6-Мавзу.
6.1. MEHNAT BOZORI STATISTIKASI
6.2. MILLIY BOYLIK STATISTIKASI
6.3. YALPI ICHKI MAXSULOT STATISTIKASI
6.1. MEHNАT BOZORI STАTISTIKАSI
REJА
1.
Iqtisodiy faol va nofaol aholi.
2.
Ish vaqti va undan foydalanish koʼrsatkichlari.
Tayanch iboralar:
Iqtisodiy
faol aholi tushunchasi, bandlilik va ishsizlik statistikasi,
iqtisodiy
nofaol aholi tushunchasi, mehnat resurslari statistikasi, mehnat resurslari balansi, sanoat, qishloq
xoʼjaligi va boshqa tarmoqlardagi asosiy xodimlar kategoriyalari.
Mamlakatning doimiy aholisi iqtisodiy faol va nofaol aholi guruhlariga ajratiladi. Iqtisodiy
faol aholi o‘z ishchi kuchini mehnat bozoriga taqdim etadi va ish beruvchilar uni sotib oladilar.
Iqtisodiy nofaol aholi esa ob’ektiv sabablar bilan mehnat bozorida ishtirok etaolmaydi.
Aholini kuzatish (ro‘yxat o‘tkazish) – bandlik va ishsizlik haqida ma’lumotlarni yig‘ishda
muhim o‘rinni egallaydi. Bunday kuzatishlar aholining hamma qatlamlarini o‘z ichiga olib, u
bandlilik tarkibi va uning o‘zgarishi, ishsizlar soni haqida to‘la ma’lumotlarni olish va odatdagi
usullarni qo‘llab olingan statistik hisoblarda aks ettirilmaydigan
mehnat faolligining xar xil
formalarini hisoblash imkoniyatini beradi.
Ishchi kuchi bozorini holatini baholash uchun quyidagi nisbiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi:
1. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi koeffitsienti – umumiy
Har kungi ro‘yxatdagi xodimlar tarkibiga shtat jadvali asosida doimiy,
mavsumiy yoki
vaqtincha ishga qabul qilingan kishilar, shuningdek ish haqi olib ishlovchi shu tashkilot, korxona
egalari ham kiritiladi.
O‘rindoshlar ham qo‘shiladi, lekin ularning mehnat daftari asosiy ish joyida saqlanadi.
Bitim asosida – maxsus yoki xo‘jalik ishlarini bajaruvchi (remont, maslahat berish va h.k.)
kishilar ro‘yxatdagi xodimlarga kiritilmaydilar.
Ro‘yxatdagi xodimlar soni korxona ixtiyoridagi har kungi mavjud bo‘lgan mehnat resurslari
salohiyati haqida fikr yuritish imkoniyatini beradi. SHu va boshqa ko‘rsatkichlar momentli
ko‘rsatkichlar bo‘lib, ularni soni har kuni o‘zgarib turadi. SHuning uchun ma’lum iqtisodiy tahlilni
amalga oshirish uchun (o‘rtacha
mehnat unumdorligi, o‘rtacha ish haqi va h.k.). O‘rtacha
ro‘yxatdagi xodimlar soni aniqlanadi. Buning uchun har kungi ro‘yxatda turgan xodimlar sonini
qo‘shib, kalendar kunlar soniga bo‘linadi (28, 29, 30, 31).
Soni bo‘yicha korxonada mehnat potensialidan foydalanishni o‘rganish uchun ro‘yxatdagi
xodimlar sonidan foydalanish koeffitsienti aniqlanadi
K
Ro‘yxatdan foydalanish
=