1.3. Matematika mashg’ulotlarining didaktik talablari.
Matematikadan mashg‘ulotlar haftaning ma‘lum bir kunida o‘tkazilishi
kerak.
Tarbiyachi mashg‘ulotga tayyorlanar ekan, dastur mazmunini sinchiklab
o‘rganadi. Matematik bilimlar bolalarga qat‘iy aniqlangan sistema va izchillikda
beriladi, bunda yangi materiallar bolalar o‘zlashtira oladigan bo‘lishi kerak. Har bir
vazifa bir qator kichik topshiriqlarga bo‘linadi. Bu kichik topshiriqlar ketma-ket
o‘rganiladi. Masalan, tayyorlov gurux bolalarini buyumlarni bo‘laklarga bo‘lish
bilan tanishtirish bunday ketma-ketlikda amalgam oshiriladi: bolalar birinchi
mashg‘ulotda buyumlarni ikkita teng qismga bo‘lishni mashq qiladilar va yarim
nima ekanligini o‘zlashtiradilar; ikkinchi mashg‘ulotda bolalarning teng ikkiga
bo‘linadigan buyumlar haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lug‘ati
aktivlashtiriladi; tarbiyachi uchinchi mashg‘ulotda bolalarga buyumlarni teng to‘rt
qismga bo‘lish usullarini tanishtiradi, shuningdek butunni qismga munosabatini
ko‘rsatadi; keyinroq bolalarga geometrik figuralarni ikki va to‘rt qismga
bo‘lishning har xil usullarini ko‘rsatadi, bolalar butun bilan qism orasidagi
munosabatlarni o‘rnashtiradi.
Shunday qilib, dasturning har bir bo‘limi ketma-ket o‘tkaziladigan bir necha
mashg‘ulotda amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari mashg‘ulotdan mashg‘ulotga
kengayadi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi.
Dasturning bir bo‘limidan ikkinchi bo‘limiga o‘tishda o‘tilganlarni
takrorlash, yangi bilimlarni o‘zlashtirilgan bilimlar bilan bog‘lashni ta‘minlash
katta ahamiyatga ega.
Yangi materialni o‘rganish jarayonida o‘tgan materialni takrorlash
bolalarning bilimlarini chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular e‘tiborini yangi
materialga qaratish, uning puxta o‘zlashtirilishiga imkon beradi.
Odatda yangi mavzuni uch – besh mashg‘ulot davomida, oldin uning
birinchi qismida, keyinroq ikkinchi qismida o‘rganiladi. Mavzuni ikki hafta,
ba‘zan uch hafta o‘tganidan keyin takrorlash kerak. Eski materialga qaytish davri
22
brogan sari dasturning har bir o‘rganilgan bo‘limi o‘quv yili oxiriga qadar
tarbiyachining fikr doirasida bo‘lib turishi kerak.
Shu munosabat bilan bir mashg‘ulotning o‘zida dasturning bir bo‘limiga
yoki har xil bo‘limning, ―Miqdor‖, ―Sanoq‖, ―Kattalik‖, ―Shakl‖ va boshqa
bo‘limlariga oid masalalar o‘rganilishi va takrorlanishi mumkin.
O‘qitishning hamma bo‘limlari bo‘yicha dasturni bolalar izchil o‘rganishini
va ularda elementar matematik bilimlar sistemasini shakllantirishni shunday qilib
ta‘minlash mumkin bo‘ladi.
Matematika o‘qitishda mashg‘ulotning har xil turlaridan foydalaniladi.
Mashg‘ulot turi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni o‘rganishga
yoki o‘tilganlarni takrorlashga, bir qator mashg‘ulotlarning materiallarini
umumlashtirishga yoki bolalarning bilimlarini tekshirishga bag‘ishlanadi.
O‘qitish tajribasida qurama mashg‘ulotlar eng ko‘p o‘rinni oladi, ularning
birinchi qismida 8 – 10 daqiqa davomida yangi material o‘rganiladi, ikkinchi
qismida (9-12 daqiqa davomida) oldingi mashg‘ulotlarda olingan bilim va
ko‘nikmalar mustahkamlanadi, oxirida esa bolalarga ilgari o‘zlashtirilgan bilimlar
3 – 4 daqiqa takrorlatiladi.
Yangi materialni o‘zlashtirish bolalardan ko‘proq zo‘riqishni talab qiladi.
Shu sababli mashg‘ulot oxirida tanish materialni kiritish biroz bo‘shashish
imkonini beradi. Masalan, tayyorlov guruhidagi mashg‘ulotlarning birinchi
qismida 5 sonining o‘zidan kichik ikki sondan iborat tarkibi bilan tanishtirish,
ikkinchi qismida doira va oval chiza olish malakasi qaraladi, 3 va 4 sonlarining
ikkita kichik sondan iborat tarkibi o‘rganilishi, bilimlar mustahkamlanishi
mumkin. Uchinchi qismida ―Nima o‘zgardi?‖ o‘yinida buyumlar to‘plamini sanash
(masalan, samolyotlar zvenolari nechtaligini, har qaysi zvenoda nechtadan
samolyot borligini, hamma samolyotlar nechtaligini aniqlash)ga doir mashqlar
bajarilishi mumkin. Mashg‘ulotning tuzilishi dastur bo‘limlarining hajmi,
mazmuni, ko‘rgamaliligi, tegishli bilim va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilish saviyasi
va boshqa omillarga bog‘liq.
Chunonchi, kichik guruxda bir yoki ikki mavzu bo‘yicha mashg‘ulotlar
23
o‘tkazish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga hamma guruhda yangi mavzu
bo‘yicha birinchi mashg‘ulot, odatda, to‘liq o‘rganishga bag‘ishlanadi, takrorlash
yangi materialning o‘tilishi munosabati bilan yoki mashg‘ulotning oxirida
o‘tkaziladi.
Ikkinchi, uchinchi va undan keyingi mashg‘ulotlar berilgan mavzu bo‘yicha
ham materialni mustahkamlashga bag‘ishlanadi.
Mashg‘ulotlarni takroriy mashqlardan boshlash maqsadga muvofiq, bu
mashqlar o‘ziga yarasha aql gimnastikasidir, masalan, ―Kim qaysi o‘yinchoqlarni
sanadi?, O‘yinchoqlar nechta?‖ kabi o‘yin-mashqlardan boshlash mumkin.
Bulardan katta guruhda foydalanish mumkin. (Chaqirilgan bolalar tarbiyachi
ko‘rsatmasiga binoan o‘yinchoqlarni sanab chiqadilar, so‘ngra o‘yinchoqlar
salfetka bilan yopiladi, shundan keyin bolalar u yoki bu o‘yinchoqdan nechtadan
bo‘lganini yoki kimda o‘yinchoqlar borligini va o‘yinchoqlar qancha bo‘lganini
topadilar).
Bolalar (o‘rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlarida), buyumlarni va
geometrik figuralarni har xil alomatlari bo‘yicha guruhlarga ajratishni,
o‘yinchoqlar, figuralar, jadvallar to‘plamiga tayyorlov guruhlarida ―qancha‖ so‘zi
bilan savollar o‘ylab topishni mashq qiladilar. Shuningdek, ―Qo‘shnilaringni top‖,
―Men qaysi sonni o‘tkazib yubordim‖, ―Kim ko‘p bilsa, u uzoq sanaydi‖ kabi
o‘yinlar o‘tkaziladi.
Yangi materialni tushuntirishda tarbiyachining yoki chaqirilgan bolaning
harakatlari hamma bolalarga ko‘rinib turishi muhim.
Keyinroq bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash uchun topshiriqlar hamma
bolaga bir vaqtda beriladi. Bolalar o‘rinlarida yuzlari bilan qarab o‘tirishlari kerak.
Chunki topshiriqlarning bajarilishini tekshrishda yoki yangi topshiriqlar berishda
tarbiyachi bolalar e‘tiborini namunaga tortishi, bajarilishining u yoki bu jihatini
ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Olti o‘rinli stollar mavjud bo‘landa uning atrofiga
to‘rttadan ortiq bolani o‘tkazmaslik kerak, zarur bo‘lsa, qo‘shimcha 1-2 ta stol
qo‘yish kerak.
Bolalarning bilim va ko‘nikmalari tekshiriladigan mashg‘ulotlar tarbiyachi
24
stoli oldida tashkil qilinadi.
Agar mashg‘ulotning borishida yoki uning oxirida harakatli o‘yinlardan
foydalaniladigan bo‘lsa, bu o‘yinlarni o‘tkazish uchun oldindan joy tayyorlab
qo‘yish kerak.
Mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishda ko‘rsatma qo‘llanmalarni to‘g‘ri
tanlashning ahamiyati katta. Matematik tasavvurlarni shakllantirishda ham,
bolalarni dastlabki umumlashtirishlarga keltirish borasida ham ko‘rsatmalilik
boshlang‘ich moment bo‘lib xizmat qiladi. Hamma mashg‘ulotlarda kundalik
turmushda ishlatiladigan buyumlar, o‘yinchoqlar, tabiiy maeriallardan keng
foydalaniladi. Hamma bolalar o‘yinchoqlar bilan o‘ynashlari uchun o‘yinchoqlar
ko‘p miqdorda tanlanadi.
Matematik bilimlar abstraksiyalash yo‘li bilan o‘zlashtirilishi sababli turli-
tuman buyumlardan foydalaniladi. O‘qitishning ma‘lum bosqichida jadvallar,
sxemalar ko‘rsatmali material bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatmalilikning xarakteri yoshdan-yoshga o‘tish bilangina emas, balki
joyga hamda bilimlarni o‘zlashtirishning har xil bosqichlarida konkret bilan absrak
orasidagi munosabatlarga bog‘liq holda ham o‘zgarib turadi.
Chunonchi o‘qitishning ma‘lum bosqichida buyumlar to‘plamini sanash
―Sonli jadvallar‖, ―Sonli zinachalar‖ va boshqa mashqlar bilan almashtiriladi.
Ko‘rsatma-qo‘llanmalarni tanlash va ular kombinatsiyasi mashg‘ulotlar
jarayonidagi bilim va ko‘nikmalarni egallashga bog‘liq.
Bolalar bilimlarini umumlashtirish, har xil bog‘lanishlarni, munosabatlarni
ko‘rsatish kerak bo‘ladigan hollarda ko‘rsatmalilikning bir necha turini
kombinatsiyalash kerak. Masalan, qo‘shni sonlar orasidagi bog‘lanish va
munosabatlarni, yoki sonlarning birlikdan iborat miqdoriy tarkiblarini o‘rganishda
har xil o‘yinchoqlardan, geometrik figurlar jadvallari va h.k.dan foydalaniladi.
Bolalar matematik obyektlarning ayrim belgilari yoki xossalari haqida
dastlabki tasavvurlarni olganlaridan keyin, ularning uncha ko‘p bo‘lmagan miqdori
bilan chegaralanishi mumkin. Shu bilan birga buyumlar, bolalarga tanish, ortiqcha
detallarsiz, qaralayotgan belgisi aniq ifodalangan va uni ko‘rish nisbatan oson
25
bo‘lishi kerak. Masalan, to‘plam elementlarini emas, balki uning boshqa tarkibiy
qismlarini kichkintoylarga ko‘rstish uchun ikki-uchta rangli kubcha(g‘isht)lardan
yoki uzun va qisqa lentalardan olinadi.
Matematika mashg‘ulotlarida, odatda, ko‘p turdagi buyumlar to‘plamidan,
ko‘rgazmalardan foydalaniladi, shu sababli bularni joylashtirish tartibini o‘ylab
ko‘rish juda muhim.
Kichik guruhda bolalarga material xususiy qutida beriladi. Katta bolalarga
tarqatma sanoq materialini stolga bitta patnisda(bitta quida) berish mumkin. Ko‘p
turdagi buyumlardan foydalanganda ularni shunday joylashtirish kerakki,
mashg‘ulotni boshlash uchun kerak bo‘ladigan material eng ustida tursin.
Bola tafakkurini ko‘rsatmali-harakatli xarakterda ekanligi ularning
ko‘rsatma-qo‘llanma bilan har xil harakatlarini tashkil qilish orqali matematik
bilimlarni shakllantirish zarurligini asoslaydi,
Og‘zaki bayon usuli maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda uncha
katta o‘rin olmaydi va bolalar bilan so‘zlashuv shaklida foydalaniladi.
Bilim, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga har xil usullardan foydalanish
va ularni birga qo‘shib ishlatish bilan erishiladi. Usullarni tanlash u yoki bu dastur
masalasi mazmuni, shuningdek bolalarning tegishli bilim va ko‘nikmalari
darajalari, nihoyat, har qaysi yosh xususiyatlari bilan aniqlanadi.
O‘qitish kattadan bolaga bilimlarni oddiy uzatilishiga keltirmasligi kerak.
Tarbiyachi birinchi navbatda bolalarning matematik bilimlarga qiziqishlarini,
matematik qobilyat–mustaqil fikrlash, umulashtirish qobilyatini, abstraksiyalashni,
miqdorviy tasavvur va hakazolarni, shuningdek, matematik bilim, malaka va
ko‘nikmalarni mustaqil egallash va qo‘llay olish imkonini rivojlantirish kerak.
Butun matematika o‘qitish taqqoslash asosida quriladi.
Taqqoslash asosida bolalarda juft, butun va qism, uzun-qisqa, chapga-o‘nga kabi
qarama-qarshi tushunchalar shakllanadi.
Taqqoslash sharoitini, bu aqliy harakatni rivojlantirib, sekin-asta
qiyinlashtirib borish muhim.
Bolalar buyumlarni bir xil belgilari bo‘yicha har xil rejada taqqoslashni
26
mashq qiladilar, bunda oldin buyumlarni juftlab taqqoslashni, keyin esa bir necha
buyumni birdaniga taqqoslashni va ularni u yoki bu belgilari bo‘yicha guruhlashni
(masalan, geometrik figuralarni shakllari, ranglari va h.k. bo‘yicha taqqoslashni)
o‘rganadilar.
Bolalarning qo‘llanmalar bilan ishlashlarining ma‘lum sistemasini tashkil
qilishda tarbiyachining roli harakatlarning bajarilishi jarayonida zarur yordam
berish, tashabbusni, mustaqillikni rag‘batlantirishdan, bolalarni xulosalarga olib
kelishdan iborat.
Tushunarli, aniq ifodalangan vazifani qo‘yish bolalar tafakkurini faollashtirishning
zaruriy shartidir.
Vazifa qo‘yish xarakteri bolalarning yosh xususiyatlari bilan ham, matematik
masala mazmuni bilan ham aniqlanadi.
Tarbiyachi bolalarga yangi harakatlarni ko‘rsatadi va tushuntiradi, shu bilan
birga, u yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning oldini olishga harakat qiladi.
Buning uchun harakat texnikasini (tekshirishga, ustiga qo‘yishga, yoniga qo‘yishga
doir) sinchiklab ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Tarbiyachi mashg‘ulotga tayyorlanar ekan, oldindan bolalarga nimani
ko‘rsatish, nimani tushuntirish va bolalar mustaqil ravishda nima qila olishlarini
ham chuqur o‘ylab, beriladigan savol va harakatlar rejasini tuzib oladi.
Bilim va ko‘nikmalarni puxta o‘zlashtirish uchun bolalar bevosita yangi
material bilan tanishish jarayonida ham, undan keyingi mashg‘ulotlarda ham
yetarli miqdorda mashq bajarilishi kerak.
Bir xil narsaning o‘zini ko‘p martalab takrorlayverish istalgan samarani
bermaydi va bolalarning charchashiga sabab bo‘ladi. Ko‘rgazmali qurollarni
almashtirish va bolalar faoliyatini tobora murakkablashtirib, metodik usullarni
o‘zlashtirib turish muhimdir. Shu yo‘l bilan bolalarning qiziqishlarini,
fikrlashlarini aktivlashtirish, charchashning oldini olish mumkin bo‘ladi.
Ana shunday sharoitda yangi bilimlar o‘zaro bir-biriga uzviy bog‘lanadi. Natijada
ular kengayadi, aniqlanadi, umumlashadi va mustahkamlanadi.
Kichik guruhlarda bir mashg‘ulotda mashqlarning ikkitadan to‘rttagacha
27
variantlaridan foydalaniladi, katta guruhlarda esa to‘rttadan oltitagacha, ayrim
hollarda bundan ham ko‘p variantlaridan foydalaniladi. Masalan, katta guruh
bolalarining tartib, sanoq ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun buyumning boshqa
buyumlar orasidagi o‘rnini aniqlash, u yoki bu o‘rinni egallab turgan buyumni
almashtirish taklif qilinadi. Bunda tarqatma materialning ikki-uch xilidan
foydalaniladi.
O‘tilganlarni
takrorlash
mashg‘ulotlarida
ular
yangi
bilimlarni
mustahkamlash, shu bilan bir vaqtda bolalar ilgari o‘zlashtirgan bilimlarga oid
mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Buyumlar miqdori ularning kattaligiga bog‘liq bo‘lmasligini o‘rta guruh
bolalariga ko‘rsatib, tarbiyachi katta va kichik buyumlar bilan bir qatorda uzun va
qisqa, baland va past buyumlardan foydalanish va buyumlarning kattaliklarini
belgilash uchun aniq so‘zlardan foydalanish mashqlarini mustahkamlashishi
mumkin.
Buyumlar va geometrik figuralarning har xil belgilari bo‘yicha guruhlarga
ajratishga doir mashqlar katta ahamiyatga ega, bunday mashqlar shu vaqtning
o‘zida bolalarning shakl, kattalik, miqdor va h.k. haqidagi bilimlarini
mustahkamlaydi.
Bilimlarni mustahkamlash uchun tarbiyachi har xil xarakterdagi, ya‘ni
amaliy, o‘yin, musobaqa elementlari bilan bog‘liq mashqlardan foydalanadi. Uch-
to‘rt yoshdagi bolalarni o‘qitishda, ayniqsa, o‘yin elementlaridan keng
foydalaniladi. Shuni esda tutish muhimki, didaktik materialni va usulni
almashtirish bilim va ko‘nikmalarni alohida zo‘riqishlarsiz o‘zlashtirishni
ta‘minlovchi vositadir.
O‘yin momentlariga haddan tashqari berilib ketmaslik kerak, chunki o‘yin
asosiy narsadan – matematik ishdan chalg‘itishi mukin, natijada bolalar mashg‘ulot
rejasida nazarda tutilgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtira olmaydilar.
28
Do'stlaringiz bilan baham: |