O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/114
Sana09.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#766346
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   114
Bog'liq
26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi

8-bob. O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi
47-modda. Umumiy qoidalar
O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasadir va u ustuvor investitsiya loyihalarini hamda
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga,
mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishilishiga,
shuningdek samarali tarkibiy va investitsiya siyosati amalga oshirilishiga doir loyihalarni
moliyalashtirish uchun ushbu Kodeksda belgilangan mablag‘larni jamlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini boshqarish Kengashi
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining yuqori boshqaruv organi bo‘lib,
uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi direksiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi organi va
mablag‘larini taqsimlovchidir.
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi direksiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:
har yili 1-iyulgacha O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining kelgusi
yil uchun daromadlari va xarajatlari loyihasini;
yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha O‘zbekiston
Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining ijrosi to‘g‘risidagi
hisobotni taqdim etadi.
48-modda. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining
daromadlari
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari:
asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlashda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara
narxidan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan tushumlar;
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining aktivlarini boshqarishdan,
shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larining
bo‘sh turgan qoldiqlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
(48-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari o‘zining
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisobvaraqlarida chet el valyutasida
shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot
jamg‘armasining hisobvaraqlariga tushadigan milliy valyutadagi mablag‘larning O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining mablag‘lar tushgan sanadagi almashuv kursi bo‘yicha chet el


valyutasiga konvertatsiyasini amalga oshirib, ularni keyinchalik mazkur jamg‘armaning valyuta
hisobvarag‘iga kiritadi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish