50
Talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish,
natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga
xizmat qiladigan ta’lim muammoli ta’lim deb ataladi.
Muammoli ta’limning asosini muammo yoki muammoli vaziyat tashkil etadi. Ko‘p
holatlarda muammo va muammoli vaziyat sinonimlardek qabul qilinadi. Aslida esa ular bir-biridan
farq qiladi.
Talabalarni muammoli vaziyatga to‘qnash kelishini ta’minlash asosida ularning bilish
faoliyatini faollashtirishga xarakat qilinadi. Bu usulning mohiyati aniq vaziyatni tahlil qilish,
baholash va uning yechimi yuzasidan qaror qabul qilishdan iboratdir.
Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil
etiladigan o‘ziga xos o‘qitish sharoitida yuzaga keladi.
Muammoli vaziyatda talabaga notanish faktning mavjud bo‘lishi ya’ni, yangi
bilimlarni shakllantirishga olib keladigan noma’lumning qo‘yilishi, talabalarda noma’lumni
topish yo‘lida izlanishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan muayyan bilim zaxirasining
bo‘lishi va vazifalarni bajarish uchun talabaga beriladigan ko‘rsatmalar muammoli vaziyatni
yechishga qaratilgan bo‘lishiniga axamiyat berish lozim.
Avvalo talabaga noma’lum bo‘lgan o‘quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda
uning bajarilish usullari xamda natijasi xam noma’lum bo‘ladi, lekin talabalar o‘zlaridagi
avval egallangan bilim va ko‘nikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki yechilish yo‘lini
izlashga tushadi.
Muammoli ta’limning oldiga qo‘yilgan eng muhim talablardan biri talabani mustaqil
fikrlashga o‘rgatishdan iborat. Ko‘zlangan maqsadga erishishuchun quyidagi topshiriqlarni
bajarish mumkin:
Muammoli vaziyatni yuzaga keltirish uchun kichik hikoyaning boshlanishi o‘qib beriladi.
Bu hikoyaning qanday yakun topishi talabalar hukmiga havola qilinadi.
Talabalar o‘z fikrlarini bayon qilishadi. Albatta, fikrni bayon qilish uchun ham ularga nutq
zarurdir. Talabalarning lug‘at zahirasi qanchalik boy bo‘lsa, fikrini shuncha ravon va bayon qiladi.
So‘z boyligi kam bo‘lgan talaba esa fikrini ifodalovchi so‘zlarni topa olmasligi yoki ba’zilarining
ma’nosini bilmasligi oqibatida uslubiy xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Mana buning o‘zi xam
talaba uchun bajarishi kerak bo‘lgan muammolardan biri ekanligini o‘zlari dars davomida
sezishadi.
Mustaqillik yillarida ona tili o‘qitish metodikasi beqiyos darajada rivojlandi. Ona tili
o‘qitish metodikasidan qator dissertatsiyalar himoya qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: