Yangi pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalari



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/18
Sana29.12.2021
Hajmi0,59 Mb.
#76690
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalari

UMUMIY XULOSALAR 

Tadqiqot natijalariga tayanib quyidagi umumiy xulosalarga keldik:  

1.  O‘zbekiston ta’lim tizimini isloh qilishning dasturiy hujjatlarida - respublikada ta’lim 

raqobatbardosh  kadrlarni  ilgarilab  tayyorlashni  ta’minlash  darajasiga  yetishi  kerak  -  degan 

maqsad qo‘yilgan. Yoshlarning yangi avlodi istiqbol masalalarni qo‘yish va yechish, interaktiv 

usullar  asosida  fikr  yuritishning  yuksak  madaniyati,  siyosiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotda 

mustaqil yo‘l topa olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. 

2.  Ma’lumki, 

ilg‘or  ijodkor  pedagoglar,  an’anaviy  ta’lim  texnologiyasidagi 

kamchiliklarga  javob  topish,  talabaning  aqliy  mehnatini  amalga  oshirish  usullarini  izlanishlari 

natijasida o‘ziga xos ta’lim usuli vositalarini yaratadilarki, buning oqibatida yangicha pedagogik 

fikrlash tarzi vujudga keldi. Mana shu izlanishlar zamirida zamonaviy pedagogik texnologiyaga 

asos  solgan  pedagogik  texnologiyalar  yaratila  boshlandi.  Qo‘llanadigan  pedagogik 

texnologiyalarni bir tizimga solish, unga maqsadli yo‘nalish berish ta’limni amalga oshirishdagi 

shakl  va  mazmun  yaxlitligi  ta’minlangan  holdagina  kutilgan  zarur  natijani  berishi  mumkin. 

Ta’limga  testlar,    diagnoz  va  diagnostik  tahlilning  olib  kirilishi,  bilimlarni  ko‘p  balli  baholash 

tizimida  aniqlashga  o‘tish,  bo‘lim  mazmunini  yaxlit  holda  o‘zlashtirishni  modellashtirish, 

tizimga solingan nazorat turlarida, talabalarning ishlashi va an’anaviy dars shakllarining vujudga 

kelishi,  biz shu  paytgacha  o‘rganib  qolgan  an’anaviy  ta’lim  o‘rniga  vujudga  kelgan  pedagogik 

texnologiyalar bo‘lib, ular yangicha fikrlash tizimidagi ta’limga o‘tishni taqozo qiladi. 

3.  Ta’lim  jarayoniga  tatbiq  qilinadigan  har  qanday  pedagogik  texnologiya,  uning 

komponentlari  xoh  ta’lim  mazmuni,  xoh  o‘quv  dasturi  yoki  darslik,  xoh  o‘qituvchi  faoliyati 

orqali  o‘tishidan  qat’iy  nazar,  o‘quvchining  jonli    tarzdagi  erkin  va  ijodiy  faoliyatini  jadal 

rivojlantirishga xizmat qilishiga erishish talab qilinadi. Bunda pedagogik texnologiyalar, birinchi 

navbatda,  har  bir  o‘quvchi-talabaning  boshqa  o‘quvchi-talabalar,  dars  materiallari  hamda 

o‘qituvchi  (pedagog)  bilan  erkin  tarzda  muloqot  qilishini,  fikr  almashishini  ta’minlaydi. 

Zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  pedagogik  amaliyotning  o‘quvchi  yoki  talaba  shaxsiga 

qonunlar  majmuini,  tabiat  va  jamiyat  hodisalarini,  kishilik  madaniyati  va  axloq-odobini, 

muayyan  fan  asoslarini  tanituvchi  shakli  sifatida  namoyon  bo‘lishi  lozim.  Bu  sohada  nazariy 

jihatdan  qat’iy  asoslangan,  har  tomonlama  sinovdan  o‘tgan  hamda  aniq  amal  qiluvchi 

qonuniyatlarga tayanish maqsadga muvofiqdir. 

4.  Ta’lim  jarayonini  rivojlantirish  maqsadida  tashkil  etilayotgan  pedagogik  faoliyat 

samaradorligi  –  ushbu  jarayonda  ta’lim  oluvchining  mantiqiy,  tanqidiy  fikrlashiga  undovchi 

ta’lim metodlari uyg‘unligini ta’minlash asosida kechadi. 

5.  Ta’lim  tizimida  o‘qitishda  interaktiv  texnologiyalarni  joriy  etish,  talabaga  majburiy 

tarzda bilimlarni berish emas, balki ularda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan ichki ehtiyoj, 




 

50 


qiziqish  hamda  rag‘batni  yuzaga  keltirish,  ularning  mustaqil,  erkin  harakat  qilishlariga  imkon 

yaratish,  mantiqiy  fikrlashga  undash,  ta’limiy  faolliklarini  yuzaga  keltirishga  yo‘naltirilgan 

pedagogik-didaktik faoliyat sanaladi.  

6.  Ta’lim  ta’limdagi  islohotlar  zamonaviy  bosqichi  demokratik  yuksak  rivojlangan 

mamlakatlar  darajasida  O‘zbekistonning  ilg‘or  ilmiy-texnik-iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy 

rivojlanishini  ta’minlashga  qodir  va  ma’naviy,  madaniy  va  axloqiy  sifatlarga  yega  yuksak 

malakali  raqobatbardosh  kadrlarni  tayyorlashni  talab  etadi.  Ta’lim  mazmuni  mutaxassislar 

shaxsini 

rivojlantirish, 

yoshlarning 

chuqur 

fundamental 

bilimlarini 

va 


amaliy 

tayyorgarliklarining asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. 

7.  Ta’limni  yo‘lga  qo‘yishning  an’anaviy,  noan’anaviy  usullari,  shakllari,  ta’lim 

tarbiyadagi ierarxik tartib, o‘qitishning tizimli usuli, o‘quv maqsadlarini aniqlash imkoniyatlari, 

talaba  mustaqil  bilish  faoliyatini  yo‘lga  qo‘yish,  bilish  usullarini  aniqlashda  o‘ziga  xoslik, 

pedagogik  jarayonlarni  oldindan  loyihalash,  o‘quv  maqsadlarini  nazorat  topshiriqlariga 

aylantirish,  test  topshiriqlarini  tuzish  metodikalar  va  boshqalar  to‘g‘risida  yo‘nalishlar,  tizimli 

ko‘rinish beradi. 

 

8.  Uzluksiz  ta’lim  tizimini  takomillashtirish  nafaqat  ta’lim  sifati  va  samaradorligini 



oshiruvchi,  shu  bilan  birga  O‘zbekiston  Respublikasi  taraqqiyotini  ta’minlovchi  omillardan 

biridir. Shu bois ta’lim jarayoniga fan, texnika va texnologiyaning ilg‘or yutuqlari va innovatsion 

yondashuv  tamoyillarini  tadbiq  etishga  alohida  e’tibor  qaratilmoqda.  Binobarin,  rivojlangan 

xorijiy  mamlakatlar  ta’lim  tizimi  tajribasining  ko‘rsatishicha,  mazkur  jarayonga  nisbatan 

texnologik yondqshuvni qaror topedagogik texnologiyairish kutilgan natijalarni qo‘lga kiritishni 

kafolatlaydi. 

9.  So‘nggi  yillarda  respublika  ta’lim  muassasalarining  faoliyatiga  innovatsion 

texnologiyalarni  keng  joriy  etish  asosida  ta’lim  oluvchilarda  mantiqiy,  ijodiy  fikrlashning 

rivojlanib bormoqda. Bu borada interfaol usullar katta ahamiyat kasb etmoqda.  

10.  Pedagogik  texnologiyaning  asosiy  mohiyati  har  bir  shaxsda  mavjud  bo‘lgan  uning 

ehtiyoji,  qiziqishi,  iqtidori  va  imkoniyatlari  asosida  ularda  ijobiy  xislat  va  fazilatlarni 

shakllantirish,  rivojlantirish  sanaladi.  Bu  o‘rinda  ta’lim  mazmuni  shaxsning  shakllanishi  va 

rivojlanishi  uchun  muhit  sanaladi.  Shuning  uchun  ta’lim  mazmuni  insonparvarlikka 

yo‘naltirilgan gumanistik g‘oya va me’yorlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim. 

11. Pedagogik  munosabatlarni  insonparvarlashtirish  va  demokratlashtirish  asosidagi 

pedagogik  texnologiya  yakka  hokimlik  texnologiyasiga  tubdan  qarshi  bo‘lib,  pedagogik 

jarayonda  hamkorlik,  g‘amxo‘rlik,  o‘quvchi-talabalar  shaxsini  hurmat  qilish,  e’zozlash  orqali 

shaxsni  rivojlantirish  va  ijod  qilishga  qulay  muhit  yaratadi.  An’anaviy  ta’limda  o‘qituvchi 

(pedagog)  ta’lim  mazmunining  sub’ekti,  o‘quvchi-talabalar  pedagogik  jarayonning  ob’ekti  deb 



 

51 


qaralsa, hamkorlik pedagogikasida o‘quvchi-talaba o‘z o‘quv faoliyatining sub’ekti sanaladi. Shu 

sababli hamkorlik pedagogikasida yagona ta’lim jarayonining ikkita sub’ekti hamkorlikda o‘quv-

tarbiya vazifalarini hal etadi.  



 

52 



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish