11
Obyektlarni yashirib qo’yish va muzlatib qo’yish.
Ayni paytda keraksiz bo’lgan obyektlarni yashirib qo’yish – bu kompyuterning ishini tezlashtirishning va
kartinani proeksiyalarda yanada o’qilishli qilishning eng oddiy usuli.
«Yashirib qo’yish/ko’rsatish» menyusini tezkor
chaqirish uchun va agar Siz,
ajratib olingan obyektni yashirib qo’yishni istasangiz, sichqonchaning o’ng
tugmasini
uning ustiga chertish zarur. Yashirib qo’yilgan obyektlarni ko’rsatishni istagan hollarda
esa, aktiv holdagi proeksiyaning bo’sh joyiga sichqonchaning o’ng tugmasi bilan
chertish yetarli bo’ladi.
Ochilgan menyuda, obyektlarni yashirib qo’yish/ko’rsatish
imkonini
beruvchi quyidagi buyruqlar paydo bo’ladi:
HIDE SELECTION
– ajratib olingan obyekt(lar)ni yashirib qo’yish.
HIDE UNSELECTED
– ajratib olingan(lar)dan tashqari hamma obyektlarni yashirib
qo’yish.
UNHIDE ALL
– hamma yashirib qo’yilgan obyektlarni ko’rsatish.
UNHIDE BY NAME
– nomlari foydalanuvchi tomonidan ro’yxatda ko’rsatiladigan
hamma obyektlarni ko’rsatish. Ushbu buyruq tugmachasini bosgandan keyin, hamma
yashirib qo’yilgan obyektlar nomma-nom paydo bo’ladi. Undan zarur bo’lgan
obyektlarni tanlab olish zarur bo’ladi.
«
Obyektni muzlatib qo’yish
» degan maxsus tushuncha mavjud – muzlatib
qo’yilgan obyekt(lar) yashirib qo’yilganlardan farqli o’laroq, ekranda ko’rinib turadi,
ammo u bilan ishlash mumkin emas. Obyektni muzlatib qo’yish/eritib qo’yish
uchun
ayni o’sha yashirib qo’yishdagi menyu qo’llaniladi:
FREEZE SELECTION
– ajratib olingan obyekt(lar)ni muzlatib qo’yish.
UNFREEZE ALL
– hamma muzlatib qo’yilgan obyektlarni eritib qo’yish.
LINK / UNLINK: Obyektlarni iyerarxik bog’lab qo’yish.
Murakkab strukturalar animatsiyalarini (avtomobil, samolyot, odam skeleti)
yaratish uchun, obyektlarni bir-biri bilan maxsus bog’lanishini
amalga oshirish
imkoniyati mavjud, unda obyektlardan biri ikkinchisiga bog’langan bo’ladi.
Obyektlarning kattasi ONALIK (РОДИТЕЛЬСКИМ), kichigi esa,
BOLALIK
(ДОЧЕРНИМ) deb ataladi.
Obyektlarning kichigi kattasining hamma transformatsiyalarini u bilan birga
surilib
va burilib takrorlaydi, ammo bu holda u o’zining istalgan shaxsiy
animatsiyasiga ega bo’lishi mumkin.
Bunday bog’lanishlarni yaratish va buzish uchun ikkita
LINK va UNLINK tugmachalari
mavjud:
LINK. Obyektlarni bir-biri bilab bog’lab qo’yadi:
1. LINK tugmachasini bosish (tugmacha bosilib qolishi zarur).
2. Bolalik(kichik) obyektni tutib olish va sichqoncha tugmachasini qo’yib yubormasdan uning
bog’lanish ipidan onalik(kattasi) tomonga tortish kerak.
UNLINK. Bog’lanishni uzish. Kichik obyekt ajratib olinadi va tugmacha bosiladi.