204
Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar-Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va
Frot) misolida ham kuzatish mumkin.
Hozirgi kunga kelib, O’rta Osiyoning juda ko’plab bronza va ilk temir davriga oid yodgor-
liklaridan (Sopolli, Jarqo’ton, Anov, Qiziltepa, Ko’zaliqir, Afrosiyob, CHust, Dalvarzin, Da-
ratepa va boshq.) ishlab chiqaruvchi xo’jalik bilan bevosita bog’liq bo’lgan metall qurollar
topib o’rganilgan. Metall qurollarining mehnat qurollari sifatida jamiyat
hayotiga keng yoyilishi
mehnat unumdorligining yanada yuksalishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratib, bu jarayon dav-
latchilik paydo bo’lishini yanada tezlashtirdi.
So’nggi bronza davriga kelib kulolchilik charxining ishlatila boshlanishi natijasida Sopolli,
Oltintepa, Gonur, Jarqo’ton kabilarda kulolchilik mahallalari paydo bo’ladi. SHuningdek,
hunarmandchilikning toshga, metallga, yog’ochga, suyakka ishlov berish turlari ham keng
tarqaladi. O’unarmandchi-likning ixtisoslashuvi, alohida xo’jalik tarmog’i sifatida shakllanib
rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, davlatchilik
paydo bo’lishi uchun muhim bo’lgan qo’shimcha mahsulot ko’payishiga turtki bo’ldi.
O’rta Osiyo hududlarida yashagan aholi qadimgi davrlardan boshlab o’zaro munosabatlarni
rivojlantirib kelganlar. Bronza davriga kelib shimoldagi ko’chmanchi chorvador qabilalar va
janubdagi o’troq dehqonchilik aholisi o’rtasida o’zaro mol ayirboshlash va madaniy aloqalar
yanada jadallashdi. Bu o’rinda o’sha davrda shakllanib keyinchalik yanada rivojlangan qadimgi
yo’llarning ahamiyati beqiyos bo’ldi. Bu yo’llar orqali O’rta Osiyo qadimgi aholisi mintaqadan
tashqari qo’shni davlatlar Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Eron, Afg’oniston kabilar bilan turli
aloqalarni rivojlantirganlar.
Xullas, Bronza davriga kelib aholi ishlab chiqarishning ma’lum bir sohalariga - dehqon-
chilik, chorvachilik va hunarmandchilikka ixtisoslashib bordi. Bu jarayon ishlab chiqaruvchi
kuchlarning o’sishi va ularning bir yerga to’planishi uchun zamin yaratdi. Ishlab chiqaruvchi
kuchlarning o’sishi o’z nav-batida mahsulot hajmining o’sib, qo’shimcha mahsulot paydo
bo’lishiga sabab bo’ldi. Demak, qadimgi xo’jaliklarning ixtisoslashuvi, suQorma dehqon-
chilikning rivojlanishi, metallning hayotga jadallik bilan kirib kelishi va yoyilishi, hunarmand-
chilikda turli tarmoqlarning rivojlanishi, o’zaro ayirboshlash va savdo-sotiq taraqqiy etishi nati-
jasida jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish kuzatiladi. Bu yuksalish
ilk davlatchilikning
asosiy poydevori hisoblanadi.
Mil. avv. IV ming yillikka kelib qadimgi Misr xo’jaligida sun’iy sug’orishga asoslangan
dehqonchilik katta yutug’larga erishadi. Ko’p tarmoqli bo’lgan hunarmandchilik dehqonchilik-
dan ajralib chiqadi. Savdo-sotiq keng miqyosda rivojlanib boradi. Aynan
mana shu davrda jami-
yatning ijtimoiy hayotida ham tubdan o’zgarishlar bo’lib o’tdi. Aholi orasida tabaqalanish ro’y
berib, jamiyat uchta - hukmron qatlam (qabila oqsoqollari, kohinlar, boy jamoachilar), dehqon-
chilik jamoasi a’zolari (Qad. Misr jamiyatdagi moddiy ishlab chiqaruvchilar) va qullar qatlam-
lariga bo’linadi.
Mil. avv. IV ming yillikning ikkinchi yarmida Qadimgi Misrda shahar markazi atrofidagi bir
nechta qishloqlarni birlashtirgan unchalik katta bo’lmagan viloyatlar (nomlar) doirasida dast-
labki davlatlar paydo bo’ladi. Markaziy shaharlar markazida hukmdor qarorgohi va bosh xudo
ibodatxonasi joylashgan. Bu davrda Quyi Misrda 22 ta nom, YUqori Misrda 20 ta nom bo’lgani
ma’lum. Mil. avv. IV ming yillik oxirlariga kelib barcha nomlar birlashtirilib Quyi va YUqori
podsholiliklar tashkil topadi. Quyi Misr podsholigi poytaxti Enxab (Nexen) shahri, YUqori
135
Do'stlaringiz bilan baham: