GO’RXON-qoraxitoy xonlarining faxriy laqabi.
KESHIK-XIII asrda mo’g`ullar qo’shinidagi zahira qism: gvardiya, guruh.
DORUG`a-harbiy ma’mur.
IZOFA-zahira qism.
OTALIQ-dastlab saljuqiylar sulolasi davrida (1038-1194) xon e’tiborini qozongan kishilarga
berilgan mansab. Otaliq «Ota o’rniga ota» degan mazmunga ega bo’lib, uning vazifasi shahzoda
yoki xonzodalarni tarbiyalash va ular ixtiyoridagi ulusni balog`atga yetganlariga qadar
boshqarishdan iborat bo’lgan. Tarixda ba’zi otaliqlar hokimiyatni o’z qo’llariga olgan hollar ham
bo’lgan. Chunonchi, ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davrida (1599-1753) Balxda
Mahmudbiy otaliq (XVIII àñð áîøëàðè), Mang`itlar sulolasi hukmronligi davrida (1753-1920)
Buxoroda Muhammad Rahim otaliq (1753-1758) mana shunday yo’l orqali hokimiyatni
egallagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |