O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Davlat moliyaviy nazorati natijalarini rasmiylashtirish



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/114
Sana09.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#766346
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114
Bog'liq
26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi

184-modda. Davlat moliyaviy nazorati natijalarini rasmiylashtirish
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlar quyidagilar
ko‘rsatilgan holda rasmiylashtiriladi:
rasmiylashtirilayotgan hujjatning turi;
tekshirish o‘tkazilgan joy, hujjat tuzilgan sana;
davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazish uchun asos;
davlat moliyaviy nazoratining turi va uni o‘tkazish davri;
davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazgan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi va otasining
ismi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
davlat moliyaviy nazorati obyektining to‘liq nomi, nazorat bilan qamrab olingan davr uchun
mas’ul mansabdor shaxslarning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi ular egallab turgan
lavozimlarida ishlagan davr albatta ko‘rsatilgan holda;
(184-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi
O‘RQ-612-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
davlat moliyaviy nazorati obyektining joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari;
(184-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-
martdagi O‘RQ-612-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y.,
03/20/612/0326-son)


oldingi taftish (tekshirish) natijalari yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar haqidagi ma’lumotlar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
davlat moliyaviy nazorati bilan qamrab olingan davr hamda uni o‘tkazish uchun davlat
moliyaviy nazorati obyekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlar haqidagi umumiy ma’lumotlar;
(184-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi
O‘RQ-612-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
taftish (tekshirish) jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar faktlari, normalari buzilgan
qonunchilik hujjatlari ko‘rsatilgan holda.
(184-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga davlat moliyaviy
nazoratini o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari, davlat
moliyaviy nazorati doirasida harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi bayonnomalar, inventarizatsiya
dalolatnomalari, jalb etilgan ekspertlar va mutaxassislarning xulosalari, nazoratni o‘tkazish
jarayonida davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning so‘roviga ko‘ra
olingan materiallar, shuningdek nazorat doirasida bajarilgan harakatlarni tasdiqlovchi boshqa
hujjatlar qo‘shib qo‘yilishi lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga qonunchilik hujjatlari bilan, hujjatlar bilan
yoki davlat moliyaviy nazorati obyekti faoliyatining davlat moliyaviy nazorati jarayonida amalga
oshirilgan tartib-taomillar natijalari bilan tasdiqlanmagan turli xil xulosalarni, taxminlarni va
faktlarni, tergov materiallaridan ma’lumotlarni va davlat moliyaviy nazorati obyekti mansabdor
shaxslari tergov organlariga bergan ko‘rsatuvlarga havolalarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(184-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatda davlat moliyaviy nazorati obyektining
mansabdor va moddiy javobgar shaxslari harakatlariga huquqiy baho berilmasligi, shuningdek
ularning qilmishlari, niyatlari va maqsadlari tavsiflanmasligi lozim.
(184-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan ma’lumotlar ma’lumotnoma (xulosa)
rasmiylashtirilayotganda majburiy emas.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazoratining natijalariga doir hujjatlar davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazgan
mansabdor shaxslar, shuningdek davlat moliyaviy nazorati obyektining mansabdor va mas’ul
shaxslari tomonidan imzolanadi.
(184-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorati obyektining mansabdor va mas’ul shaxslari davlat moliyaviy
nazorati natijalariga rozi bo‘lmagan taqdirda, hujjatni o‘z e’tirozlari bilan imzolaydi hamda o‘n kunlik
muddat ichida e’tirozlarini davlat moliyaviy nazorat organiga yozma shaklda taqdim etadi.
(184-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorati obyekti tomonidan e’tirozlar o‘n kunlik muddatda yozma shaklda
taqdim etilmagan taqdirda, davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjat davlat moliyaviy
nazorati obyekti tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi hamda davlat moliyaviy nazorat organi
tomonidan uni amalga oshirish choralari ko‘riladi.


(184-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorati obyekti sudga murojaat etgan taqdirda, o‘zining sudga murojaat
etganligini tasdiqlovchi hujjatni o‘n kunlik muddatda davlat moliyaviy nazorat organiga taqdim
etishi shart. Sud tomonidan davlat moliyaviy nazorati obyektining murojaati xususida qaror qabul
qilinguniga qadar davlat moliyaviy nazorat organi davlat moliyaviy nazorati natijalari bo‘yicha
rasmiylashtirilgan hujjatning nizoli bandlarga tegishli qismi bo‘yicha amalga oshirilishini to‘xtatib
turadi.
(184-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarning
ishonchliligi, xolisligi va to‘liqligi davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari
tomonidan ta’minlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish