4
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi.
XXI asrga kelib juda ko‘plab davlatlarda bo‘lgani kabi
dunyo xaritasida munosib o‘rin olgan mustaqil O‘zbekistonda ham barcha sohalarda tub
islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori
saviyaga ko‘tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita
taraqqiyot, rivojlanish va sivilizatsiya bilan uzviy bog‘ladi. Bundan inson va uning
mukammalligi, o‘z ustida ishlashi, o‘z mukammalligi xususida qayg‘urishi muammosi har
qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi.
Ta’lim-tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi
davrda ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvafaqiyatli
faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-xunarga
yo‘naltirishda davlat xizmatini hamda o‘rta ta’limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini
joriy etish, ta’lim mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni qo‘llash, ta’limda
tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo‘l ochish, uning muxim tizimlarini yaratish kabi
chet el tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir . O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligining
jaxon miqyosida yil sayin barqarorlashtirib borar ekan, uning kelajagi bugungi avlodning
naqadar o‘qimishli, bilimdon, ma’naviy jixatdan barkamol insonlar bo‘lib yetishishiga
bog‘liqdir. Bu o‘rinda inson ruxiyati qonunlarini o‘rganuvchi psixologiya fanining o‘rni
benixoya kattadir. Ta’limning barkamol insonni jamiyatimiz uchun to‘laqonli, faol shaxs sifatida
shakllantirish samaradorligini yanada oshirishda psixologiya ilmi va uning amaliyotda to‘g‘ri
yo‘nalishga ega bo‘lishi juda zarurdir. Xurriyat boy ma’naviyat va ruxiyat ilmidan oqilona,
odilona va omilkorlik Bilan foydalanishini taqozo etmoqda. Mamlakatimizdagi avjud barcha
o‘quv yurtlari ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri, ilmiy asosda tashkil etish uchun bu jarayonning o‘ziga xos
psixologik qonuniyatlarini, uning mexanizmlarini, shuningdek, faol, mustaqil xamda ijobiy
tafakkur jarayonini zamonaviy bilimlar asosida tarkib toptirishning samarali usullairni bilishi
lozim bo‘ladi. Xozirgi paytda respublikamizdagi yetakchi oliygoxlarning kafedra va
laboratoriyalarida o‘qituvchilarning psixologik-fiziologik xususiyatlari bilan bog‘liq jarayonlarni
tadqiq etish yuqori malakali mutaxassislar tomonidan maxsus texnikalar bilan jixozlangan
sharoitlarda ilmiy-tadqiqot ishlari samarali yo‘lga qo‘yilgan. Inson psixologiyasini bilish, o‘z
taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda
ishga yaroqlilikni, turli o‘zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha
fikrlash va tafakkur qilish, ro‘y berayotgan jarayonlarni ob’ektiv va to‘g‘ri idrok qilish
qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi.
Shunday qilib, yangi davr har bir insondan o‘z ichki imkoniyatlarini adekvat bilish, shu
bilimlar zahirasi bilan yaqinlari va hamkasblari psixik dunyosini bilishni talab qilmoqda. Buyuk
Suqrot o‘z davrida “O‘z - o‘zingni bil!” degan shiorni o‘rtacha tashlagan edi. Yangi davr bu
bilimlar yoniga “o‘z yoningdagilarni va ularning qilayotgan ishlarini ham bil”, degan shiorni har
qachongidan ham dolzarb qilib qo‘ydi. Ayni shu muammoni yechishda hozirgi zamon
psixologiya ilmi va amaliyotining roli benihoya kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: