Ushbu gapdagi yordamchi so‘z turkumlariga mansub birliklar
hamda
ular bilan shakllangan bo‘laklar haqida berilgan to‘g‘ri fikrni aniqlang.
A) Yordamchi so‘z turkumlarining ikkitasi sof ko‘makchisi, bittasi
vazifadosh bog‘lovchi hisoblanadi.
B) Yordamchi so‘zlar ikki o‘rinda otni, bir o‘rinda fe’lni hokim qismga
tobelantirgan.
C) Yordamchi so‘zlar bir o‘rinda hol, ikki o‘rinda to‘ldiruvchini
shakllantirishga xizmat qilgan
D) Yordamchi so‘zlar bilan shakllangan bo‘laklarning barchasi
kesimga bevosita tobelangan.
20. Qaysi gapda egalar s hakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlar
bilan ifodalangan?
A) Daraxt shoxlari yoz faslida sarg‘aysa, kuz erta keladi.
B) Og‘iz va tilning bezagi to‘g‘ri so‘zdir, to‘g‘ri so‘z-la tilingni beza.
C) Qorong‘u kechada otilgan mushak ham go‘zal quyoshga qarab
turgan gul ham go‘zal.
D) Kechqurun osh suzak, bir nasiba kam.
21
. Ilm ik k i xil bo‘ladi biri qalbdagi ilm ikkinchisi tildagi ilm .
Ushbu gapda tushurib qoldirilgan tinish belgilarini aniqlang .
A) 2 o‘rinda vergul
B) 1 o‘rinda ikki nuqta, ikki o‘rinda vergul
C) 1 o‘rinda ikki nuqta, 1 o‘rinda vergul, 2 o‘rinda tire
D) 2 o‘rinda vergul, 2 o‘rinda tire
22. Qaysi so‘z birimasidagi tobe so‘zda urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushadi.
A) oppoq gul
B) kechki taom
C) yigitcha ishlamoq
D) yangi kelgan
23. “Sohibqiron” dramasida kimning otasi Amir Temurga sarboz bo‘lib
Dehli jangida shahid ketgan edi?
A) yasovul Qosimbek
B) Barlos Bahodir
C) Alovuddin
D) Buqalamun
24. Quyida berilgan matndagi yasama so‘zlar sonini toping.
O‘z tilingizda fikrlashga toza gapirishga, nutqingini har xil yot
unsurlardan saqlashga harakat qiling. Til mavsumiy libos emaski, ob-
havoning o‘zgarishiga qarab almashtirilsa.
A) 6 B) 7 C) 8 D)5
25. Quyidagi berilganlardan Asqat Muxtorning qissalarini aniqlang.
1) “Po‘lat quyuvchi” 2) “Daryolar tutashgan joyda”
3) “Samandar” 4) “Buxoroning jin ko‘chalari” 5) “Davr mening
taqdirimda”
A) 2,3,5 B) 1,4,5 C) 1,3,4 D) 2,4
26. Qaysi gapdagi barcha sifatlar nisbiy sifatlar hisoblanadi?
A) O‘ymakor gullari bilinmaydigan darajada o‘chgan, qo‘sh tabaqali
eski eshikka kiramiz.
B) Pochcham elilikdan oshgan, novcha, kasalmand, rangpar kishi edi.
C) Baqqol amaki o‘zi
pakana-yu, lekin yuzi katta, peshonasi keng,
iyagi kalta odam edi.
D) Oldimizda mevali va mevasiz daraxtlari ko‘p bo‘lgan o‘rmon
yastanib yotardi.
27.
Bahor k elsa, boshlanar bog‘da bulbul xonishi sa’va, qumri
nag‘masi, suralay tovlanishi.
Gapdagi uyushiq bo‘laklar haqidagi noto‘g‘ri hukmni aniqlang.
A) Uyushiq aniqlanmishlar ega vazifasida bajargan.
B) Gapda ega va aniqlovchi uyushgan
C) Uyushiq egalar faqat bir turkumga oid so‘zlar bilan ifodalangan.
D) Kesimga bevosita va bilvosita tobelangan bo‘laklar uyushib
kelgan.
28. Ergash gap bosh gaplarning bir xil bo‘laklarini izohlagan bir
necha bosh gapli murakkab qo‘shma gapni aniqlang.
A) Kimki
ota-onasini hurmat qilsa, u boshqalardan imon topadi, el
orasida yaxshi deb nom qozonadi.
B) Butun dunyoga ma’lumki, siz ham unutmangki, Orolni
saqlab
qolish hammamizning burchimiz.
C) Kimning qalbi pok bo‘lsa, uning ishlari o‘z-o‘zidan yurushib
ketveradi, hamma unga madakor bo‘ladi.
D) Kimki umid bilan daraxt o‘tqazsa, olqish-u rahmatlarga sazovor
bo‘ladi, bir kuni kelib daraxt unga shig‘il meva beradi.
29.
O‘qishlar har xil bo‘ladi: birov dam olish uchun birov o‘qiyotgan
kitobini ilmiy tahlil qilish uchun, birov boshqa mashg‘ulot bo‘lmagani
uchun, birov asardagi voqeaga, qahramonning taqdiriga qiziqib
o‘qiydi.
Berilgan gapdagi to‘ldiruvchili birikmalar sonini aniqlang.
A) 4 B) 2 C) 5 D) 3
30. Quyidagi qaysi gapda yuklama ega vazifasidagi so‘zga
qo‘shimcha ma’no yuklangan?
A) Men na bol tayyorlamoq mashaqqati va na uya solmoq kulfatini
o‘ylayman.
B) Go‘yo tog‘larga mayin oq kigiz yopilganday ko‘rinadi.
C) Sen ham men kabi rohatda yashasang bo‘lmaydimi?
D) Qizginam atlas ko‘ylagini hilpiratib kirib keldi.
31. O‘zbek tilida lab undoshlarining nechtasi jarangli sirg‘aluvchi
undosh sanaladi?
A) ikkitasi B) uchtasi C) to‘rttasi D)
bittasi
32. Berilgan qaysi gapda gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga
kirishmaydigan bo‘lak ishtirok etgan?
A) Bu kampir Toshkentda ishlaydigan o‘g‘linikida bir oy turib yana
qishloqqa, boshqa bolalari, nevaralari huzuriga ketayotgan edi.
B) Siyrak daraxtli ikkinchi bir tepalikda bir necha kishilarning,
ayol va
erkaklarning, qorasi ko‘rindi.
C) Mana, hamma narsani tayyorlab ham qo‘ydik, ammo o‘zlaridan
hanuz darak yo‘q.
D) Zorqishloq ko‘chalarida, adir va qirlarida, serdaraxt bog‘larida,
ko‘klam namoyish kezadi.
33. Qaysi gapda besh o‘rinda vergul tushirilgan?
A) Inson millat xalq biron narsaga erishmagan bo‘lsa yo o‘zi go‘l yo
o‘zi tanbal yo uyquda tutilgan.
B) Xirmon sayli qovun sayli gul bayrami Navro‘z shodiyonalari
she’rsiz bahribayt va o‘lanlarsiz o‘tmaganligini yaxshi bilasiz.
C) Har bir odam o‘zining oqil obro’-e’tiborli iste’dodli sadoqatli
do‘stlari bilan faxrlanadi ammo do‘stlik mezoni faqat shular bilan
o‘lchanmaydi.
D) Bu qissadan hissa shuki tuban ehtiroslar qanchalik zo`r bo`lasin
aql-idrok albatta yenggusidir.
34. Asqad Muxtorning she’riy to‘plamlari berilgan javobni toping.
A) “99 miniatyura”, “Dunyo bolalari”
B) “Chin yurakdan”, “Quyosh belanchagi”
C) “Rahmat, mehribonlarim”, “Mardlik cho‘qqisi”
D) “Karvon qo‘ng‘irog‘i”, “Kumush tola”
35.
Merosxo‘rlik faqat mulk
Yok i boylik uchunmas.
Bu bobolar, momolar
Qabrini tinch saqlashdir.
Ota tuzini oqlash
Ona sutim oqlashdir .
Berilgan parchada otlar tarkbidagi munosobat shakllari nechta
o‘rinda belgisiz qo‘llangan?
A) 4 o‘rinda B) 3 o‘rinda C) 2 o‘rinda D) 6 o‘rinda
36. Berilgan gapda teng munosabatdagi bo‘laklar qaysi bo‘lak
vazifasida kelgan va qaysi bo‘lakka bevosita tobelangan.
Navoiy, Bedil, Fuzuliy baytlarini tahlil qilish k erak.
A) ega, aniqlovchiga
B) ega, kesimga
C) aniqlovchi, to‘ldiruvchiga
D) to‘ldiruvchi, kesimga
DTM testlaridan to‘plagan tuzuvchi: Maftuna LATIPOVA
Buxoro viloyati Buxoro tumani
Tahrirchi: Rustamjon O‘RINOV
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani