Soyalarning sozlanishlari:
1. yorug’lik nurining turi (faqat AREA SHADOWS uchun muhim).
SIMPLE – maksimal soddalashgan hisob-kitob.
RECTANGLE – to’g’ri burchakli yorug’lik manbai, LINEAR/AREA.
DISK – disk, yorug’lik nuri uchun to’g’ri keladi, SPOT/DIRECT.
BOX – hamma tomonga, OMNI/POINT uchun soddalashgan model.
SPHERE – hamma tomonga, OMNI/POINT uchun murakkab model.
2. Sirtning ikkala tomonini hisobga olish (hatto, 2-SIDED parametri
o’rnatilmagan bo’lsa ham).
3. Soya chegaralarining tekislanish/tarqalish ning sifati. Ushbu
sozlanishlar qancha ko’p bo’lsa, soyani hisoblash shunchalik sekin
kechadi. AREA SHADOWS uchun juda muhim.
4. Yorug’lik manbaining fizik o’lchamlari. AREA SHADOWS – eng
muhim sozlanishlardan biri. Lyustra/torsher/deraza/va hokazolar
yorug’lik beruvchi qismining o’lchamlariga mos holda qo’yish.
5.
Obyektlarning shaffofligini hisobga olish
. Ushbu belgi (galochka)ni
qo’yish, hisoblashlarning tezligini ancha yo’qotishga olib keladi,
lekin yorug’likning shishadan o’tishiga imkon beradi. ADV RAY
TRACED va AREA SHADOWS soyalar uchun ahamiyatga ega.
SAMPLE SPREAD – soyaning qo’shimcha shuvalishi, sifatsiz hisob-kitobni
maskirovka qilish uchun, uning chegaralarini yanada shuvab tashlash imkonini
beradi. SHADOW MAP va AREA SHADOWS uchun foydali.
SHADOW BIAS – soyaning obyekt chegaralaridan chekinishi, obyekt
chegarasining tagidan chiqib ketishini oldini olish imkonini berai.
48
Yorug’lik: yorug’likning standart sxemalari – ochiq fazo.
Odatdagi (BACKWARD RAYTRACE) yorug’likni o’rnatishda, asosiy murakkablikni
yorug’lik manbalari (lyustra, torsher, quyosh) ning o’zini o’rnatish emas, aksincha, yorug’lik
manbalarining akslanishi va tarqalishining imkonsizligini kompensatsiya qilish lozim bo’lgan,
kuzatuvchining ko’zidan yashirin holdagi pastdan sal yoritilishni o’rnatishdir.
OMNI tipidagi yorug’lik manbalari (har tarafga yo’nalgan), deyarli hamma vaqt sal yoritilish
o’rnida spetsifik sozlanishlar bilan faydalaniladi:
1. Soyalar uzib qo’yilgan (SHADOW bo’limida ON belgi (galochka) turmaydi).
2. Yorqinlik (MULTIPLIER) asosiy yoritgichning yorqinligining 50 foyizidan oshmaydi.
3. Shu’lalar uzib qo’yilgan (ADVANCED EFFECTS bo’limidagi SPECULAR belgi (galochka)
olib tashlangan).
Ham xona uchun, ham ochiq fazo uchun standart yorug’lik sxemalari (ya’ni, sal
yoritilganlikning to’g’ri o’rnatilgan sxemalari) mavjud. Masalan, ochiq sahnani to’g’ri yoritish
uchun, Quyosh rolini bajaruvchi bitta yorug’lik manbai va sal yoritilish rolimi bajaruvchi uchta
yorug’lik manbai talab qilinadi:
Bunday yondoshishda, quyosh, shuningdek, birinchi va ikkinchi sal yoritilish, yuqoridan
ko’rinishda uchburchakka va yon ko’rinishlarda, yorug’lik uyga yuqoridan – yondan tushadi deb
hisoblab, bir xil balandlikda joylashganga o’xshashroq ekanini tushunish muhim. Uchinchi sal
yoritilish uyning chuqur tagida joylashgan, uning joylashuv chuqurligi, boshqa yorug’lik
manbalarining ko’tarilgan balandligiga taxminan teng.
49
Do'stlaringiz bilan baham: |