3.1 . 0 ‘ZBEKIST0NDA TADBIRKORLIKNING
RIVOJLANISH ASOSLARI VA XUSUSIYATLARI
Tadbirkorlik o‘tgan ikki asr davomida rivojlanib, turli davrlar va
bosqichlarni bosib o‘tdi. Har bir davr va bosqichda tadbirkorlik oldida
o‘ziga xos vazifalar turadi. Masalan, AQShda tadbirkorlikning rivoj-
lanishi quyidagi besh davrga ajratiladi.1
1. Ilk texnikaviy qurollanish davri. Bu davrda (1820 - 1900- yillar)
sanoatda, ayniqsa, p o‘lat eritish, paxta tozalash, to ‘qimachilik, avtomo-
bilsozlik sohalarida texnika va inqilobiy o ‘zgarishlarga asoslangan in
dustrial ishlab chiqarish yaratiladi. Mazkur bosqichda tadbirkorlikning
asosiy vazifasi-ishlab chiqarishni yangi texnika vositalari asosida qayta
qurish va rivojlantirishdir.
2. Ommaviy ishlab chiqarish davri. Bu davrda (XX asr boshidan
30-yillarigacha) konveyer va mehnatni ilmiy tashkil etishni joriy qi
lish asosida ommaviy ishlab chiqarishga o‘tish va mahsulot tannarx-
ini kamaytirish, raqobatning yuzaga kelishiga erishiladi. Bu bosqichda
tadbirkorlik oldida turgan asosiy vazifa mahsulotni ommaviy miqyosda
ishlab chiqarish va tannarxini pasaytirish hisoblanadi.
3. Ommaviy ayirboshlash davri. Bu davrda (XX asming 30 - 50
yillari) asosiy e ’tibor ishlab chiqarishdan bozorga, ayirboshlash orqali
iste’molchilar ehtiyojlarini qondirishga ko‘chadi. Shakllanayotgan ta
labni sezish, aniqlash va ishlab chiqarishni uni qondirishga yo‘naltirib
tashkil etish tadbirkorlikning asosiy vazifasi b o iad i. Shu paytda mar
keting nazariyasi amaliyotda keng qo’llanila boshlaydi.
4. Yuqori industrlashgan davr (XX asming 50 - 70- yillari). Bu
davrda tadbirkorlik sohalari va rivojlanishining kengayishi, ishlab
chiqarishni industrial qayta qurish va texnologiyaning muhim raqobat
!NasritdinovaM. A., Ahmedov О. M. Biznes strategiyasi. - Т., Sharq, 1996. - 12 - 13
betlar.
42
vositasiga aylanishi, boshqarishda biznes muhitini hisobga olish yuz
beradi. Bu bosqichda tadbirkorlikning asosiy vazifasi ishlab chiqarish
ni davomiy texnik qayta qurollantirish, texnologiya, talab, mahsulotni
o‘zaro muvofiqlashtirish va bozor sharoitlariga moslashish hisoblanadi.
5.
Zamonaviy tadbirkorlik davri. (XX asrning 70 va undan keyingi
yillar) Bu davrda biznes xalqaro tus oladi, boshqaruv va rivojlantirishda
muqobil variantlar qo‘llanila boshlaydi, ishlab chiqarish va sotishda di-
versifikatsiya kirib keladi, jamiyatning tadbirkorlikka talablari, ijtimoiy
mas'uliyat mezonlari kuchaydi, strategik rejalashtirishning yangi usul
lari va jihatlari shakllanadi. Bunda asosiy vazifa intematsionallashirish
yo‘lidan borib, milliy doiradan tashqaridagi bozorlarni o'zlashtirish
hamda talab, texnologiya, mahsulot hayotiy davrlarini uzaytirishga in-
tilish hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda XX asrning 70- yillari o‘rtalaridan
boshlab iqtisodiy tanglik davrida iqtisodiyot yangi modeli - innovatsion
yoki axborot-industrial modeli shakllana boshladi. Bu davrda firmalar-
da ishlab chiqarish va boshqarish bozor konyunkturasi va marketing
konsepsiyasiga asoslana borishi xo‘jalik yuritish tarzida o ‘zgarishlarga
olib keldi. 0 ‘sha iqtisodiy sharoitda bozorda muvaffaqiyat qozonishni
ta’minlaydigan hujumkor xatti-harakat tarzi yuzaga chiqa boshlaydi.
Bunda marketing vositalari va usullari asosiy o‘rin egallaydi va nati-
jada jamoatchilik ayrim qatlamlari orasida marketingga nisbatan salbiy
munosabat shakllanadi. Aynan shu davrda tadbirkorlik alohida faoliyat
sifatida yangi bosqichga o ‘tib, o‘zini o‘zi tartibga solib turuvchi tizim
darajasiga ko‘tarialadi, ayniqsa, xususiy biznes tez rivojlana boshlaydi.
Shundan keyingi 20 yil ichida har yili AQSh va Italiyada 300 mingdan,
Yaponiyada 200 mingdan yangi korxona pay do bo‘ladi. Shu davrda
tadbirkor jamiyatda ijtimoiy muhim o‘rin egallay boshlaydi, turli xil
m a’muriy-huquqiy cheklovlar bekor qilinib, tadbirkorlikning xo‘ja!ik
erkinligi keskin kengaytiriladi, biznes inkubatorlar, innovatsion park-
lar rivojlanib, axborot ta ’minoti yaxshilanib, fuqarolaming biznes bi
lan shug‘ullanish imkoniyatlari kengayadi. 0 ‘tgan asrning oxiri, joriy
asrning boshlarida iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda tadbirkorlik,
biznesning holatini 3. 1- jadvalda keltirilgan m a’lumotlardan ko‘rish
mumkin.
(Manba: Russkiy ekonomicheskiy jurnal, 1998.)
43
3.1- jadval
Kichik biznesning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘mi
Do'stlaringiz bilan baham: |