Birinchi bob bo‘yicha xulosa.
Olib borilgan nazariy taxlillar shuni ko‘rsatadiki jamiyat taraqqiyotida o‘qituvchi
kasbiy doimiy shaxs faolligini ta’minlovchi, bilimlar bilan qurollantiruvchi, yangilikka
intilisho‘ga qiziqishlarni shakllantiruvchi, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatuvchi shaxs sifatida muhim
o‘rin tutadi. Bu jarayonni tadqiq etish uzoq o‘tmish olimlar qarashlaridan tortib, bugungi
zamonaviy ta’lim zarayonida ham davom etib borayotganligi, o‘z navbatida o‘stoz, shogird
munosabatlarini takomillashtirishning muxim omillarini yaratish imkoniyatlarini oshirmoqda.
Buyuk allomalarning o‘stozlar haqidagi o‘gitlari va o‘stoz-shogird munosabatlari haqidagi
qarashlari bugungi kun o‘qituvchilarining faolligini oshirish, o‘z ustida chuqur ishlashi va
izlanishlar olib borish uchun dasturamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |