Budjet g`azna ijrosi hisobining funksiyasi
Nazorat
Axborot
14
Joriy nazorat – budjet g’azna ijrosi jarayonida amalga oshirilib, sodir bo’lgan
muomalalarini qonuniyligi, pul mablag’larini oqilona sarflanishi, hisob
ma’lumotlarini haqiqiy holatga mosligi, hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati
amalga oshiriladi.
Keyingi nazorat – umumlashtirish bosqichi uchun zarur bo’lib, hisob va hisobot
axborotlarini qonuniyligini aniqlash uchun amalga oshiriladi.
Axborot funktsiyasi – orqali moliyaviy hisobotlar asosida budjet g’azna ijrosi
jarayonida daromadlar, budjet xarajatlari maqsadli yo’nalishi, natijalar bo’yicha
ma’lumotlar shakllanadi.
Budjet g`azna ijrosi hisobining sub’ektlari bo’lib, moliya organlari (O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, bo’limlari),
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’lmlari,
Davlat maqsadli jamg’armalari, budjet tashkilotlari bo’lib hisoblanadi.
1.3. Fanning Davlat budjeti g’azna ijrosi sohasidagi vazifalari
Budjet g`azna ijrosi hisobi Davlat budjeti, Davlat maqsadli va boshqa budjetdan
tashqari jamg’armalari budjeti g`azna ijrosi bo’yicha yuritiladi va budjetlar g`azna ijrosi
holati haqida ma’lumotlarni shakllanishini ta’minlaydi.
Budjet g`azna ijrosi hisobining vazifalari:
-
budjet g`azna ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
-
budjet g`azna ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida ro’yhatga
olish;
-
budjet g`azna ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda budjet mablag’larini
holati va harakatini aks ettirish;
-
budjet tashkilotlari smetalari g`azna ijrosini amalga oshirish va natijalarini
shakllantirish;
-
budjet g`azna ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish
va hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
Mamlakatimiz budjet tizimida islohotlarni borishi jarayonida budjet hisobini
tashkil etish va yuritilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ohirgi yillarda budjet
hisobini tashkil etishga oid bir necha me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda budjet hisobini yuritilishini uch yunalishga
ajratish mumkin, ya’ni (1.4-chizma).
1. Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy budjetlar ijrosining
hisobi – Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari hamda Moliya
vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan olib boriladi;
2. Davlat maqsadli jamg’armalar (Pensiya jamg’armasi, Respublika yul
jamg’armasi va boshqalar), shuningdek boshqa budjetdan tashqari jamg’armalar
ijrosining hisobi – tegishli budjetdan tashqari jamg’armalar tomonidan olib boriladi;
3. Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosining hisobi
bo’yicha -budjet tashkilotlari tomonidan olib boriladi.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |