202
pishirilgan ayol haykalchalari neolit davri san’atining nodir namunalari hisoblanadi.
Bronza davri yutug’lari: Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda bronzaning
vatani Kichik Osiyo va Mesopotamiya bo’lgan. Mil. avv. III ming yillikka kelib, O’rta Osiyo
hududlarida bronza qurollar keng tarqaladi. O’zbekiston hududlarida bronza davri yodgorlik-
lari ko’plab uchraydi. Bu davrga mansub madaniyat izlari dastlab Xorazm, keyinroq esa Zaraf-
shon va Qashqadaryo hamda Farg’ona vodiylaridan topilgan.
Ulardan eng yiriklari Sopollitepa, Jarqo’ton, Tozabog’yob, Zamonbobo, CHust, Amirobod
yodgorliklaridir. Bu yodgorliklarda olib borilgan tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, bronza
davrida kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotida katta-katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Aholi
xo’jalik yuritishning muayyan ko’rinishlariga, ya’ni vohalarda, ko’llar, daryolar va soylar bo’y-
larida
dehqonchilikka, dasht va tog’oldi hududlarida chorvachilikka (mehnatning
dastlabki yirik
taqsimoti) o’tib oldi.
Bu davrga kelib, O’rta Osiyoning ijtimoiy tuzumida ham o’zgarish jarayonlari bo’lib o’tdi.
Urug’chilik tuzumi bronza davridayam davom etgan bo’lsa-da, ona urug’ining mavqei yo’qolib
bordi. Metall eritish va xo’jalikning rivojlanishi natijasida jamiyatda
erkaklar mehnat va mavqei
birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lib bordi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki,
bronza davri jamiyat taraqqiyotida, dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va hunarmand-
chilikning rivojlanishida erkaklar yetakchilik qilganlar. Ayollar erkaklar ishlab chiqargan nar-
salarni iste’mol qilishda ishtirok etsalar ham, unga egalik qilishdan mahrum bo’ladilar. Ishlab
chiqarishda hukmronlik qilish shu tariqa erkaklar qo’liga o’tadi va ona urug’i tuzumi o’rnini ota
urug’i (patriarxat) tuzumi egallaydi.
Bronza davriga kelib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi, mehnat unumdorligining osh-
ishi natijasida kishilik jamiyati tarixiy-madaniy taraqqiyotida katta-katta o’zgarishlar sodir
bo’ldi. Bu jarayonlarda bronzaning ahamiyati katta bo’ldi. Aholi xo’jalik yuritishning ma’lum
ko’rinishlariga, ya’ni vohalarda, ko’llar va soylar bo’ylarida dehqonchilikka dasht va tog’oldi
hududlarida esa chorvachilikka o’tib oldi. Bu davrda jamiyat hayotidagi sodir bo’lgan turli ta-
raqqiyot jarayonlari-kishilik tarixida muhim bosqich bo’lgan davlatchilikning paydo bo’lishi va
rivojlanishi uchun ulkan ahamiyat kasb etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: