AHAMONIYLAR-miloddan avvalgi 558-330 yillarda Eronda hukmronlik qilgan sulola.
Ahamoniylar sulolasiga miloddan avvalgi VIII asrda Elam yaqinidagi Parsa hududida yashagan
qadimgi fors qabilalarining boshlig`i Ahmon asos solgan. Kir I davrida O’rta Osiyo hududlari
ham Ahamoniylar sulolasiga bo’ysundirilgan. Uning davrida qadimgi Sharqning katta qismi o’z
hukmronligiga bo’ysundiriladi va Ahamoniylarning buyuk imperiyasi tuziladi.
SATRAP-viloyat boshlig`i bo’lib, u cheklanmagan vakolatlarga ega edi.
Miloddan avvalgi IV asrning oxirlarida O’rta Osiyoga Aleksandr Makedonskiyning yurishi
boshlanadi. Bu davrda O’rta Osiyo xalqlarining harbiy san’ati yuqori darajada bo’lgan. Xanjar
«akg`ainak» atalgan, jangovor bolta «sagiris» deb nomlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |