Diniy bag‘rikenglik va dunyoviy bilimlar takomili. Musulmon SHarqi, jumladan
islom joriy etilganidan keyin Vatanimiz hududidan etishib chiqqan buyuk mutafakkirlar
ijodida Olloh, inson va tabiat masalalari ilohiyot va dunyoviy falsafaning muhim
muammolaridan biri bo‘lib kelgan. Bironta buyuk alloma va mutafakkir islomiy qadriyatlar
mavzuini chetlab o‘tmagan.
Diniy ilmlar sohalarida imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Abu Hanifa, imom
Moturidiy va imom Burhoniddin Marg‘inoniylar peshqadamlik qilganlar.
Imom Buxoriy (810-870yillar) yirik ilohiyotchi, muhaddis sifatida 60 mingga yaqin
hadis to‘plagan, ulardan ishonchli deb topganlirini maxsus to‘plam holiga keltirgan. Bu
to‘plam «Sahihi Buxoriy» nomi bilan mashhurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |