2.7. Bir va ikki qatorli to‘qilgan mahsulotlaming boshlang‘ich
qatoriarining shakllanishidagi o ‘ziga xosliklari
Bir va ikki ignadonli trikotaj to ‘quv mashinalarida donali trikotaj
mahsulotlari va qismlarini bir va ikki qatorli qilib ishlab chiqarishda
o‘ziga xosliklar mavjud. Ushbu xosliklar to ‘quv mashina konstruktiv
tuzilishi, ishlab chiqariladigan mahsulot va xomashyo turiga hamda
o‘riladigan to ‘qima turlariga bog‘liqdir. Yuqorida bayon etilgandek,
mahsulot qismlarining dastlabki o ‘rilish qatorlarini bir qatorli qilib
to ‘qishda ikki usuldan foydalanilgan:
1.
Dastlabki qatom i shakllantirishda ishlayotgan (toq va juft)
ignalarni tanlab to ‘qish.
61
2. Dastlabki qatomi shakllantirishda ishlayotgan barcha ignalarda
ilgaklar yordamida hosil qilib, so‘ng dastlabki qator halqalarini to‘quv
ignalariga ko‘chirib o‘tkazib to ‘qish.
Ikkala usulning o'ziga xos tomonlari mavjud bo‘lib, ular ishlab
chiqariladigan mahsulot turiga va mashina tuzilishiga bog‘liqdir.
Mahsulot qismlarining dastlabki qatorlarini to‘qishda ishlayotgan
ignalarni tanlab to ‘qish usuli bir ignadonli (paypoq, qo‘lqop) to ‘quv
avtomatlarida qo‘llaniladi.
Donali trikotaj mahsulot qismlarining dastlabki qatori so‘til-
maydigan, cho‘ziluvchan va dastlabki qator halqalarini bir tekis qilib
xomashyodan samarali foydalanib ishlab chiqarish talab etiladi.
2.11, 2.12, 2.21, 2.23-rasmlarda tasvirlangandek, dastlabki qatomi
barcha ignalarda hosil etmay, tanlab hosil qilish usulida yuqoridagi
talablarning (so‘tilmaydi, mustahkam, cho‘ziluvchan, xomashyodan
samarali foydalanib) bir qismiga javob beradi. Ammo dastlabki qatorni
tashkil etgan halqa qatorlaridagi ustunlar igna tashlab to ‘qilganligi
uchun mahsulot dastlabki qatori bir tekis shakllanmaydi. Bu esa
m ahsulotdan foydalanilganda (kiyilganda) uning gardish (bort)
qismining shakllanishdagi kamchiligidir. Bu usuldagi kamchiliklami
bartaraf etish uchun zamonaviy (lambda, koton) to‘quv mashina va
avtomatlarida mahsulotning yuqori (bort) qismi ikki qatlamli etib
to'qilib, dastlabki qator paypoq, qo‘lqop va ustki trikotaj mahsu
lotlarining ichki qismida shakllanib, mahsulotning tashqi tomonidan
ko‘rinmaydi.
Bu usulning o ‘ziga xosligi, (paypoq, qo‘lqop) dastlabki qator,
mahsulotning ichki qismida shakllanib tashqi tomondan ko‘rinmasligi,
bortni ikki qatlamli shakllanganligi uning kirishuvchanligini ta’min-
langanligidir.
Usulning salbiy tomoni mahsulot bort qismining to ‘qishda dastlabki
qator barcha ignalarda ikki qatlamli shakllanganligi xomashyo sarfini
orttiradi.
Ikki ignadonli to ‘quv mashinalarida dastlabki qatomi to ‘qishda
ajratuvchi qatorlardan ilgak va platinalardan foydalanib ishlab chiqarish
samarali bo'lib, dastlabki qator halqalari bir tekis shakllanadi. Dastlabki
qatoming har bir halqalari ishchi a’zolar (ilgak, platina) nazoratida
bo‘lib, ulaming bir xil o ‘lchamda shakllanishi ta’minlanadi.
62
Po‘lat simli chiviq va bosimli havo (pnevmatik) ta’sirida to'qilgan
dastlabki qatordagi halqalami bir tekis shakllanishi doimiy ta’min-
lanmaydi. Dastlabki qator halqalari yakka tartibdagi nazoratda bo‘l-
may, umumiy nazorat ostida erkin holatda shakllanadi. Natijada ayrim
halqalar turli o'lchamlarda shakllanib, dastlabki qator bir tekisligi
hosil etilmaydi. Bu usullarda shakllangan dastlabki qator halqalari
sifatli shakllanmasa ham uning o ‘ziga xos tomoni mavjud.
Mahsulot qismlarini kengaytirib (yengni) to‘qishda, yangi qo'shilgan
ignalarda shakllangan yarim halqalami tortishda qo‘shimcha ishchi
a ’zolardan (ilgak, platina) foydalanilmaydi. Po‘lat simli chiviq yangi
qo‘shilgan ignalarda shakllangan yarim halqalami ignadon oralig‘iga
yo‘naltirib, to‘qish jarayonidagi tortish amalini bajaradi. Bu jarayon
to ‘quv avtom atining tezligini kamaytirm ay bajarilishi uning ish
unumdorligi muayyanligini ta ’minlaydi.
Mahsulot qismlarini to ‘qishda tortish va o‘rash qurilmalari ta ’sirida
sodir bo‘ladigan mahsulotning ikki chekkasidagi gardishining qisqarib
qiyshayishi (kleshnost) bartaraf etiladi. Mahsulot qismlarining halqa
qatorlari va gardishi bir tekis shakllanadi.
Mahsulot qismlami to ‘qishdagi sun’iy zo‘riqishlar ta ’sirida o'z
shakllarini o ‘zgartirmasliklari sababli ularning shakl saqlash xusu-
siyatlarini issiqUk bilan ishlov berib tiklash uchun qo‘shimcha sarf-
xarajatlami talab etmaydi.
63
Do'stlaringiz bilan baham: |