Milliy g ‘ oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi


Tarixiy xotira har daqiqada insonning kimligi, qanday



Download 4,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/70
Sana10.07.2022
Hajmi4,3 Mb.
#770086
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70
Bog'liq
Vatan tuyg\'usi. 6-sinf (2015, X.Sultonov, M.Qarshiboyev)

Tarixiy xotira har daqiqada insonning kimligi, qanday
buyuk xalqqa mansubligi, kimlarning avlodi ekanini eslatib
turadi. Insonni, xalqni o‘z sha’ni va g‘ururi, or-nomusini
asrab yashashga qodir bo‘lishga undaydi.
Tarixiy xotira tuyg‘usi dunyodagi barcha xalqlarga xos. Ular aynan
shu tuyg‘u tufayli ajdodlarining ruhini, ularning an’ana va qadriyat-
larini his qilib yashaydi. Uzoq Yaponiyadan kelib, Surxondaryodagi
ko‘hna Dalvarzintepa va Qoratepada arxeologik qazuv ishlarini olib
borayotgan Kyudzo Kato misolida bu fikrning tasdig‘ini ko‘rish mum-
kin. Yoshi 80 dan oshgan bu keksa olimni o‘z uyi, yaqinlarini tashlab
yurtimizga kelishga, uzoq yillar davomida loy, tuproq kechib, jazirama
issiq, qahraton sovuq demasdan, qadimiy tepalar bag‘rini qadam-
baqadam kovlab, ilmiy izlanishlar olib borishga majbur etgan narsa
nima? Tarixiy xotira tuyg‘usi.
____________

Islom Karimov
. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»
nashriyoti, 2013-yil, 11-bet.
3 – Vatan tuyg‘usi, 6-sinf


34
Qadimiy Kushonlar davlati pay-
tida Surxon zaminida buddaviylik
dini gullab-yashnagan. Buddaviylik
esa Yaponiyada ajdodlarning ko‘hna
ta’limoti sifatida qadrlanadi. Kato
domla ana shu ta’limotga doir mod-
diy yodgorliklarni topib, o‘z ajdodla-
rining tarixiy xotirasidagi uzilib qol-
gan rishtalarni tiklamoqchi. Bu –
haqiqiy fidoyilikdir. Bu ilm jonkuyari
xalqimizning boy tarixi, qadimiy yod-
gorliklari hamda madaniy merosini
chuqur o‘rganish va xorijiy ellarda
targ‘ib qilishdagi katta xizmatlari,
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni rivojlantirishga
qo‘shgan samarali hissasi uchun mamlakatimiz Prezidentining farmo-
niga binoan «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
Yana bir misol. Yurtimizdan turli sabablar bilan chetga olib ke-
tilgan betakror milliy madaniyatimiz namunalari ko‘p. Mustaqillik-
ning dastlabki yillaridan boshlab Yurtboshimiz tomonidan ularni
mamlakatimizga qaytarib olib kelish masalasi qat’iy vazifa qilib
qo‘yildi. Shu maqsadda Oliy Majlis huzurida maxsus komissiya tuzildi.
Ushbu komissiya a’zolari dunyoning eng yirik madaniy markazlari –
London, Parij, Berlin, Moskva, Sankt-Peterburg, Nyu-York, Dehli,
Tehron, Qohira va boshqa qator shaharlarda milliy merosimizning
minglab noyob namunalari saqlanayotganini aniqlashdi va ularning
katta qismi mamlakatimizga qaytarib olib kelindi. Endilikda ular
xalqimizning tarixiy xotirasini mustahkamlash, o‘zligimizni chuqur
anglashga xizmat qilmoqda.
Istiqlolga erishganimizdan so‘ng biz tariximizni haqqoniy va xolis
o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Endi biz ota-bobolarimiz kim bo‘l-
ganini, ularning dunyo taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shganini aniq
tasavvur qila olamiz. Bu bizning tarixiy xotirasiga ega, erkin va ozod
xalq bo‘lib yashayotganimizdan dalolatdir.

Download 4,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish