Savol: Ma'lumotlardan kelib chiqib 2 salbiy odatni
aniqlang?
1 chi odat bu og'rilik,
2 chi odat bu qulchilik.
Izoh: Chumolilar ham o'zining turiga mansub bo'lmagan
chumolilar tuxumini og'rlab
undan chiqqan chumolini
Qul qilishar ekan.
8. Mashhur rus shaxmatchi Mixail Chigorin doskada
murakkab hamda keskin vaziyat paydo bo‘lib qolsa,
xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘zining navbatdagi
yurishini o‘ylash jarayonida bir odatga amal qilar edi.
Lekin zinhor bu odat raqibiga nisbatan hurmatsizlik yoki
uni pisand qilmaslik emasdi.
Agar ushbu savol ekran
o‘yinlarida berilganida, o‘sha odatni namoyish qilib
bering, degan bo‘lardik, lekin hozir javobingizni yozib
bering deya so‘rashga majburmiz.
Javob:
Qo‘lini cho‘ntagiga solib turish
Izoh: shaxmatdagi qoidaga binoan, shaxmatchilar yurish
navbati
kelganda, doskadagi mavjud birorta donani
ushlasa, o‘shani yurishi shart. Shu sababli,
murakkab
vaziyatlarda bir nechta variantlarni o‘ylab, oxirgi
xulosaga kelmagunicha biror donani shoshib ushlab
qo‘ymaslik maqsadida Chigorin qo‘lini cho‘ntagida
saqlagan.
9. She’riy savol: She’rlari Zakovatga eng mos keluvchi
shoir Erkin Vohidov ijodidan hazil sher!
Tibbiyotga ayon boldi, bas,
Barcha kasallikning davosi,
Endi bizni dard o’ldirolmas,-
Oldiradi … …
Javob: dori bahosi
10. Imom Buxoriyning “Al adab al mufrad”
kitobida
kelishicha, Anas ibn Molikdan bir hodisa rivoyat
qilinadi, unga koʻra kunlardan bir kuni Paygʻambarimiz
sollalohi alayhi vasallam tuyalar bilan safarga
chiqadilar, shu paytda sarbon birdaniga hirgoyi boshlab
qoladi. Shunda negadir Nabiy sollalohi alayhi vasallam
sarbonga qarata "Hoy, muloyim boʻl, shoʻring qurgur, X
larni ehtiyot qil!" deb koyib beradilar".
❓
Savol: Siz bizga X lar kimligini yozib bering.
Javob: ayollar.
Izoh: Hirgoyi qilish arab
karvonboshilariga xos odat
bolib, karvondagi tuyalar oʻsha xirgoyining maromiga
qarab qadam tashlashga oʻrgangan boʻladi. Sarbonning
hirgoyisiga qarab tuyalar sekinroq yoki tezroq yurishi
mumkin. Karvonda ayollar koʻp boʻlgan va hirgoyini
tezlatib tuyani tez yurishga sabab boʻlish
orqali
ayollarga ozor bermaslikka undaganlari bu yerda aytib
oʻtilgan.
11. 1956 yil noyabr dekabr oylarida Australiyaning
Melburun shahrida XVI yozgi olimpia o’yinlari bo’lib
o’tadi. Odatda olimpia o’yinlariga bir shahar mezbonlik
qiladi. Masalan,
Rio olimpiadasi, Tokyo olimpiadasi
bunga misol. Lekin, Melburun olimpiadasida bir sport
turi qandaydir sababga ko’ra umuman boshqa qit’ada,
ya’ni Yevropada Shvetsiyaning Stokgolm shahrida besh
oy oldin bo’lib o’tadi. Savol
bu qaysi sport turi va
qanday sababga ko’ra.
Javob. Ot sport turi
Izoh.
Melburn 1956 yilgi Olimpiya o'yinlariga sazovor
bo'lgan bo'lsa-da, Avstraliyada otlar jo'natilishidan
oldin olti oylik qattiq karantinga ega edi. 1953 yilda
Avstraliya federal hukumati tomonidan o'tkazilgan
yig'ilishda ular Olimpiya otlari uchun karantin
qonunlarini o'zgartirmaslikka qaror qildilar. Shu
sababli,
ot
Do'stlaringiz bilan baham: