39
Metallar tuzilishini o‘rganish usullari. Metallar va qotishmalarning tuzilishi
makro va mikroanaliz, rentgen, shuningdek defektoskopiya (rentgen, magnit,
ultratovush) usullari bilan o‘rganiladi.
Makroanaliz usuli bilan makrostruktura, ya’ni oddiy ko‘z
bilan yoki lupa
yordamida ko‘rinadigan struktura o‘rganiladi. Bunda yirik nuqsonlar, ya’ni darzlar,
cho‘kish
chuqurchalari, gaz pufakchalari va boshqalar, shuningdek
aralashmalarning metallda notekis taqsimlanganligi aniqlandi. metallning singan
joyi, makroshlifi bo‘yicha aniqlanadi. Makroshlif metall yoki qotishma namunasi
bo‘lib, uning bir tomoni jilvirlangan, yaxshilab yog‘dan
tozalangan, maxsus
reaktivlar ta’sir ettirilgan bo‘ladi va u 5-10 marta kattalashtiradigan lupa ostida
kuzatiladi.
Mikroanaliz yordamida metall yoki qotishmaning strukturasi makroshliflar
bo‘yicha aniqlanadi. Mikroshliflar makroanalizga tayyorlangani kabi tayyorlanadi,
lekin u oyna kabi qo‘shimcha jilolanadi. Shliflar 3000 marta kattalashtiradigan
optik mikroskop ostida qaytgan yorug‘likda ko‘riladi. Metall zarralari turlicha
yo‘nalganligi sababli maxsus reaktivlar ularga turlicha ta’sir
qiladi va ulardan
mikroskop ostida yorug‘lik ham turlicha qaytadi. Qotishmada struktura hosil
qiluvchilar ham reaktiv ta’sirdan turlicha yeyiladi. Elektron mikroskopda juda
yupqa strukturaga ega bo‘lgan bloklar, fragmentlar, dislokatsiyalar replika –
nusxalar 100 000 marta kattalashtirib ko‘riladi. Bu muhi analiz bilan zarralarning
o‘lchamlari va shakli, strukturani hosil qiluvchilar, metall bo‘lmagan aralashmalar
va ularning xarakterlari (darzlar, g‘ovkalar va h.k.), termik ishlov berish sifati
aniqlanadi. Mikrostruktura aniq bo‘lsa, metall xossalarining o‘zgarish sabablarini
tushuntirib berish mumkin.
Rentgen analizi yordamida
metallarning atom strukturasi, kristall
panjaralarning turi va parametrlari, shuningdek uning ichkarisidagi nuqsonlar
o‘rganiladi. Bu analiz kristall panjara atomlari qatori rentgan nurlarining
difraksiyasiga (qaytarishiga) asoslangan bo‘lib, u nuqsonlarni (g‘ovaklik, darzlar,
gaz pufaklari, shlakli aralashmalar va boshqalarni)
metallni sindirmay aniqlash
40
imkonini beradi. Rentgen nurlari metallning nuqsonli yerlarida yaxlit metallga
qaraganda kam yutiladi. Shuning uchun fotoplyonkada bunday nur shakliga mos
bo‘lgan qora dog‘lar hosil qiladi.
Magnit usulda magnitli metallardagi (po‘lat, nikel va h.k.) 2 mm gacha
chuqurlikda joylashgan nuqsonlar (turli xildagi darzlar, metall bo‘lmagan
aralashmalar va h.k.) aniqlanadi. Buning uchun sinalayotgan buyum magnitlanadi;
buyum sirti temir kukuni bilan qoplanadi,
sinchiklab tekshiriladi va
magnitsizlantiriladi. Nuqson atrofida bir jinsli bo‘lmagan maydon hosil bo‘ladi,
natijada magnit kukuni nuqson shaklini ko‘rsatib turadi. Magnit induksion usul
ko‘pincha termik ishlov berilgan qotishmalardagi (buyumlardagi) struktura
o‘zgarishlarga baho berishda ishlatiladi.
Ultratovushli usul bilan amalda istalgan o‘lchamdagi buyum va zagotovkalar
metallning sifatini tekshirish mumkin. Impulsli, ultratovushli defektoskoplarda
ultratovush to‘lqini shchup-tarqatkichdan tekshirilayotgan buyumlarga yuboriladi.
Ultratovush u yoki bu nuqsonga duch kelganda undan qaytadi. Ultratovushdan
butun holicha saqlab qolish zarur bo‘lgan
rotorlar, relslar, pokovkalar, prokatlar
kabi buyumlarni tekshirishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: