz shunday deyish bilan aslida suv toshqini natijasidagi
zarar ko‗rish riskini nazarda tutamiz. Suv toshqini – bu zarar ko‗rishning sababi,
uylardan birining daryo bo‗yida joylashganligi natijaga ta‘sir ko‗rsatadi.
50
Suv toshqini – bu xavf, uyning qirg‗oqdan uzoqligi esa ta‘sir ko‗rsatuvchi
faktor. Xavf bu birlamchi sabab, ushbu sabab natijasida zarar kelib chiqishi
mumkin. Ko‗p hollarda ular manfaatdor shaxslarning xohishi va imkoniyatlariga
bog‗liq bo‗lmagan holda yuz beradi. Shunday qilib, xavfni belgilovchi holatlar
sifatida to‗lqin, yong‗in, o‗g‗irlik, avtohalokat va portlashlar hisoblanadi.Natijaga
ta‘sir ko‗rsatuvchi faktorlar ta‘sir ko‗rsatuvchi faktorlar sifatida baholanadi. Ular
zararning sababchilari bo‗lib xizmat qilmaydi, ammo zararning yuz berishi va
uning hajmining ortishi yoki kamayishiga sabab bo‗lishi mumkin.
Ta‘sir ko‗rsatuvchi faktorlarni ko‗rib chiqish va tahlil qilish katta ahamiyat
kasb etadi, qachonki, sug‗urta kompaniyasi biror riskni sug‗urtaga qabul
qilayotganda va sug‗urta mukofotini belgilayotganda.
Ta‘sir ko‗rsatuvchi faktor moddiy yoki nomoddiy bo‗lishi mumkin. Moddiy
faktor riskning fizik parametrlariga taalluqli bo‗lib, bunday faktorlar sifatida bino
konstruksiyasi, do‗kon yoki fabrikadagi xavfsizlik tizimlari yoki suv toshqinida
uyning daryo qirg‗og‗idan uzoqligi kabilarni misol keltirish mumkin. Nomoddiy
faktorlar sub‘ektiv faktorlar bo‗lib, ular hkam natijaga ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
Bunday faktorlar sifatida sug‗urtalanuvchining sug‗urtalangan mulkka
munosabatini misol keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |