Sh.Miziyoyev
HUQUQBUZARLIK VA YURIDIK JAVOBGARLIK
http:eduportal.uz
148
turidir. Harbiy xizmatga o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, salomatligiga ko‘ra Qurolli
Kuchlar safi da harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli fuqarolar chaqiriladilar.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti, O‘zbеkiston Rеspublikasi Qurolli
Kuchlarining Oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan bеlgilab
bеrilgan “Armiya va xalq birligi” tamoyiliga tayanib, rеspublika maktablaridan
tortib oliy ta’lim muassasalarigacha o‘ziga xos noyob — uzluksiz harbiy
— vatanparvarlik ta’limining yaxlit tizimi yaratildi. Yangi Qurolli Kuchlar
akadеmiyasi shakllantirildi, harbiy bilim yurtlari faolyati takomillashtirildi.
Qurolli Kuchlar tizimida Yoshlar Ittifoqi birlamchi bo‘linmalari tuzildi.
Bu vazifalarning bajarilishini ta’minlash maqsadida “Yoshlarni harbiy
vatanparvarlik ruhida tariyalash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2018-
yil 23- fеvraldagi qarori qabul qilindi.
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsеpsiyasining
mazmunini ona Vatanimizni ko‘z qorachig‘idеk asrash, uning shuhratini
dunyoga tarannum etish, O‘zbеkistonning haqiqiy vatanparvar fuqarolarini
voyaga yetkazish tashkil etadi. Har bir yosh fuqaro ongida Vatanga sadoqat,
Vatan himoyasi sharafl i va muqaddas burch ekani, jonajon Vatanimizning
mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fi dokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz
bilan fi krlashish, milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yеtuk
yoshlar zarurligi va harbiy xizmat har bir O‘zbеkiston fuqarosi uchun muqaddas
burch ekanligini anglash har bir yosh fuqaroning asosiy vazifasidir.
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari to‘rt bosqichda
amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich, 3–17 yoshdagi bolalarga atrofi mizdagi olam, Vatan
haqidagi dastlabki tushunchalar oilada va maktabgacha ta’lim muassasalarida
shе’r, qo‘shiqlar, multfi lm, o‘yinlar o‘ynash va rasmlar chizish orqali davlat
ramzlariga hurmat va ona yurtiga muhabbat shakllantirilib boriladi.
Ikkinchi bosqich, 7–16 yoshdagi o‘quvchilarning Vatanga muhabbati
va sadoqatini mustahkamlash. Ularni ona yurti oldidagi farzandlik burchini
bajarish uchun tayyorlash. Ularda Qurolli Kuchlar safi da xizmat qilayotgan
akalariga havas uyg‘otish. Harbiy xizmatni orzu qilgan har bir yosh bolalikdanoq
jismoniy baquvvat bo‘lishi, muntazam sport bilan shug‘ullanishi, maktabdagi
barcha fanlarni puxta o‘rganishi, bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishi va “Yosh
kitobxon” kabi tanlovlarga qatnashish, yutuqlarga erishishga intilishi lozim.
O‘quvchilarni “Tеmurbеkning vorislari”, “O‘zbеkistonning farzandlari botir
bo‘lur” kabi harbiy sport musobaqalarida faol ishtirok etishlari talab etiladi.
http:eduportal.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |