Sohasida foydalanish


MS Word matn muharririning yangi tahririyati haqida umumiy



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana09.07.2022
Hajmi1,13 Mb.
#763011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-amaliy mashg`ulot

2.1. MS Word matn muharririning yangi tahririyati haqida umumiy 
ma’lumotlar
Microsoft Office amaliy dasturlarining avvalgi Microsoft Office 2007 gacha 
bo’lgan versiyalarida foydalanuvchi interfeysining asosini menyular, instrumentlar 
panellari va muloqat oynalari tashkil etardi. Bunday interfeys buyruqlar soni kam 


bo’lgan hollarda yaxshi natija berdi. Endilikda Microsoft Office dasturlarining 
bajaradigan funksiyalari ortib borganligi uchun undagi buyruqlarni eski interfeys 
holatida topish qiyinlashdi. Microsoft korporatsiyasi Microsoft Office 2007 amaliy 
dasturlar paketini ishlab chiqishga kirishilgan paytda dasturchilar oldiga Microsoft 
Office amaliy dasturlar paketining asosiy ilova dasturlarida ishlashni qulaylashtirish 
vazifasini qoygan edi. Buning natijasida “Microsoft Office Fluent” deb nomlanuvchi 
yangi foydalanuvchi interfeysi yaratildikim, u foydalanuvchilarga Microsoft Office 
ilova dasturlar bilan ishlashda bir qancha qulayliklar yaratadi.
“Microsoft Office Fluent”da foydalanuvchi interfeysi dizayni dastur 
buyruqlarini qidirish va foydalanishni soddalashtirish maqsadida qayta ishlandi. 
Bundan tashqari dasturning ishchi maydoni buyruqlarni oynadan olib qoyish 
imkoniyati hisobiga anchagina kengaydi va bu foydalanuvchiga bemalol ishlash 
imkonini yaratdi.
“Microsoft Office Fluent”da foydalanuvchi interfeysining bosh elementi 
“lenta” bo’lib, u dastur oynasining yuqori qismida gorizontal holda avvalgi 
versiyalardagi menyular va instrumentlar paneli satrlari o’rnida joylashgan.
2.1-rasm.
Microsoft Word 2010 dasturi interfeysining buyruqlar lentasi ko’rinishi 
Lenta yordamida kerakli buyruqlar, boshqarish tugmalari, ochiluvchi royhat 
ko’rinishidagi buyruqlar va boshqa elementlarni tez topish mumkin. Buyruqlar 
vazifasiga ko’ra mantiqiy guruhlarga ajratib nomlangan holda joylashtirilgan. Bu 
lentalarni avvalgi versiyalardagi menyu va instrumentlar paneli bilan almashtirib, 
yoki o’chirib tashlab bo’lmaydi. Lekin ularni dastur oynasidan olish va qayta qoyish 
mumkin. Microsoft Word 2010 versiyasida lentani oynadan olish yoki qoyish uchun 
oynaning o’ng chetidagi “Свернут ленту” va “Развернут ленту” tugmalari mos 
holda bosish bilan yoki “Ctrl+F1” tugmalarini birgalikda bosish orqali yoki lenta 
nomi (masalan, “Главная”) ustiga sichqoncha ko’rsatkichini keltirib, uning chap 
tugmasini ketma-ket ikki marta bosish bilan ham bajarish mumkin.


2.2-rasm.
Dastur interfeysining buyruqlar lentasini oynadan olish va qoyish tugmasi 
2.3-rasm.
Microsoft Word 2010 dasturi interfeysining buyruqlar lentasing yopilgan holati 
Lentani dastur oynasidan olish, asosan, ishchi maydonni kengaytirish 
maqsadida qilinadi. Lentani yopilgan holda ishlatishda kerakli buyruqni berish 
uchun shu buyruq joylashgan lenta nomi ustida sichqoncha ko’rsatkichi keltirilib, 
uning chap tugmasi bir marta bosiladi, natijada lenta ochiladi va kerakli buyruq 
tanlab olinadi. Masalan, lenta yopilgan holda hujjat matni shriftini o’zgartirish kerak 
bo’lsa, avval shu matn belgilanib olinadi. So’ngra lenta nomlari keltirilgan qatordan
“Главная” nomi ustiga sichqoncha ko’rsatkichi keltirilib, uning chap tugmasi bir 
marta bosiladi va ochilgan lentadan kerakli shrift tanlandi. Amal bajarilib 
bo’lgandan so’ng lenta avtomatik ravishda qayta yopilib qoladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, Microsoft Word 2007 versiyasida har bir lentadagi 
buyruqlar soni aniq va u o’zgarmas edi, ya’ni lentadan buyruqni olib tashlash yoki 
aksincha qo’shish mumkin emas edi. Lekin Microsoft Word 2010 versiyasida buni 
aksi, ya’ni lenta nomlarini, oynada joylashish ketma-ketligini o’zgartirish, 
buyruqlar qo’shish, bir so’z bilan aytganda lentani foydalanuvchi o’z istak-
xohishiga ko’ra sozlab olishi mumkin. Lentadagi ba’zi elementlar (buyruqlar) 
ko’rinmas holatda berilgan. Ularni ko’rish uchun shu buyruq bog’langan 
tugmachada aks ettirilgan kichik qora “strelka”ni 
bosish kifoY. Lentani sozlash 
uchun “Файл
→Параметры→Настройка ленты” buyruqlar ketma-ketligi beriladi va ochilgan 
muloqat oynadagi tugmachalar yordamida kerakli holda sozlanadi. Lentani standart 
sozlangan holatga keltirish uchun “Настройка ленты” muloqot oynasida joylashgan
“Сброс” tugmasi bosiladi.


“Microsoft Office Fluent”dagi asosiy yangiliklardan biri unga kiruvchi barcha 
amaliy dasturlarda yaratilgan yoki qoyilgan obektlar uchun shu obektlar yaratilgan 
yoki qoyilgan zahoti ularni qayta ishlashga mo’ljallangan buyruqlar lentasi paydo 
bo’ladi. Masalan, MS Word 2010 da ixtiyoriy usulda jadval tashkil etilishi bilan 
“Конструктор” va “Макет” nomli buyruqlar lentasi paydo bo’ladi. Agar grafik 
obekt (rasm, chizma kabi) qoyilsa, “Работа с рисунками” va unda “Формат” nomli 
buyruqlar lentasi paydo bo’ladi.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish