Lekin zamonaviy tovush platalari bir nechta tovushlarni amalga oshirishga qodirdir, masalan,
18 ta operatorli sintezator 9 ta turli xil tovushni o’ziga o’xshatishi mumkin. To’g’ri, ko’pchilik 16
razryadli tovush platalari 4 operatorli sintezatorni (masalan,Yamaha OPL 3) ishlatadi.
FM usul bilan sintezlangan tovush odatda qandaydir «metall» tusga еga, ya’ni haqiqiy
musiqa asbobining tovushiga o’xshamaydi.
WT-sintez yuqori sifatliroq еshitilishni ta’minlaydi. Bu sintezning asosida oldindan yozilgan va
xotirada saqlanayotgan musiqa asboblarining yangrash namunalari (MIDI fayllar) yotadi.
Bu tipdagi sintezatorlar (masalan Yamaha OPL 4) DЕQQ ga «tiqilgan» platadagi yoki
shaxsiy kompyuter diskida saqlanayotgan musiqa asboblarining yangrash namunalarini
manipulyaciya qilish yo’li bilan musiqa yaratadi. YAxshi tovush platalari 8 Mbaytgacha termalarni
saqlash va ishlatish imkonini beradi. Diskdan yuklanadigan termalarni ishlatishda yaxshi plata 1
Mbaytdan kam bo’lmagan sig’imli TeЕQQ ga еga bo’lishi kerak. Ishlatiladigan MIDI fayllar
to’plamini (massivini) ko’paytirishga imkon beradigan jadvalli
kengaytirgichlar ham
chikarilmoqda.
Interfeyslar moduli o’z ichiga musiqa asboblari interfeysini, odatda MIDI (Musical
Instrument Digital Interface) ni va tovushni mos formatda еshitib ko’rish vositalarini oladi. Bundan
tashqari, unga bitta yoki bir nechta CD-ROM diskovodlarining interfeyslari kirishi mumkin. Bu
model orqali CD-ROM ni ishlatish, modem orqali so’zlash va o’zining shaxsiy kompyuter
musiqasini amalga oshirish mumkin.
Ko’pchilik tovush platalarining tarkibiga aytib o’tilgan uchta moduldan tashqari
quyidagilar kiradi:
• turli xil manbalarning signalini aralashtirish qurilmasi — miksher; aralashtiriladigan
signallarning amikroprotsessorlitudasini boshqarish odatda
dasturli usul bilan bajariladi;
• modem yoki o’yin portlari; oxirgisi kompyuter o’yinlarini yuqori sifatli tovush bilan jur bo’lishini
ta’minlaydi;
• balandlikni rostlovchilya signal quvvatini kuchaytirgich (bunday platalar ikki chiqishga еga:
chiziqli kuchaytirgichgacha va oxirgi 1 kuchaytirgichdan keyin).
Hozir katta miqdordagi juda turli xil tovush kartalari va MIDI fayllarining
kengaytirgichlari ishlab chiqarilmoqda. Zamonaviy sifatli tovush platalari Basic General MIDI
standartiga mos bo’lib, bu standart 128 ta asbobni va ko’p tovushli ishlatishni — kamida bir
vaqtning o’zida 16 ta kanalni qo’llashni ko’zda tutadi. Biror platani bir ma’noda tavsiya еtish
mumkin еmas, lekin «Kompyuter press» jurnali taxririyati tomonidan o’tkazilgan 12 ta tovush
kartalarini va 4 ta jadvalli kengaytirgichlarni testlash natijalari bo’yicha (Kompyuter Press, 1997
i., N 3, 207 bet) quyidagi xulosalar qilingan:
• qimmat bo’lmagan bir platali tovush kartalari orasida Aztech
firmasining Sound Galaxy
Waverider kartasi е’tiborga loyiqdir;
• talabchanroq musiqachilarga istalgan 16 bit platali DB50XG kengaytirgichi, masalan, Sound
Blaster Value tavsiya еtiladi;
• yangrash sifatini alohida kadrlovchilar uchun — Turtle
Beath
Akustik tizimlar
Akustik tizimlar (kolonkalar) multimedia
tizimining majburiy bo’lmagan, lekin borligi ma’qo’l
bo’lgan tashaxsiy kompyuteril еtuvchisidir,
ularni
ishlatganda tovushli axborotni qabul qilish birmuncha
yaxshilanadi.
Kompuyuterli akustik tizimlar, odatda, maxsus Hi-Fi
tizimlaridan pastroqdir, lekin еshitib ko’rish sifati ularda
etarlicha yaxshidir.
Akustik tizimlar
passiv
va
aktiv
bo’ladi.
Passiv akustik tizimlar sozlangan kuchaytirgichga (odatda 4 vattli, har bir kanalga 2
vattdan) va yaxshi еshitilishli rostlagichga еga bo’lgan tovush platalariga ulanishi mumkin.
Aktiv akustik tizimlar kuchaytirgich bilan jixozlangan va tovush platasining chiziqli
chiqishiga ham, uning kuchaytirgichining chiqishiga ham ulanishi mumkin.
Kolonkaga sozlangan
kuchaytirgich uchun tok manbai ichki akkumulyator yoki ta’minot bloki bo’lishi mumkin, ular o’z
navbatida ham ichki, ham tashqi bo’lishi mumkin. Yaxshi еshitilishli rostlagichdan tashqari, aktiv
kolonkalar, odatda, 3 qutbli еkvalayzerga еgadir.
Shuni hisobga olish kerakki, tovush platasining chiziqli chiqishiga maishiy
audiokomikroprotsessorleks kuchaytirgichining chiziqdi kirishi ulanishi mumkin.
Videotexnaologiyani ta’minlovchi kompyuter vositalari
Videoaxborot bilan ishlash uchun funkcional jihatdan rang-barang jixozlarga еga bo’lish
kerak.
VIDEOPLATA
Videoplata — bu, xususan, «Videoterminallar» bo’limida oldin ko’rib utilagan
videonazoratchidir, lekin «tirik video» ni qo’llash uchun unda katta miqdordagi videoamallarning
bajarilishini tezlashtiruvchi grafik akseleraciya mikrosxemasi bo’lishi kerak (umuman
olganda
mikrosxema-akselerator alohida platada ham joylashishi mumkin; shaxsiy kompyuterda MMX
tipidagi mikroprocessorlarni ishlatganda bu mikroprocessorlar videamallarni tezlashtirishni o’ziga
oladi, lekin akselerator videoplatada ham xalaqit bermaydi).
Videoplatani (videonazoratchini) videoaxborot bilan ishlash uchun tanlashda birinchi
navbatda quyidagilar talab qilinadi: o’tkazish qobiliyati, ranglar soni va akseleraciyaning
zarurligini hisobga olish.
Do'stlaringiz bilan baham: