Tadbirkorlik


9. 2. XUSUSIY TADBIRKORLIK VA UNING KO‘RINISHLARI



Download 9,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/236
Sana09.07.2022
Hajmi9,01 Mb.
#759596
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   236
Bog'liq
Hamroyev H. Tadbirkorlik asoslari

151


9. 2. XUSUSIY TADBIRKORLIK VA UNING KO‘RINISHLARI
Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri xususiy tadbir­
korlik bo‘lib, u tadbirkorlikda, biznesda alohida o‘rin egallaydi vajam i- 
yatda muhim rol o ‘ynaydi. Chunki xususiy tadbirkorlik bir qator afzal- 
liklarga ega. M a’lumki, xususiy tadbirkorlik xususiy mulkka asoslana- 
di. Bunday mulk egasi uni asrab-avaylab saqlash, yaxshi foyda keltira- 
digan ishlarga joylashtirish, oqilona va samarali foydalanishga harakat 
qiladi. Chunki bu sa’y-harakatlar natijasi mulkdorga tegishli bo‘ladi. 
Bundan tashqari, xususiy tadbirkorlar to‘la mustaqil ho‘lib, erkin ha­
rakat qilish imkoniyatiga ega bo‘lganligi tufayli tezkorlik bilan qaror- 
lar qabul qilib, muammolarni tezroq yechish va yaxshiroq natijalarga 
erishishni ta’minlashlari mumkin. Xususiy tadbirkorlaming bunday 
sa’y-harakatlari respublikada qo‘llab-quvvatlanadi va xususiy tadbir­
korlikni yanada rivojlanishi uchun yangi-yangi imkoniyatlar yaratilmo- 
qda. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik va 
kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash jam g‘armasini tuzish to‘g ‘risida”gi, 
“0 ‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini 
tubdan oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g ‘risida”gi farmonlari, 
“0 ‘zbekiston Respublikasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ri­
vojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat dasturi”, “Tadbirkorlik faoliya­
ti erkinligining kafolatlari to ‘g ‘risida”, “Xususiy korxona to‘g ‘risida”, 
“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlar, “0 ‘zbekiston Respublikasida 
xususiy tadbirkorlik to ‘g‘rsida Nizom” va boshqa hujjatlar shu maqsad­
ga yo‘naltirilgan.
Xususiy tadbirkorikning muhim belgilari quyidagilardan iborat:
- xususiy mulkka asoslanadi:
- yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi;
- yollanma mehnat to‘liq yoki qisman jalb etiladi;
, - korxona (firma) shaklida ro ‘yxatdan o ‘tkaziladi.
Xususiy tadbirkorlik xususiy korxona, fermer xo‘j aligi, yuridik shaxs 
bo‘lgan dehqon xo‘jaligi ko‘rinishlarida (shakllarida) tashkil etiladi va 
amalga oshiriladi. 0 ‘zbekistonda 2003-yil 11-dekabrda “Xususiy kor­
xona to ‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Mazkur qonunining maqsadi 
xususiy korxonalami tuzish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi va 
tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
152


Xususiy korxona - bu mulkdor - yagona jismoniy shaxs tomoni­
dan tuziladigan va boshqariladigan tijorat tashkiloti, korxonasidir. U 
tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Xususiy korxona o‘z egaligida alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z 
nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi hamda 
ularni amalga oshirishi, majburiyatlar olishi va ularni bajarishi, sud- 
da da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Xususiy korxona o‘z maj­
buriyatlari bo‘yicha o ‘ziga qarashli butun mol-mulki, u yetishmagan 
taqdirda korxonani tuzgan mulkdorning mol-mulki bilan javob beradi. 
Xususiy korxona to‘liq firma nomiga ega bo'lishi lozim va uning fir­
ma nomi “xususiy korxona” so‘zini o ‘z ichiga ollishi kerak. Bundan 
tashqari, u qisqartirilgan firma nomiga ham ega bo‘lishi mumkin. U 
firma nomi va manzili aks ettirilgan muhri va tam g‘asiga, mustaqil ba- 
lansiga ega bo‘ladi, belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi yuritadi va 
hisobotlar topshiradi, bankda hisobvaraqlar ochadi.
Xususiy korxona mulkdor tomonidan nomuayyan muddatga tuzi- 
ladi, mulkdor unga teshgishli mol-mulk beradi va uning ustavini tas- 
diqlaydi. Xususiy korxonaning ta’sis hujjati ustav bo‘lib, unda qu- 
yidagilar ko'rsatiladi:
- korxonaning firma nomi;
- uning pochta manzili;
- maqsadi va vazifalari;
- asosiy faoliyat turlari;
- uni tuzgan mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi va ya- 
shash joyi;
-ustav jam g‘armasining miqdori va boshqalar.
Xususiy korxonaning ustav jam g‘armasi bo‘linmasdir va uning 
miqdorini hamda unga kiritiladigan mol-mulkni mulkdor mustaqil bel­
gilaydi. Agar mulkdor o‘z oila a’zolarining umumiy mulki hisoblangan 
mol-mulkni korxonaga beradigan bo‘lsa, shu mol-mulk tegishli bo‘lgan 
barcha oila a’zolarining notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lishi kerak.
Xususiy korxona mulkdorining asosiy huquqlari quyidagilar:
- korxona rahbari sifatida uni yakka boshqarish;
- korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘rish;
- korxona pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkini tasarruf etish;
- shartnomalar tuzish;
- ishonchnomalar berish;
153


- korxonani tuzish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qaror 
qabul qilish;
- korxona ustavini tasdiqlash, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritish;
- barcha xodimlar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va 
ko‘rsatmalar berish;
- ishchi - xodimlar yollash;
- o ‘z xodimlariga ish haqini qonunlarga muvofiq mustaqil belgilash 
va boshqalar.
Xususiy korxona mulkdorining asosiy majburiyatlari:
- ustav j amg‘ armasini shakllantirish;
- korxonani belgilangan tartibda ro ‘yxatdan o ‘tkazish;
- korxonani yakka tartibda boshqarish;
- shartnomalar bo'yicha o ‘z majburiyatlarini bajarish;
- korxonada mehnat sharoitlarini yaratish va yaxshilab borish;
- ishlab chiqarish va mehnat xavfsizligini, xodimlaming ijtimoiy 
muhofazasini ta’minlash;
- ekologiya, sanitariya, gigiyena va boshqa maxsus talablarga rioya 
qilish;
- xodimlar bilan o ‘z vaqtida hisob-kitob qilish;
- buxgalteriya hisobi yuritish va hisobotlar topshirish;
- manzili yoki boshqarekvizitlari o‘zgargandaro‘yxatdan o ‘tkazgan 
organga o ‘z vaqtida xabar qilish va boshqalar.
Xususiy korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab 
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. U belgilangan tartibda vakolat- 
xonalar ochishi va filiallar tuzishi, boshqa yuridik shaxslarning muas- 
sisi bo‘lishi yoki ularning ustav jam g‘armasiga o‘zgacha tarzda ishtirok 
etishi mumkin. Qonunda xususiy korxona faoliyati erkinligining kafo­
latlari ham belgilab qo‘yilgan.
Xususiy tadbirkorlikka, shuningdek, fermer xo‘jaligi va yuridik 
shaxs bo‘lgan dehqon xo‘jaligi ham kiradi. Fermer xo‘jaligi - yuridik 
shaxs maqomiga ega bo‘lgan fermer xo‘jaligi a ’zolarining birgalikda­
gi mehnati asosida uzoq muddatga ijaraga berilgan yer uchastkasida 
qishloq xo ‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga asoslangan mustaqil 
xo‘jalik yurituvchi subyektdir. Yuridik shaxs boMgan dehqon xo‘jaligi -
yuridik shaxs sifatida ro ‘yxatdan o‘tgan va yuridik shaxs belgilariga 
ega bo‘lgan xo‘jalik boshlig‘iga meros qilib qoldirilgan umrbod ega-
154


lik qilishga berilgan tomorqa hamda uzoq muddatga ijaraga olingan 
yer uchastkalarida oila a’zolari va yollangan xodimlar mehnati bilan 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tovar 
xo‘jaligidir.
0 ‘zbekistonda qishloq xo ‘jalik shirkatlarini qayta tashkil etib, 
fermer xo‘jaliklariga aylantirish munosabati bilan fermerchilik hara- 
kati kengayib bormoqda. Respublikada 2004- yil boshida 104 mingta, 
2005-yil boshida 125 mingta fermer xo‘jaligi mavjud boMsa, 2007- yil 
boshiga kelib ularning soni 190 mingtaga yetgan. Shu davrga Buxoro 
viloyatida fermer xo' jaliklari soni 8600 tadan 17 mingtaga yetgan.

Download 9,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish