Foydanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T:O’zbekiston, 2019.
966
2.
Karimov.I.A., O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.-T: O’zbekiston, 2012.
3.
Aliqul Rahmonov. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o’rganish. Yangi asr
avlodi:2014 y.
4.
www.archive.uz
5.
www.constitutsion.uz
6.
https://uzlidep.uz
967
ФИО автора:
Berdiyeva Mastura Najimovna
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 37- umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf
o'qituvchisi
Название публикации:
«BOSHLANG‘ICH
TA’LIMDA ZAMONAVIY
YONDOSHUV VA O‘QUVCHILARNI INTELLEKTUAL RIVOJLANTIRISH»
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda zamonaviy ta’lim
texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy jihatlari yoritilgan. Boshlang‘ich sinflarda
o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish pedagog ilmiy saviyasiga bevosita aloqadorligi
haqida ma’lumotlar berilgan. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi har tomonlama yetuk,
o‘tkir diplamat, o‘z kasbini ustasi, intellekutal salohiyatga ega shaxs bo‘lishi
muhimligi bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: aqliy rivojlanish, kategoriya, shakl, uslub, predmet, vosita,
intellektuallik, integratsiya, elektron ta’lim.
Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash bashariyatning azaliy orzusi
bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat va ma’naviyatni qanday qilib yosh avlodlarga o‘rgatish,
ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonunqoidalarini izlaganlar. Ana shu izlanishlar
natijasida ma‘naviy tarbiya asoslari shakllandi. Bugungi kunga kelib, yosh avlodni
barkamol inson sifatida tarbiyalashda pedagogika fani ulkan ahamiyat kasb etadi.
Tashkil qilingan tarbiyaviy jarayonda jamiyatga, davlatga aynan shu zamon va
makonda qanday inson kerakligi nazarda tutiladi. Demak, qo‘lga kiritilgan ma’naviy
bilim pedagogika fani nazariyasida, xususan, ta‘limtarbiya maqsadida ham aks etmog‘i
kerak. Chunki tarbiyaviy jarayon maqsadiga ijtimoiy maqsadlar mos kelgan
hollardagina jamiyatda madaniyat, san’at, ma’naviy va moddiy ishlab chiqarish
rivojlanadi. Zamonaviy ta’limning eng muhim unsurlari qadimdan shakllanib kelgan.
Ta’lim maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari ta‘lim jarayonlari mazmunini
tahlil qilish uchun qo’llaniladigan an’anaviy kategoriyalar bo‘lib hisoblanadi. Aynan
shu kategoriyalar ma‘lum predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo‘yicha o‘quv-
tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti sifatida yuzaga
chiqadi. Qayd etilgan pedagogik kategoriyalarni maqsadga muvofiq ravishda
968
yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning qonuniyat va mezonlarini tizimlashtiruvchi omil
vazifasini bajaradi.
Zamonaviy o‘qituvchi dars jarayonida
Do'stlaringiz bilan baham: |