TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
136
topishda hamroh bo‗lishiga to‗g‗ri keladi, yani o‗qituvchi va talaba funksiyasi
almashtiriladi.
O‗qituvchi talaba bilan hamkorlik munosabatda bo‗lishiga talaba ma‘suliyatni
va ko‗pgina masalalar yechimini topishda mustaqillikni o‗ziga olishiga to‗g‗ri keladi
[1].
O‗qitiladigan mavzularni bayon etishdan oldin o‗qituvchi ba‘zi bir holatlarda
talabalardagi inertlik va nofaolligini engishi zarur bo‗lib ularni shu mavzuga
qiziqishini uyg‗otadi.
Aytish joizki, bilimni asosi bu faqatgina o‗quv fanlari bo‗lib qolmay, balki
taffakur va faoliyat usullari ham. Hozirgi zamon yuqori darajali tayyorgalikka ega
bo‗lgan mutaxassis etishtirish bilan chegaralanmasdan, balki o‗qitishda yangi
texnologiyalarni taqdim qila oladigan kadr etishtirish ta‘lim muassasalarining asosiy
maqsadiga aylanmoqda.
Konkret ishlab chiqarish muhiti sharoitlarida moslasha oladigan kadrlarni,
yangi yechimni topadigan, menejment funksiyasini bajara oladigan mutaxassis
etishtirib chiqarish talab qilinmoqda.
O‗qitish faoliyatida innovatsiya bu-ijtimoiy va bozor talablaridan farqli
ravishda maorif xizmatlari ko‗rinishidagi yangi bilimlarni, usullarni qo‗llash. O‗qitish
texnologiyalarini qo‗llash natijalari o‗qituvchini ustaligiga kam bog‗liq bo‗lib, u
o‗qituvchining barcha yig‗ilgan ustalik komponentlari bilan aniqlanadi:
-
mavjud bo‗lgan fundamental va amaliy bilimlari; yangi kasbiy va boshqaruv
sohada muvaffaqiyati o‗zlashtira oladigan qobiliyatli, ijtimoiy-ijodiy sharoitlarda
xushyor va dinamik sezuvchan; innovatsion bilim fazosi sharoitida yuqori insoniylik
sifatlariga ega bo‗lishi; oliy ta‘lim muassasalari sharoitida o‗quv laboratoriya
mashg‗ulotlarida o‗tkazib bo‗lmaydigan tajribalarni, hodisa va jarayonlar
texnologiyalarini kompyuterli modellarini qo‗llagan holda o‗quv tajribalari tarkibini
ko‗paytirish.
Fizikadan masala yechish talabalarning dunyoqarashlarini shakllantirishga
ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Masala yechish ko‗p hollarda fizika darslarining tarkibiy
qismi bo‗lib, o‗qituvchi yangi mavzuni bayon qilishda va uni mustahkamlashda,
o‗tilganlarni takrorlashda, talabalarning mustaqil ishlarida va bilimlarini sinab
ko‗rishda masala yechishdan foydalanadi.
Interactive Physics dasturidagi harakat instrumentlaridan foydalanish mumkin
va talabalarning o‗zlari mustaqil ravishda muhandis yoki ilmiy mutaxassislar kabi
fizikaviy jarayonlarni modellashtirish imkoniyatiga egadirlar. Interactive Physics
simulyatoridan foydalangan holda fizikaviy masalalarning shartini animatsiya holda
modelini yaratish talabalarga fizikaviy masalalarga bo‗lgan qiziqishining ortishiga
olib keladi. Talabalar Interactive Physics simulyatori orqali biron-bir fizik masalani
olgan holda, uni modellashtirishga kirishadilar. Talabalar kompyuter modelini yarata
Do'stlaringiz bilan baham: |