TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR:
Toxr ibn Xusayn, safforiylar, Ismoil Samoniy, iqto, koranda, eloqxon, yag’mo, jikil,
bug’raxon, zarbxona, Otsiz, Takash, sadrlar.
1. VIII asr oxiri va XI asr boshida arab xalifaligi og’ir siyosiy vaziyatni o’z boshidan ke-
chirdi. Xalifalik hududida mahalliy xalqlarning hukmron ma’murlar zulmiga qarshi
qo’zg’olonlar avj oldi, ayniqsa uning boshqaruv markazida ichki nizolar tinimsiz davom etmo-
qda edi. Bu vaziyat o’z navbatida joylarda, xususan O’rta Osiyoda ham mustaqil davlatlarning
tashkil topishi uchun shart-sharoitlar yaratmoqda edi. Dastlabki bunday davlatlar arablar istilo
qilib ulgurmagan O’rta Osiyoning shimoliy va shimoliy-sharqiy hududlarida shakllandi. Ular-
dan birinchisi qarluqlar davlati bo’lsa, ikkinchisi O’g’uzlar davlati edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |