Loyiha matni 49901-(61999)


-modda. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining monitoringi



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet92/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

190-modda. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining monitoringi
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining monitoringi tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonun
buzilish holatlariga yoʻl qoʻyilishini ogohlantirish va oldini olishga qaratilgan profilaktikani amalga
oshirish uchun qonun buzilishlarga yoʻl qoʻyish xavfini kuzatish, koʻzdan kechirish, oldindan baho berish
va prognozlashni oʻz ichiga oladigan nazorat qiluvchi organlarning harakatlaridir.
Monitoring davomida nazorat qiluvchi organlar kuzatuv, koʻzdan kechirish, soʻrov va suhbatlar
oʻtkazish hamda nazorat xaridi va namunalarni tanlash orqali maʼlumotlarni toʻplashi mumkin.
Agar monitoring davomida tadbirkorlik faoliyati hududini koʻzdan kechirish hamda namuna va
nusxalarni tanlash zarur boʻlsa, nazorat qiluvchi va boshqa organlar ushbu harakatlarni faqat tadbirkorlik
subyektining roziligi bilan amalga oshiradilar.
Monitoring davomida olingan maʼlumotlar asosida tadbirkorlik subyektlariga nisbatan bevosita
yoki bilvosita har qanday huquqiy taʼsir choralarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.


project.gov.uz
06.06.2022
88
191-modda. Tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida profilaktik tadbirlar
Nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida:
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish;
ularning faoliyatida qonuniylikni mustahkamlash;
sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni
oʻrganish;
huquqbuzarliklarning sodir etilishini oldindan ogohlantirish choralarini koʻrish;
tadbirkorlik subyektlarida javobgarlikka tortish xavfini kamaytirishga qaratilgan profilaktik
tadbirlarni amalga oshiradilar.
Profilaktik tadbirlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan tasdiqlangan choraklik manzilli
dasturlar asosida huquqiy targʻibot, seminarlar, tushuntirish ishlari, tarqatma material va qoʻllanmalarni
tarqatish, amaliy mashgʻulotlar tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan
muammolarni ommaviy muhokama qilish maqsadida Internet jahon axborot tarmogʻida veb-saytlar, shu
jumladan ijtimoiy tarmoqlarda blog va chatlarni tashkil etish va shu kabi boshqa usullar orqali amalga
oshiriladi.
Yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida oʻtkaziladigan profilaktik tadbirlar tadbirkorlik
subyektlariga tegishli obyektlarda yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Davlat tomonidan nazorat qilishning tegishli sohasida qonunchilik oʻzgargan taqdirda nazorat
qiluvchi organlar yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyatini profilaktik
tadbirlarni amalga oshirish doirasida tadbirkorlik subyektlariga tushuntirishlari zarur.
Tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida profilaktik tadbirlarni oʻtkazish dasturi tadbirkorlik subyektlari
tomonidan huquqbuzarliklarning sodir etilishini ogohlantirish va oldini olish choralarini koʻrish uchun
ularni tizimli ravishda yoʻl qoʻyish va qasddan sodir etilmagan qonun buzilishlar sabablari aniqlangan
holatlarining tahlillaridan kelib chiqib ishlab chiqilishi lozim.
Profilaktik tadbirlarni oʻtkazishda tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga aralashish, ularning
huquq va erkinlik hamda qonuniy manfaatlarini cheklash, tekshiruvlar oʻtkazish va har qanday huquqiy
taʼsir choralarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻtkazilgan profilaktik tadbirlarning natijalari boʻyicha nazorat qiluvchi organlar tomonidan
belgilangan tartibda tegishli takliflar, shu jumladan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar
ishlab chiqiladi.

Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish