2.26-rasm.
Dastlabki qatorni ribana o‘rilishda ikkala ignadon
ignalarida hosil etish usuli.
Ilgak
3
ignadon uyasi oralig‘i bo‘ylab /7 tish oralig'iga yetgach, ilgak
bilan halqani tortish jarayoni to ‘xtaydi. Ilgak bosh qismida tutib
turilgan dastlabki halqa qatorini ignali (karda chyotkali) tortish qurilma
igna ilgagi ostidan surib chiqaradi. Natijada to ‘qilayotgan mahsulot
qismi (karda chyotkali) ignali tortish qurilmalar bilan ignadon osti
tom on tortib yo‘naltiriladi. Mahsulot qismi to ‘qib bo‘lingach, bir
qator kattaroq o ‘lchamdagi halqa (ranjey) qatori to ‘qiladi. Mahsulot
qismining ranjey qatoridan kettel (halqali biriktirib tikuv) mashinada
mahsulot qismlarini birining ikkinchisiga biriktirib to ‘qib tikishda
foydalaniladi.
Shundan so‘ng mahsulotning so‘nggi mustahkamlovchi qatorini
zichroq 2-4 qator etib to ‘qilib, mahsulot qismining to ‘qish jarayoni
yakunlanadi. To‘qish jarayoni tugatilgan mahsulot qismi ikkala ignadon
ignalaridan tushirib yuborilib, jarayon to ‘Uq yakunlanadi.
Dastlabki qatomi ribana o ‘rishda ikkala ignadon ignalarida to ‘-
qishda barcha ignalar to ‘qish jarayonida ishtirok etib, ignadon bo‘ylab
yuqori tomon harakatlanadi (2.26-rasm).
Ikkala ignadon ignalariga yangi «а-а» ip joylashtirilib, ignalarda
yangi yarim halqa qatorlari hosil etiladi.
45
Shundan so£ng
3
ilgaklar ikkala
1, 2
ignadon va yangi shakllan-
gan yarim halqalar oralig‘i bo‘ylab ko‘tari!ib, 25-30° burchakka bura-
ladi. Burilgan
3
ilgaklar yarim halqalami ilib pastga tomon harakat
lanadi. Ilgaklaming harakati davomida ikkala ignadonda shakllangan
4
yarim halqalami bog'lovchi
5
(protyajka) iplarni ilgagi ostilariga
joylashtirib, ularni o‘zlari bilan birgalikda ignadon oralig‘i bo‘ylab
pastga tomon tortib harakatlanishiga majbur etadi. Ilgaklar
3
yarim
halqa protyajkalarini ilish uchun buralishi usulning o'ziga xos jihatidir.
Aks holda ribana o‘rilishning dastlabki qatori shakllanmaydi.
Aravachaning ignadon sirti bo‘ylab qaytma harakati davomida
awalgi to‘qish jarayoni takrorlanib, to ‘quv ignalarida ikkinchi halqa
qatorlari o‘rilib hosil etiladi.
Ikki ignadonli maxsus ignali (karda chyotkali) tortish qurilmalari
bilan jihozlangan to ‘quv avtomatlarida dastlabki qator ribana, interlok
va aralash o'rilishlarda to ‘qiladi. Bu esa bir jarayonda ikki qatorli
o ‘rilishdagi dastlabki ishlay boshlash qatorini sifatli qilib to ‘qib ishlab
chiqarishni ta’minlaydi. To‘quv avtomatidagi ilgakli tortish qurilmalari
alohida-alohida b o ‘laklab, ignadon ostki qismiga joylashtirilgan.
Mahsulot qismlarini avtomatik tarzda kengaytirib (yeng qismini)
to'qishda ishga tushirilishi kerak bo‘lgan ignalarni ishlayotgan ignalar
qatoriga qo‘shib to'qiladi. Natijada ishga tushirilgan ignalarda shakl
langan yangi halqalami tortishda alohida ignadon ikki chekkasiga
o ‘rnatilgan ilgaklardan foydalaniladi. Ilgakli ignalar SAD qurilma
yordamida ishga tushiriladi va yangi shakllangan, dastlabki yarim
halqa qatoridan ilib, ignadon oralig‘i bo‘ylab tortadi. Shunday qilib,
har bir qo‘shilgan yangi ignada shakllangan yarim halqa ignadon ikki
chekkasidan maxsus tortuvchi ilgaklar bilan ilib olinib, ignadon oraliq
qismiga tortib yo‘naltiriladi.
LRN (Buyuk Britaniya) mashinasida mahsulot qismining dastlabki
qatori magnit chiviq va solenoid yordamida ishlay boshlanadi. Ushbu
mashinada mahsulot dastlabki qatorini (chetini) ishlay boshlashida
qo£lda bajariladigan ishlay boshlash operatsiyalari qaytariladi. Birinchi
qator ipini ignadonlar orasida shakllangan yarim halqalari orasiga
magnit chiviq qo‘yiladi va solenoid (elektromagnit) yordamida tor-
tiladi. Trikotaj tortish mexanizmining seksion valiklarga yetib borganda,
tortshi vazifasi (funksiyasi) shu mexanizmga o ‘tadi.
46
Do'stlaringiz bilan baham: |