Milliy g ‘ oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi


«Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi



Download 4,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/70
Sana10.07.2022
Hajmi4,3 Mb.
#770086
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70
Bog'liq
Vatan tuyg\'usi. 6-sinf (2015, X.Sultonov, M.Qarshiboyev)

«Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi,
mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir de-
sak, shoirlarning sultonidir»
1
.
Buyuk iste’dod sohibi bo‘lgan yana bir ajdodimiz — Kamoliddin
Behzod o‘rta asrlarda Sharq rassomchiligida katta maktab yaratgan.
Boku shahridagi
Alisher Navoiy haykali
____________

Islom Karimov
. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»
nashriyoti, 2013-yil, 47-bet.


68
Bu zotni buyuk mutafakkir bobolarimizdan biri Zahiriddin Muham-
mad Bobur «musavvirlik ishini bisyor nozuk qildi», deya ta’riflaydi.
Bu so‘zlar Behzodning kishi chehrasi orqali uning ichki dunyosi, fe’1-
atvorini juda nozik tasvirlab bera olish mahoratiga ishora. Garchi
G‘arbda Behzodni «Sharq Rafaeli», deya o‘zlari bilgan va yaxshi ko‘rgan
rassomga qiyoslab ulug‘lagan bo‘lsalar-da, uning ijodi buyuk italyan
rassomi va me’mori, g‘arb uyg‘onish davrining yetuk namoyandasi
hisoblangan Rafael Santining ijodidan mutlaqo farq qiladi. Rafael Santi
saroy va ibodatxonalarga suratlar ishlagan, katta-katta polotnolar
chizgan. Kamoliddin Behzod esa inson ruhiyatini chuqur aks ettirgan
Sharq, xususan, Movarounnahr va Xuroson miniatyura san’ati mak-
tabiga asos solgan.
Amudaryodan janub tarafdagi hududlar qadimda Xuroson
deb atalgan.
G‘arb uyg‘onish davri dastlab XIV–XV asrlarda Italiyada
boshlangan va butun Yevropaga yoyilgan. Uyg‘onish davri
deganda, o‘rta asrlardagi diniy jaholat hukmron bo‘lgan
davrdan ma’rifiy qarashlar kuchaygan yangi davrga qadam
qo‘yish tushuniladi. Bu davr Sharqda biroz oldinroq – IX
asrda boshlanib, XV asrgacha davom etgan.
Yurtimiz tuprog‘i moddiy boyliklar qatori ma’naviy boyliklarga ham
kon. Uning har qarich yerida ko‘hna sivilizatsiyaga daxldor bo‘lgan
noyob yodgorliklarni topish mumkin. Ularning aksariyati YUNESKO-
ning maxsus ro‘yxatida turishi ham shundan dalolat beradi. Katta
bo‘lib, dunyoning eng nufuzli muzeylarini tomosha qilsangiz, albatta,
O‘zbekistonga taalluqli bo‘lgan nodir yodgorliklarga ham duch kelasiz.
Bularning barchasi bizning naqadar ulkan ma’naviy boylikka voris
ekanimizni bildiradi. Bular-ku ko‘zga ko‘rinib turgan boyliklarimiz,
lekin bir qarashda ko‘zga tashlanmaydigan, odamlarimizga xos buyuk
fazilatlar, ularning boy ruhiy dunyosi, go‘zal fazilatlari, betakror his-
tuyg‘ulari-chi?


69
Agar daryolarning qanday hosil bo‘lishiga e’tibor bergan bo‘l-
sangiz, tog‘lardagi jilg‘alar irmoqlarga, irmoqlar soylarga qo‘shilib,
daryoga aylanadi. Ular o‘z yo‘lida qanchadan-qancha tosh-u giyoh-
larni, tuz va ma’danlarni o‘ziga singdirib, yerning tomiriga hayot
baxsh etib turadi.
Ma’naviyatni ham ana shunday daryoga qiyoslash mumkin. U ham
asrlar qa’ridan ne-ne hayotiy tajribalarni, millionlab insonlarga xos
bilim va hissiyotlarni o‘zi bilan birga olib keladi. Xuddi daryo suvi
yerning tomirlariga hayot bag‘ishlab turganidek, u ham insonlar va
xalqlar turmushiga ma’no-mazmun beradi.

Download 4,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish