Laboratoriya ishi №31 Mavzu: Elektron pochta hizmatidan foydalanish. Ishning maqsadi



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana08.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#758114
  1   2
Bog'liq
5.2.Elektron pochta hizmatidan foydalanish.



Laboratoriya ishi №31 
Mavzu: Elektron pochta hizmatidan foydalanish. 
Ishning maqsadi:
Talabalarga o‘zi uchun elеktron pochta ochish, xatni yozish va 
jo‘natish usullarini o‘rgatish.
 
Kutilayotgan natija:
Internetdan olingan ma’lumotlarni saqlash, chop etish
uzatish, pochta orqali ma’lumotlar almashishni bilish.
.
Laboratoriya jihozlari: 
Tarqatma topshiriqlar, kompyuterlar.
 
Reja: 
1.Elektron pochta yaratish 
2. Elektron pochtada ma’lumotlarni jo’natish va qabul qilish 
Nazariy ma’lumotlar 
Internetda elektron pochtadan foydalanish uchun, avvalo, pochta xizmati 
ko‘rsatuvchi serverlarning birortasidan ro‘yxatdan o‘tish lozim. Bular: 
www.ramler.ru, www.mail.ru, www.yandex.ru, www.yahoo.com, www.pochta.ru, 
www.mail.uz va boshqa elektron pochta xizmati ko‘rsatuvchi saytlar. Misol uchun: 
www.mail.ru sayti orqali elektron pochta ochmoqchi bo‘lsak quyidagilar bajariladi.
1. Internet Explorer dasturi, brauzeri ishga tushiriladi. 
2. Brauzerning Адрес: oynasiga www.mail.ru yoziladi va [Enter] tugmasi bosiladi. 




3. Sahifa ochilgach, o’ng tomonidagi Почта bo’limidan Регистрация в почте
bandi bosiladi. 
4. Elektron pochtani ro’yxatdan o’tkazishning umumiy ko’rinishi 




5. Dastlab ma’lumotlar oynasiga Ism, Familiya, tug’ilgan sanasi, davlat yoki 
shahar, jinsingiz kiritiladi yoki tanlanadi 
6. Foydalanuvchi nom tanlaydi. Masalan, umida bunday nomli foydalanuvchi bor 
bo’lganligi sababli, qizil yozuv chiqadi va bizga boshqa nomlarni tanlash tavsiya 
qilinadi. Agar bunday nomli foydalanuvchi bo’lmasa, yashil rangli yozuv chiqadi 
va biz tanlagan nom saqlanadi. 




7. Foydalanuvchi o’ziga parol tanlaydi va uni takroran kiritadi.
8. Parol esdan chiqqanda uni tiklash maqsadida Uyali telefon raqamini xalqaro 
standart bo‘yicha kiritadi, agarda uyali telefoni bo‘lmasa Yashirin savol 
(Секретный вопрос) tanlaydi va javob (ответ) yozadi. 
9. Tasvirdagi belgilar Код на картинке oynasiga kiritiladi. 
10. Oxirida Зарегистрироваться tugmasi bosiladi. 


1



11. Natijada yangi electron pochta ochiladi, va ushbu sahifa paydo bo’ladi. 
Yuqoridagi ketma-ketlik bajarilgach, Siz elektron pochtangizni ro‘yxatdan 
o‘tkazgan bo‘lasiz va Sizga pochta ochilganligi haqidagi ma’lumot paydo bo‘ladi. 
Elektron pochtadan foydalanish 
Elektron pochtaga kirish uchun yuqoridagidek, www.mail.ru saytiga kirilgach, 
undagi ИМЯ: (Login) oynasiga elektron pochta (foydalanuvchi-Login) nomini, 
ПАРОЛЬ: oynasiga parolni kiritamiz. So‘ngra ВОЙТИ (yoki [Enter]) tugmasini 
bosamiz.
Natijada 
elektron 
pochtamizning 
quyidagi 
oynasi hosil bo‘ladi. 
Ko‘rib turganimizdek, elektron pochta oynasida Bходящие, Сомнительные, 
Oтправленный, Черновики, Корзина kabi bo‘limlar mavjud bo‘lib, ularning har 
biri o‘z vazifasiga ega. Masalan,
Входящие – elektron pochtaga kelib tushgan xatlar ro‘yxati, 
Сомнительные – noma’lum (shubhali) xatlar ro‘yxati, 
Отправленный – biz jo‘natgan(yuborgan) xatlar ro‘yxati, 
Черновики – vaqtinchalik (saqlangan, keyinchalik yuboriladigan) xatlar ro‘yxati, 
Корзина – o‘chirilgan xatlar, to‘liq o‘chirishga mo‘ljallangan xatlar ro‘yxati. 
Internetda xat yozish, jo‘natish uchun Написать письмо tugmasini bosamiz. 
Natijada bizga xat yozish uchun quyidagi ko‘rinishdagi oyna hosil bo‘ladi:
1


1) КОМУ maydoniga biz yuborayotgan tegishli shaxsning (xat yuboriladigan) 
elektron pochta manzili kiritiladi. 
2) КОПИЯ maydoniga xuddi shu mazmundagi xat boshqa manzillarga ham 
jo‘natilishi zarur bo‘lganda, yuboriladigan mualliflarning elektron pochta 
manzillari kiritiladi (manzillar vergul bilan bir-biridan ajratiladi). 
3) СКРЫТАЯ maydoniga yuborilgan manzillarning yashirin ko‘rinishi. 
4) ТЕМА maydonida yozilayotgan xat mavzusi (sarlavhasi) ko‘rsatiladi. Mavzu 
kiritilmagan holatda ham xato hisoblanmaydi.
5) Keyingi katta darcha(oyna)ga yoziladigan xatning matni kiritiladi. Xatni yozib 
bo‘lgandan keyin OТПРАВИТЬ tugmasi bosiladi. Natijada ekranda xat 
jo‘natilganligi haqidagi xabar paydo bo‘ladi. 
Agar birorta faylni qo‘shib yubormoqchi bo‘lsak, Прикипление belgisining 
oldidagi [обзор...] tugmasini bosamiz. Bizdan faylning qayerda turganligini 
so‘raydi, faylni joyini ko‘rsatgandan so‘ng, oynada shu fayl turgan joyni 
ko‘rsatuvchi yozuv hosil bo‘ladi. Bir necha faylni qo‘shib yuborish uchun esa 
Прикипление tugmasini bosib yuqoridagi ketma-ketlik bajariladi, unda ikkinchi 
fayl qo‘shilganligini bildiruvchi yozuv chiqadi (uchinchi va hokazo o‘nta fayl ham 
shu tartibda qo‘shiladi) va nihoyat OТПРАВИТЬ tugmasi bosiladi.
Bizga kelib tushgan xat mazmuni (bizga kelgan xatlar) bilan tanishish uchun 
Bходящие bo‘limiga kiramiz. Natijada pochtamizga kelib tushgan xatlar ro‘yxati 
hosil bo‘ladi.
Undan kerakli xatni yoki ixtiyoriy birorta xatni o‘qimoqchi bo‘lsak, uning 
ustiga sichqonchani olib borib, chap tugmasini bosganimizda, ekranda kelgan 
xatning to‘liq matni hosil bo‘ladi. Yangi kelgan xatlar yoki o‘qilmagan xatlar 
quyuqroq (qalin) rang bilan alohida ajralib turadi. Matn bilan tanishib chiqqach
lozim bo‘lsa, xatga javob yo‘llashimiz ham mumkin. 



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish