Flash dasturida ishlash uchun biz bir nechta yangi tushunchalar
bilan tanishimiz zarur. Bular: Flash belgisi, grafik tasvir
(simvol), animatsion klip, aktiv tugma, ssena, kadr, boshkaruv
kadr, vakt-chizgichi, va katlam.
Vakt-chizgichi (TimeLine - Vremennaya shkala) - Flash
dasturida animatsiya xarakatlarni yaratishida asosiy ish kuroli.
Ushbu soxada katlam va kadrlarni kurishimiz va ular ustidan xar
xil amallarni bajarishimiz mumkin. Vakt-chizgich orkali
katlamlarni joylashuvi va turi, kadrlar turi (boshkaruv va
avtomatik yaratilgan kadrlar) va ulardagi action dasturlash
skriptlar mavjudligini kurishimiz va sozlashimiz mumkin.
Ushbu soxaning chap tomonda katlamlar soxasi, ung
tomoda esa shu katlamlardagi kadrlar soxalari joylashgan.
Vakt-chizgichning chap (katlamlar) tomoni
- ustuni katlam kurinishi yoki kurinmasligini,
- ustuni katlamni uzgartirish mumkinligi yoki mumkin emasligi
va
- ustuni katlam elementlari tulik yoki fakat chegaralari
kurinishini uzgartirishga yordam beradi.
-tugmasi yangi katlam yaratish,
- tugmasi xarakat trayektoriyasi katlamni yaratish,
- tugmasi katlamlar uchun papka yaratish,
- tugmasi esa tanlangan katlamni uchirish amallarni bajaradi.
Vakt-chizgichning ung (kadrlar) tomoni
Vakt-chizgichnining ung tomonning pastki kismidagi joylashgan
- soxasi bosh kadrga utish, kushni kadrlarni yoki ular
chegaralarini kursatish xamda bir nechta kadrlarni bir paytda
taxrirlash tugmalari,
- сохаси эса нечанчи кадр танланган, кадрлар
тезлиги ва нечанчи секундда жойланишимизни курсатувчи
тугмалари.
Belgilar va misollar. Flash kutubxonasi bilan ishlash.
Elektron grafikni tuzish va uni tushunish uchun grafika
elementlari ma`nosi va ularni turli holatlarda qo’shilishini
o’rganish muhim hisoblanadi.
Grafik yordamida ifodalanadigan voqeliklarni to’g’ri tushunish
uchun uni tashkil etuvchi hamma elementlarining to’plami
mavjud bo’lgandagina mumkin (shkala, sarlavhalar va
boshqalar).
Tasvirlashning grafik usuli yoki grafik til - bu fikrni
ifodalashning fazoviy tasvirlash yoki shartli ravishda tekislikda
aks ettirish usullarining to’plamidir.
Grafik tasvirlashning namunalari - geometrik figuralar, turli
xaritalar, iqtisodiy analizning diagrammalari, korxonalarning
tashkiliy strukturaviy sxemalari va boshqalar bo’lishi mumkin.
Aqliy tasavvur va qiymatlar to’plamini ifodalovchi chizmalarni
tuzish jarayoni grafiklashtirish deyiladi, uning natijasi esa -
grafika deyiladi. Grafik shartli ravishda voqelikni yoki
qandaydir jarayonni tasvirlaydi. Grafikada qo’llaniladigan
hamma belgilar - bu g’oyalar belgisi bo’lib, uning o’zi yaxlit
holatda g’oyalar to’plamini ifodalaydi.
Grafika ikki elementga bo’linadi: grafik qiyofa va eksplikatciya.
Grafik qiyofa - chizmalar to’plami bo’lib, ular o’zaro
bog’lanishlari bilan birgalikda tushuniladi.
Eksplikatciya - grafik obraz mohiyatini ochib beruvchi shartli
belgilar to’plami. Grafik obraz – simvol, geometrik shakl
ko’rinishida bo’lishi mumkin. Shartli belgilar yordamida
ifodalangan grafik obraz ma`nosi uning geometrik shakliga
bog’liq emas, sharoitga bog’lik holda tushuniladigan obrazlar
simvolli obrazlarga ta`luqlidir. Shartli belgilar qandaydir
tushunchalar (simvollar) bilan puxta bog’langan bo’lishi, aniq
bir sohadagi belgilar to’plami esa maxsus simvollar bilan
ifodalanishi mumkin.
Simvol ko’rinishdagi ikki o’lchovli grafik obrazlar grafikani
tashkil etadi.
Geometrik ma`noga ega bo’lgan va shu shaklda biror funktciya
yoki tengsizlikni ifodalovchi obraz geometrik grafika deyiladi.
Masalan, iqtisodiy inflyatciya o’sishini ko’rsatuvchi egri chiziq
funktciya ko’rinishda emas, balki iqtisodiy masala sifatida
qiziqarlidir.
Grafik obraz butun son ko’rinishida ifodalanishi mumkin.
Grafika eksplikatciyasi uch qismga bo’linadi: geometrik,
ideografik va xususiylashgan.
Ideografik eksplikatciya - shartli belgilar ma`nosini tushuntiradi-
figurali, chiziqli, fonli va boshqalar (agar bu belgilar
standartlash-tirilmagan bo’lsa), bu shartli belgilar grafika
elementlariga aniq bir ma`no bag’ishlaydi.
Geometrik eksplikatciya - koordinat o’qlari, tur, shkalalar,
masshtablar. Ular yordamida geometrik qiyofalar geometrik
xususiyatlarga ega bo’ladi, chunki bu vositalar yordamida
geometrik yuzalar xossalaridan foydalaniladi.
Xususiylashgan eksplikatciya - sarlavhalar, tushuntirishlar
(sonlar va belgilar) bo’lishi mumkin. Tushuntirishlar grafikaning
ushbu bilimlar doirasida qanday joy egallaganligini ko’rsatadi
va til nuqtai nazaridan grafikaning eng zaruriy elementi
hisoblanadi, chunki usiz grafika hech qanday ma`noga kasb
etmaydi.
Eksplikatciyadan tashqari grafikada qo’shimcha ma`lumotlar
ham bo’lishi mumkin: raqamli ma`lumotlar, takrorlanuvchi
qiymatlar va hokazo. Grafikani qandaydir belgisiga ko’ra
guruhlash esa butun bir axborot to’plami to’g’risida hukm
chiqarishga asos bo’ladi.
Berilgan axborotlarni xronologik ketma - ketligi buzilgan
taqdirda, grafikaning yaxlitlik taassuroti buziladi.
Shunday qilib grafika - bu maxsus, fikran yaxlit xayoliy
g’oyalarning (ansambllarning) ikki o’lchovli (yoki uch
o’lchovli) tasvirda ifodalangan grafik qiyofasi va uning
eksplikatciyasidir.
Shartli belgilar grafik qurishning texnologik asosini tashkil etish
munosabati bilan, ularda ishlatiladigan shartli belgilarni ko’rib
chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |