O’zbekiston respublikasi Markaziy banki ma’lumotlar asosida talaba tomonidan shakllantirildi.
49
3.Interfeys aniqligi -WAP-saytni ixtiyoriy miqdorda turli darajada aniqlikdagi
logotiplar va ikonkalar bilan bezash mumkin.
4.Funktsionalligi - funktsional qamrab olish faqat bankka bog’liq.
5.Arzonligi - GPRS-trafikga xarajatlar WAP profili orqali ishlashda
minimaldir, undan tashqari mijozning o’zi tanlash huquqiga ega: agar amalda
umuman tekinga ishlashni xohlasa – GPRS-internet profilini sozlashi mumkin.
6.Universalligi - vap-saytlar turli mobil telefonlarida bir xilda aks etadi.
Ko’plab mamlakatlar tajribasi xozirgi dinamik rivojlanayotgan dunyoda
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari iqtisodiy rivojlanishning lokomotivi
ekanligini, mamlakatga investitsiyalar jalb etilishiga, yangi ish o’rinlari tashkil
etilishiga, ilg’or texnologiyalar ishlab chiqarishga va boshqaruvga tatbiq etilishiga,
axborot ayirboshlashda chiqimlar qisqartirilishiga, bozor qatnashchilari o’rtasida
bitishuvlar sodir etilishiga ko’maklashishini ko’rsatadi.
Davlat boshqaruvida axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini tizimlarini
tashkil etish va rivojlantirishning biz yuqorida ko’rib chiqqan konseptual
yondoshuvlari va jaxonning turli mamlakatlarida tajribasi bir qancha birinchi
navbatdagi vazifalarni ajratib ko’rsatish imkonini beradi. Shularni nazarda tutgan
xolatda quyidagi vazifalarni amalga oshirish muhim xisoblanadi:
-davlat korporativ tarmog’ini tashkil etish, uning Internet resurslari bilan
tashqi aloqalarini taminlash, unga barcha hukumat muassasalari va davlat
hokimiyati mahalliy organlarining idoraviy va idoralararo tarmoq resurslarini
integratsiyalash;
-xujjatlarning elektron aylanishining yagona tizimini joriy etish;
-ommaviy elektron xizmatlarning boshlang’ich ro’yxatini belgilash, tegishli
portallar tashkil etish, ular bilan bog’liq bo’lgan interaktiv axborot ayirboshlashni
shakillntirish;
-O’zbekiston butun hududida biznes subyektlari va aholi uchun Internet
resurslariga kirishni kafolatli taminlaydigan axborot - kommunikatsiya
infratuzilmasini bosqichma - bosqich shakillantirish;
50
-aholini davlat
boshqaruvida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
tizimlarining ommaviy elektron xizmatlariga kirish vositalaridan foydalanishning
zarur ko’nikmalariga o’qitish.
Malumki, har bir mamlakatda axborot jamiyatini tashkil etishning jahon
tajribasi o’z xususiyatlariga ega va tayyor etalon bo’ladigan tavsiyalarni bermaydi.
Har
bir
aniq
xolatda
davlat
boshqaruvida
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini tatbiq etish mamlakatning o’zining siyosiy-iqtisodiy
yo’nalishlariga, davlat tuzilishining xususiyatlariga, davlatning biznes
subyektlariga va axoli bilan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari rivojlanishi darajasiga
hamda rivojlanishning mazkur bosqichida hal etilayotgan vazifalar doirasiga
bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: