Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/94
Sana11.07.2022
Hajmi4,05 Mb.
#775432
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94
Bog'liq
injenerlik geologiyasi

Denudatsion zilzila
- tabiatda ro‘y beradigan turli hodisalar (o‘pirilishlar, ko‘chki, 
ag‘darma va hakoza) natijada ro‘y beradi. Bunday zilzilaning kuchi o‘sha hodisaning 
hajmiga bog‘liqdir. 
2) 
Vulqon zilzilalari
- vulqon otilishida yer qobig‘ini yorib chiqadi, natijada o‘sha joyda 
tebranishi hosil bo‘ladi. Ularning tarqalish o‘sha hududning o‘zida bo‘ladi. 
3) 
Tektonik zilzila
- tektonik harakatlar natijasuda sodir bo‘ladi. Bu zilzila eng kuchli 
bo‘lib, tarqalish masofasi katta
3) Zilzila hosil bo‘ladigan yer qobig‘idagi o‘chog‘i giposentr deyiladi. Uning yer 
yuzasigi aksi episentr deyiladi. 
Yer qimirlash 12 ballik shkalada o‘lchanadi. Yer qimirlash natijasida seysmik 
to‘lqinlar tarqaladi. Seysmik to‘lqinlar 3 turga bo‘linadi: 
1. Bo‟ylama to‟lqinlar
– bular tog‘ jinslauni yetish bo‘yicha tarqaladi va uning 
jaddaligi tog‘ jinslarining turiga zichligiga bog‘liqdir. Masalan : granit va shunga 
o‘xshash tog‘ jinsdan bo‘ylama to‘lqinning o‘tish tezligi- 5000-7000m/s oxaktoshdan 
va shunga o‘xshash tog‘ inslaridan 2000-3000 m/s, lyoss 1500 m/s, xavodan 300 m/s, 
suvdan 1500 m/s o‘tadi. 
1.
Ko‟ndalang to‟lqinlar
- zilzila o‘chog‘idan tik ravishda tarqalib, uning kuchi 
bo‘ylama to‘lqinga nisbatan 1.7 marta kam 
2.
Yuza to‟lqinlar
- yer qimrlash episentrida hosil bo‘lib, tarqalish masofasi o‘sha 
joydagi tog‘ jinslarining turiga, zichligiga bog‘liq. 
Grunt sharoitiga qarab, qo‘shimcha ball berish. Agar joylarda 6 balgacha Yer 
qimirlash kutiladigan bo‘lsa, inshootlarni qurishda qurilish materillarining sifatiga 
etibor berish kerak. Agar 6 balldan 10 ballgacha Yer qimirlashlari kuzatilsa,faqatgina 
qurilish qurilish materiallarigina emas, balki seysmik hodisalarga chora – tadbirlar 
qo‘llash kerak. Agar joylarda 10-12 ballik yer qimirlashi kuzatilsa, u holatda 
inshootlarni loyihalash, qurish tavsiya etilmaydi. Hozirgi kunda butun dunyo seysmik 
jihatdan o‘rganilgan bo‘lib, har bir joyning seysmik haritasi mavjud.
Epitsentr 
25-50 km 
Gipotsenr 


62 
Sesmik haritadagi ballar joyning grunt sharoitiga qarab o‘rganiladi: yoki 
qo‘shiladi, yoki kamaytiriladi. Qo‘shimcha ball berish joyning metalogik tuzilishi, 
geomorfolo‘gik tuzilishi, gidrogeologik sharoitiga, tektonik sharoiti, joydagi jarayon va 
hodisalarning tarqalishi, gruntlarning fizik mehanik xossalari hisobiga olinadi. 
Agar joyning geologik- metalogik haritasi mavjud bo‘lsa, u holda QMQ ga asosan 
o‘rtacha seysmik balli mintaqa tanlanadi. QMQ ga asosan, o‘racha balli mintaqa deb, 
rekefi tekis, qalinligi 20 metrdan oshmagan, suglinokdan tashkil topgan, Yer osti suvi 
chuqurligi 10 metrdan past joylashgan maydonlar olinadi. O‘rtacha alli mintaqaga 
asosan yuqoridagi omillarga asoslanib qo‘shimcha ball beriladi.
Agar joylarda qoya tog‘ jinslari tarqalgan bo‘lsa, u holda o‘rtacha balldan -1 ball 
olib tashlanadi. Agar gilli gruntlar tarqalgan va ularning qalinligi 20 metrdan oshsa, u 
holda + 1 ball qo‘shimcha ball beriladi. Agar sochiluvchan gruntlar bo‘ldsa, ularning 
zichligi, namligiga qarab, -1 yoki +1 qo‘shimcha ball beriladi. Agar mahsus sinf 
gruntlari bo‘lsa ularning tarqalishiga, qalinligiga, hosil bo‘lishiga qarab, -1 yoki +1 ball 
beriladi.
Agar Yer osti suvlarining chuqurligi 0-4 m gacha bo‘lsa, +1 qo‘shimcha ball 
beriladi.10m dan ko‘p bo‘lsa, ball berilmaydi.
Agar joyning relefi baland pastliklardan iborat bo‘lsa +1 bal beriladi.
Agar tektonik yoriqlar bo‘lsa, +1 ball beriladi.
Agar joylarda jarayon va hodisalar tarqalgan bo‘lsa, +2,+3 qo‘shimcha ball 
beriladi.
Muhandis geologik sharoitga qarab qo‘shimcha ball berish haritasi asosida 
o‘sha joyning seysmik sharoiti geofizik uslublar bilan o‘rganib chiqilib, 
joyning mikroseysmik haritasi tuziladi. Bu haritadan inshootlarni 
loyihalashda, qurilishda foydalanish lozim.

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish