Cho’l-bo’ktargisi, Stepnoy lun, Cirsus macrourus [S.G.Gmelin, 1771].
Qizil kitobga kiritilgan ushbu yirtqich qush uchib o’tuvchi tur hisoblanadi.
Qizilqum, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Surxondaryo vohalarida tarqalgan.
Yashash joylari esa tekisliklar. Soni 1970-1980-yillarda uchrashi odatiy edi, ayrim
joylarda ko’p bo’lganligi adabiyotlarda keltirib o’tilgan. Cho’l va yarim cho’l
zo’nalaridagi qo’riq yerlarning o’zlashtirilishi ushbu qushlarni tarqalishidagi
cheklovchi omil hisoblanadi. Ko’paytirish choralari amalga oshirilmagan. Hozirgi
vaqtda hayvonot bog’larida saqlanadi. Ovlashni ta’qiqlanganligi va CITECning II-
ilovasiga kiritilganligi muhofaza choralari etib belgilab qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |