O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/114
Sana09.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#766346
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   114
Bog'liq
26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi

119-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining
qo‘shimcha manbalari
Davlat budjetining qo‘shimcha manbalari Davlat budjetining har bir darajasidagi budjetlarida
alohida-alohida shakllantiriladi va quyidagilardan tashkil topadi:
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika
budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va
shaharlar budjetlarining har yil boshida aniqlanadigan erkin qoldiq mablag‘laridan;
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining
respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar va
shaharlar budjetlari daromadlarining birinchi — uchinchi hisobot choraklari yakunlari bo‘yicha
aniqlanadigan prognozdan oshirib bajarilishidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va
Toshkent shahrining shahar budjetiga davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan
mablag‘lardan;
Oldingi
 tahrirga qarang.
davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar;
(119-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-454-sonli
Qonuniga 
asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga,
Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga elektron savdo
maydonchasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan mablag‘lar;
(119-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli
Qonuniga 
asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-
y., 03/20/660/1682-son)
ushbu Kodeksning 120-moddasi 
to‘rtinchi qismiga 
muvofiq budjetdan ajratiladigan
mablag‘lar kamaytirilishi natijasida bo‘shab qolgan mablag‘lardan.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika
budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va
shaharlar budjetlarining erkin qoldiq mablag‘lari ularning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi budjet
mablag‘lari qoldig‘ining (davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larning yil
boshidagi qoldiqlari summasi bundan mustasno) ushbu budjetlar uchun joriy moliya yiliga
tasdiqlangan aylanma kassa mablag‘lari miqdoridan oshgan summasi sifatida aniqlanadi.
(119-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika
budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari, Toshkent shahri shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlari
daromadlari prognozining oshirib bajarilishi birinchi — uchinchi hisobot choraklari uchun
haqiqatda tushgan tushumlarning tegishli hisobot choraklari uchun soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar bo‘yicha daromadlarning aniqlangan prognozidan ortiq summasi sifatida qonunchilikda
belgilangan tartibda aniqlanadi.
(119-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Quyi turuvchi budjetlar daromadlari prognozining oshirib bajarilishi summalarini yuqori
turuvchi budjetda markazlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga,
Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga elektron savdo


maydonchasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushadigan mablag‘larning
miqdorlari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(119-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli 
Qonuniga 
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-
son)
Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining qo‘shimcha manbalari quyidagilardir:
yil boshidagi holatga ko‘ra davlat maqsadli jamg‘armalarining shaxsiy g‘azna
hisobvaraqlaridagi mablag‘larning yil boshiga tasdiqlangan mablag‘lar miqdoridan ortiq bo‘lgan
qoldiqlari;
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ijro etish jarayonida joriy yil daromadlari
prognozining birinchi — uchinchi hisobot choraklari yakunlari bo‘yicha, ushbu moddaning
uchinchi qismida 
belgilangan tartibda aniqlanadigan oshirib bajarilishi;
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ijro etish jarayonida ularning xarajatlari iqtisod
qilinishi natijasida bo‘shab qolgan mablag‘lar.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish