Quloqli yapaloqqush va boyo’g’lilar uya qurmay, boshqa qushlarning eski
uyalaridan foydalanadi, ya’ni qarg’a, xakka, qoraqarg’a va boshqa qushlarning
uyalarini ta’mirlab, tuxum qo’yadi.
Bolalari katta bo’lguncha makiyonlari ularning yonida bo’ladi, xo’rozlari
ovqat tashiydi. Birinchi bolasi katta bo’lib qolsa, makiyonlari ham ovga chiqadi.
Katta jo’jalari kichiklarini bosib isitadi, kechki tuxumini bosib yotadi, bu holat
hamma yapaloqqushlar uchun xarakterli fe’l-atvordir.
SHoxchada o’tirgan yapaloqqush xavotirda bo’lsa, kelishgan, chiroyli,
ixcham ko’rinishga ega patlarini tanasiga tortib oladi. Kunduz kunlari yashirin
hayot kechirishni yaxshi ko’radi. Yapaloq qushlar kechki ov qushlari bo’lib, yer
yuzasiga yaqin, sharpasiz uchib ovqat axtaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |