Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
31
gapiga kirarmidi? Men shunday deb tushunaman. Ko‘rib turibsanki, mening dasturimning bosh g‘oyasi 
abadiy muammodan — Hammaning va har bir kishining hayotini ertaga qanday qayta qurish kerakligi 
masalasidan kelib chiqqan. Albatta, har bir kishi hayotda o‘zi uchun yaxshi o‘zgarishlar bo‘lishini istaydi, 
istabgina qolmasdan bunga qanday erishish kerakligini, erishganda ham tezda farovon turmushga 
erishishni xohlaydi. Senga kulgili tuyulmasin, lekin odamlar buni bila turib, o‘zlarini ishontirish va yana 
ishontirish kerakligini tushunmaydilar.
Ordok o‘zining bu sohadagi mulohazalari va tashvishlarini hikoya qilib berguncha Bork prezidentlik 
lavozimiga da’vogarning gapidan saylovoldi mashaqqatlarining ma’lum va mashhur mavzularini payqab 
olish bilan birga nomzodning hozircha yashirinib yotgan fikrini, asl maqsadini ham anglab oldi.
Suhbat zamiriga nazar solinsa, Ordok suhbatdoshida yaxshi taassurot qoldirishga, grajdanlar va 
demokratiya printsiplari manfaatlari yo‘lida go‘yo xavf-xatarga rozi bo‘lganiga va hayajonli nutqlar 
bahonasida o‘zini bezovta qilgan qandaydir masalalarni oydinlashtirishga urinayotganini bilib olish 
mumkin edi. U chindan ham ana shu maqsadda qo‘ng‘iroq qilgan ekan.
Bork Ordokni partiyaning mahalliy bo‘limining boshlig‘i sifatida shu firqaga qarashli binodagi katta 
cho‘zinchoq oynali keng kabinetda, telefonlar va boshqa orgtexnika o‘rnatilgan stolda, qora ko‘n 
qoplangan aylanma kursida patlarini hurpaytirgan qushga o‘xshab gavdasini sal orqaga tashlagancha, 
o‘n beshinchi qavatning oynalari orqali qarshidagi xuddi shunday baland binolarning oynavand 
qavatlariga telefonni qulog‘iga tutgancha ma’nosiz qarab o‘tirgan holatda tasavvur qildi. Oliver Ordok 
har qancha dilkash va samimiy bo‘lmasin, u haqda xilma-xil fikrlar mavjud edi — birovlar yaxshi desa, 
birovlar yomon der edi, hatto uning o‘taketgan ziqna ekanligi to‘g‘risida mish-mishlar ham yurar edi va 
hokazo. U populist-siyosatchilik bobida itday hid bilar emish. Bunday mish-mishlar kimlar haqida 
bo‘lmaydi deysiz. Buning ustiga ishni advokatlikdan boshlab yashin tezligida o‘ziga jamoat fikrini tortsa-
da, boshqalarning ko‘zini kuydirib g‘alaba ketidan g‘alaba quchsa, uni yaxshi bilganlarning tanqidiy 
gaplariga tupurib, yo‘q yerdan martabaga erishaversa.
Ordok dastlab kasaba uyushmasi, so‘ngra ekologik harakat sohalarida amallarga mindi, 
teleekranlarda va matbuot sahifalarida ko‘rinib, anchagina qobiliyatli ekanligini namoyish qildi. Bu esa 
zamonning dolzarb talablariga, uning o‘z tili bilan aytganda, notanish kishilarning ehtiyojlariga to‘la 
javob berar edi. U yirtqichning izidan tushgan itga o‘xshab, past tabaqalarning ijtimoiy kayfiyatini 
xatosiz aniqlay olar va bu muhitga ta’sir etar ekan, yuqori tabaqaning tanqidiga matonat bilan bardosh 
berar edi. Shu yo‘l bilan yutib yurdi. Shak-shubha yo‘qki, muvaffaqiyat qanot bag‘ishlar, ishonch ato 
qilar, odamni o‘zgartirib yuborar edi. Ordokning hatto tashqi qiyofasi ham birdan tanib bo‘lmas darajada 
o‘zgarib ketdi. Uning qushlarnikiga o‘xshagan yuzini va tomirlari bo‘rtib chiqqan bo‘ynini qoplab yotgan 
qandaydir oqish-kulrang dog‘lar ham o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketdi.
Ordokning ko‘zlari ostiga qoramtir dog‘lar tushgan, go‘yo sho‘rva sachraganday yuzi yaqin-yaqinda 
ham Gebbelsning hayajonli yuzini eslatardi. Bu yog‘ini eshiting, uning vrach bir raqibi o‘z vaqtida 
shunday degan edi: Ordokning yuzidagi dog‘lar uning shuhratparast orzu-istaklarining, hokimiyatga 
bo‘lgan chanqoqligining ruhiy ko‘rsatkichidir. Agar taqdir kulib boqmaganda edi, uning butun nimjon 
badani boshidan oyog‘igacha ana shunday antiqa dog‘lar bilan qoplanar, u xuddi shu zaylda go‘rga 
ketgan bo‘lur edi. Og‘ziga kuchi yetmaydiganlar ana shunday mish-mishlarni tarqatishar edi. Sir nimada 
ekanligini biladiganlar aksincha, Ordokka achinar edilar, chunki bu dog‘lar kam uchraydigan va olapes 
deb ataladigan asab kasalidan nishona edi. Ordokning yuzidagi dog‘larning o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketishiga 
uning sabr-bardoshliligi va nihoyat, ko‘pdan buyon kutilgan maqsadlarga erishib ich-ichdan keskin 
o‘zgarishi sabab bo‘ldi deyishdi. Ordokning basharasidagi nuqson uning siyosiy muvaffaqiyatlari tufayli 
barham topdi desak kulgili tuyuladi. Lekin aslida shunday bo‘lib chiqdi. Ammo turmushning ikir-chikirlari 
unutildi ham. Oliver Ordok ekranlarda soppa-sog‘ ko‘rinadi, dog‘lardan nishon ham yo‘q. Uning 
serharakat, o‘ynoqi qora ko‘zlari yo‘qotgan narsasini axtarganday doimo jiddiy boqar edi. Ordokning 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish