Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati
. Tadqiqot ishi
natijalarining nazariy ahamiyati shundaki, uning natijalaridan banklarning
investitsion faoliyati va kreditlash amaliyoti uchun zarur bo„lgan tushunchalarni
shakllantirishda, kelajakda mazkur masalalar bo„yicha chuqur o„rganishga
bag„ishlangan tadqiqot ishlarida manba sifatida foydalanish mumkin.
Tadqiqot ishi natijalarining amaliy ahamiyati, dissertatsiya investitsion
kreditlash amaliyotini takomillashtirish va uzoq muddatli kredit resurs bazasini
shakllantirishga oid qonun va qonunosti hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanish
bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |