12.08.2020
1 oyda 500 million so'm daromad olish - AZAMAT.UZ
https://azamat.uz/1-oyda-500-million-som-daromad-olish/
1/6
1 oyda 500 million so’m daromad olish
16.08.2015
Internetda pul ishlash
13,195
WhatsAppdagi a’zoligim yillik to’lovini to’lamasam bir oydan so’ng aktivsizlashtirilar ekan. Anchadan beri ishlatib
yurganim sababli bu app men uchun zaruratga aylanib ulgurgan. To’g’ri, Telegram, Viber bor, ba’zan WhatsApp
boshqa messenjerlardan funksiyalar va qulayliklar bo’yicha ortda qolayotgandek tuyuladi, ammo ko’pchilik
tanishlarim WhatsApp ishlatadi, shuning uchun men bu appdan butunlay yuz o’girolmayman. Mening bu
dasturga bog’liqligim, unga o’rganib olganim va uning men uchun foydali jihatlari uni ishlatib yurgan so’nggi 11
oylik vaqtim ichida shu qadar ortdiki, hozir undagi a’zoligimni yana bir yilga uzaytirish uchun WhatsApp talab
qiladigan a’zolik to’lovini to’lashga tayyorman.
WhatsAppda a’zolik to’lovi juda qimmat emas ekan. Bir yilga atigi 99 cent. Davlat kursi bo’yicha bugungi kunda
bu pul tahminan 2500 so’mga to’g’ri keladi. Bu to’lov miqdori shunchalar arzonki, WhatsAppni yana bir yilga
faollashtirish uchun bundan o’n baravar ko’proq pul to’lashga ham qarshilik qilmasdim. Axir men bu dasturga bir
yil davomida bog’liq bo’lib qoldim…
Bu maqola WhatsApp haqida emas. Men WhatsAppdagi a’zoligimni bir yilga uzaytirish uchun talab qilanayotgan
(99 cent) pulning qanchalar kamligini bilganimdanoq bir yillik faolligini yangilashni xohlovchi foydalanuvchilar
soni dunyo bo’yicha nechta ekanligiga qiziqib qoldim. Narx juda arzon, tabiiyki WhatsAppning ajoyib xizmatidan
yana bir yil foydalanishni xohlovchilar hatto 1.5 litrli Coca Cola berilmaydigan pulni hech ikkilanmasdan to’lab
yuborishadi. Demak, to’lovchilar soni bir necha milliondan oshadi. Bu holat, pul ishlab topishning bunday
zamonaviy usuli meni bu haqida jiddiyroq o’ylashga majbur qildi. Ushbu maqola shu usulda pul topish haqida.
Internet orqali pul topish orzusida yurgan, internetda o’zlarining saytlari yoki servislari yordamida pul ishlab olish
yo’llarini izlayotgan yoshlar, qiziquvchilar uchun maslahatim: WhatsApp rejasidan o’rnak oling. Shunday xizmat
tashkil qilingki, undan millionlab odamlar bepul foydalanishsin. Bu xizmatga yetarlicha foydalanuvchi jalb
qilganingizdan so’ng xizmat narxini shu qadar arzon qilib qo’yinki, mavjud foydalanuvchilaringizning barchasi bu
pulni hech ikkilanmay to’lab yuborishsin.
Ingliz tili Sayt tayyorlash Internetda pul ishlash Laravel Ingliz tili grammatikasi Qanday qilib IELTS Barchasini ko'rish
12.08.2020
1 oyda 500 million so'm daromad olish - AZAMAT.UZ
https://azamat.uz/1-oyda-500-million-som-daromad-olish/
2/6
Dollar asosiy pul birligi bo’lgan davlatlarda 99 cent qanchalik kichik summa bo’lsa, hozirgi kunda biz uchun 500
so’m shunchalik kichik miqdordagi pul, deb hisoblayman. Keling, reja uchun xizmatimiz to’lov miqdorini 500
so’m deb belgilaylik.
Bugungi kunda O’zbekiston aholisi o’rtacha 30 million kishini tashkil etadi, deb hisoblaymiz. Aholining teng
yarmi internetdan umuman foydalanmaydi, qolgan 15 million aholining yarmi internet uchun pul sarflamaydi,
yana qolgan 7 yarim million aholining yarmi Sizning taklif etadigan xizmatingizdan foydalanmaydi, yana qolgan
3 million aholining yarmi Sizga pul to’lashda ikkilanadi va nihoyat faqat 1 million aholi Sizning internetdagi
xizmatingiz uchun bir oyda 500 so’m to’lashga rozi bo’ladi, deb hisoblaymiz. Axir bir oyda 500 so’m to’lashga
hozirgi kunda har bir kishining imkoni bor. Demak, har oy bir million kishining har biridan 500 so’mdan xizmat
haqi olishimiz haqiqatga to’g’ri keladigan ehtimollik hisoblanadi.
Xizmat uchun olishimiz mumkin bo’lgan pul miqdori aniq bo’ldi: bir oyda 500 000 000 so’m! Har oy shuncha pul
daromad ko’radigan kishi yoki kompaniya uchun aholiga internet orqali ajoyib xizmat ko’rsatish imkonini
beruvchi barcha sharoitlar o’z-o’zidan paydo bo’ladi. Endi xizmat haqida bosh qotiramiz.
Biz yaratilajak internet orqali ko’rsatiladigan xizmatni O’zbekiston aholisiga taklif qilamiz, shuning uchun
o’zbekistonliklarning internetdan eng ko’p foydalanishi mumkin bo’lgan, internet orqali ko’rsatiladigan xizmatlar
uchun pul to’lashga moyil bo’lgan guruhlarini aniqlab olishimiz kerak bo’ladi. Men quyidagi guruhlar xususida
o’ylab ko’rishingizni tavsiya etaman:
1. Abituriyentlar
2. Talabalar
3. O’qituvchilar
4. Shifokor/hamshiralar
5. va hokazo boshqalar
Biz shunday bir xizmat turini tashkil etishimiz kerakki, faqat bir guruh aholigagina kerak bo’lsin. Shunday qilsak,
tijoratimiz yo’nalishi aniq bo’ladi, maqsadga aniqroq yo’naltirilgan harakatlarni amalga oshirishimiz osonroq
kechadi. Yuqorida sanab o’tilgan 4 ta yo’nalishdagi foydalanuvchilar yurtimizda millionlab topiladi: o’quv
yurtlarida o’qiyotgan talabalar ko’p, abituriyentlar ulardan ham ko’proq, ta’lim muassasalarida ishlayotgan
ustozlar soni ham juda ko’p, shifokor/hamshiralar soni ham… O’zingiz istagan guruhni tanlag va ular uchun
foydali bo’lishi mumkin bo’lgan internet orqali xizmat turini kashf eting. Misol tariqasida, men abituriyentlar
guruhini tanlayman.
Shunday bir sayt tashkil etilishi kerakki, undan har oyda 1 millionta abituriyent unumli foydalanib, xizmat haqi
uchun bir oyda 500 so’mdan to’lov qilsin. Xizmat abituriyentlar uchun shu qadar zarur va foydali bo’lishi kerakki,
keyingi oylar uchun ham sayt foydalanuvchilari to’lov qilishda davom etishsin. Onlayn xizmatning bu turi o’z
oldiga kamida har oyda 1 million foydalanuvchiga xizmat ko’rsataman, degan maqsadni qo’yishi kerak. Xizmat
sifati doimiy yaxshilanib, yangi foydalanuvchilar xizmatga jalb etilishi kerak. Narx esa hech qachon ko’tarilmasligi
va har doim foydalanuvchilar uchun arzimas bir pul miqdorida saqlab qolinishi kerak.
Mana Sizga bir oyda 500 million so’m daromad olish rejasi!
Maqolani shu yergacha o’qigan har bir kishida “Xo’sh, qanday xizmat taklif qilish mumkin ekan?”, “Qanday sayt
ochsam har oy bir million kishi menga 500 so’mdan to’lov qiladi?” degan savollar tug’ilishi tabiiy. Bu savollarga
javob topish eng asosiy mas’uliyat va eng asosiy ish hisoblanadi. Aynan shu yerda o’z yaratuvchanligingiz,
aqlliligingiz va topqirligingizni ishga solishingiz kerak. Javobni topgan zahoti esa bir lahzada millionerga
aylanasiz!
Kimga qanday xizmat taklif qilish kerak, hozirgi kunda bizning internetda qaysi turdagi xizmatlar yetishmaydi…
bularning barchasi haqida bosh qotirish kerak. Inson tasavvurining chegarasiz yo’q. Siz ham o’z
tasavvurlaringizga erk bering. Kuzating. Atrofga tadbirkorlik nigohi bilan qarang va muhitni o’rganing.
Jamiyatimizning har bir sohasiga tegishli kishilar uchun zarur bo’lgan, internet orqali ko’rsatilishi mumkin
12.08.2020
1 oyda 500 million so'm daromad olish - AZAMAT.UZ
https://azamat.uz/1-oyda-500-million-som-daromad-olish/
3/6
bo’lgan, ammo haligacha kashf etilmagan xizmatlar juda ko’p. Hozircha bu yo’nalish yangi. Bir necha yildan
so’ng millionlab foydalanuvchilarni o’ziga jalb qilib oladigan kompaniyalar vujudga kelishidan avval shu turdagi
xizmatni birinchilardan bo’lib Siz tashkil eting, Siz kashf eting!
Bir muddatga “Saytni qanday yasayman?”, “Xizmatni qanday tashkil qilaman?”, “Qanday xujjatlar kerak bo’ladi?”,
“Pulini qanday qilib olaman”, “Soliq to’lanadimi yo’qmi?” degan savollarni unuting. Xizmat nimadan iborat
bo’lishi haqida bosh qotiring. Xizmatning o’zi qay shaklda bo’lishi haqida o’ylang. Sizda fikr paydo bo’lgandan
so’ng uni har tomonlama o’ylab, qayta ishlaysiz. Atrofingizdagilar bilan maslahatlashasiz, Sizdan tajribaliroq
bo’lganlar suhbatini olasiz. Reja to’liq tayyor bo’lgandan keyingina tashkiliy masalalar haqida bosh qotirishingiz
mumkin bo’ladi. Hozircha faqat tasavvuringizni ishga soling va insonlar hayotini yaxshilaydigan, ularning
tashvishlarini osonlashtiradigan xizmat turini o’ylab toping.
O’zingizga shu savollarni bering: “Atrofimdagi odamlarning kundalik hayotidagi qiyinchiliklarini qanday qilib
osonlashtirsam bo’ladi?”, “Mening tegdoshlarimning barchasi hayotda muvaffaqiyatli bo’lishlari uchun qanday
xizmat turi zarur?”, “Odamlarga qanday qilib yordam bersam bo’ladi?”, “Mening qaysi qobiliyatlarim atrofimdagi
qaysi guruhga mansub kishilarga ko’proq naf keltirishi mumkin?”, “Internet, televideniya orqali men ko’rgan
xorijiy davlatlardagi mavjud internet xizmatlarining qaysilari bizning odamlar uchun foydali bo’lishi mumkin?”,
“Hozirgacha qanday xizmat turlari O’zbekistonda kashf qilinmadi?”…
Bir oyda internet orqali, uyingizdan chiqmasdan 500 million so’m daromad olish mumkin. Hatto bunday
daromad olish juda oson! Buning uchun Sizdan bir oz e’tibor va yaratuvchanlik talab etiladi, xolos.
“1 oyda 500 million so’m daromad olish” maqolasida 23 fikr