O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Download 6,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/96
Sana08.07.2022
Hajmi6,2 Mb.
#757830
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96
Bog'liq
avtomatika asoslari

NAZORAT SAVOLLARI: 
 
1. 
Metrologiya nimani o’rgatadi? 
2. 
O'lchash deb nimaga aytiladi? 
3. 
O'lchash turlarini ayting. 
4. 
O'lchash usullarini ayting. 
5. 
Nazorat o’lchov asboblarini turlarini ayting. 
6. 
O'lchash xatoliklari to’g'risida tushuntiring. 
7. 
O'lchov asbobi xatoliklarini formulalar yordamida tushuntiring. 
8. 
O'lchashning sifat ko’rsatkichlarini aytib tushuntiring.
9. 
O'zgartgich deb nimaga aytiladi? 
10. Generatorli o'zgartgich nima? 
11. Generatorli o'zgartgichlarning turlarini ayting. 
12. Chiziqli va burchakli ko'chishning o'lchash o'zgartgichlari.
13. Potensiometrik o'zgartgich nima uchun qo'llaniladi? 
14. Sig'imli o'zgartgichlarning ishlashi nimaga asoslangan? 
15. Induktiv o'zgartgich yordamida nima o'zgaradi? 
16. Tenzometrik o'zgartgichlar nima maqsadda ishlatiladi? 
17. Induksion o'zgartgichlarning turlarini ayting. 
18. Taxogeneratorlarning vazifasi nimadan iborat? 
19. Sel'sin nima? 
20. Fotoelektrik o'zgartgich qanaqa turlarga bo'linadi? 
21. Ipning tarangligi nima yordamida o'lchanadi? 
22. Ipning qalinligini o'lchash asbobini ta'riflang.
23. Unifitsirlangan o’zgartgich turlarini tushuntiring. 
 
 


39 
II – Bob. TEMPERATURANI O'LCHASH 
 
2.1.TEMPERATURA HAQIDA TUSHUNCHALAR VA 
TEMPERATURANI O’LCHASH ASBOBLARI KLASSIFIKATSIYASI 
Temperatura ishlab chiqarishda texnologik jarayonning borishi hamda borish 
davrini xarakterlovchi asosiy kattaliklardan biridir. Avtomatik boshqarishning 
samaradorligi temperaturaning aniq bahosini belgilaydi.Temperatura - jismning 
issiqlik darajasi hisoblanib, molekulalarning issiqlik harakatidan aniqlanadigan ichki 
kinetik energiya miqdoridir. Temperaturani o'lchash imkoni issiqlik almashishiga, 
issiq moddaning issiqligi o'zidan kam bo'lgan moddaga o'tish qobiliyatiga 
asoslangan. O'lchanayotgan temperaturalarning son qiymatini topish uchun 
temperaturalar shkalasini o'rnatish, ya'ni sanoq boshini va temperatura intervalining 
o'lchov birligini tanlash lozim. Agar temperatura «gradus» bilan o'lchansa, uning 
o'lchov birligi quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi: 
(2.1) 
bu yerda: 
t
1
 - 
jismning boshlang'ich chegara nuqtasidagi
temperaturasi; 
t
2
 -
shu jismning ikkinchi holatga o'tish nuqtasidagi
temperaturasi; 
n - 
butun son (shkala bo'linmalari soni).
Hozirgi vaqtda bir necha xil o'lchov shkalalari mavjud. Jumladan: 
1. Xalqaro amaliy temperaturalar shkalasi (Selsiy shkalasi). 
2. Termodinamik shkala (Kelvin shkalasi). 
Xalqaro amaliy temperaturalar shkalasida temperaturaning o'lchov birligini 
topish uchun suvning uch holati - muzlash, qaynash va bug'lanish nuqtalari orasidagi 
temperatura miqdori 100 bo'lakka bo'linadi. Agar suvning muzlash nuqtasi 
t
x
=0, 
qaynash nuqtasi 
t
2
=100°C va 
n
=100 deb qabul qilinsa, temperaturaning Selsiy 
shkalasidagi o'lchov birligi bo’ladi. 
(2.2) 


40 
Termodinamik shkala esa, absolyut temperaturalar shkalasini joriy etgan ingliz 
olimi Kelvin nomi bilan yuritiladi. Absolyut temperatura Gey-Lyussak qonuni 
(2.3) 
ga muvofiq temperaturaning boshlang'ich nuqtasi absolyut nol temperaturaning 
bo'lishiga asoslanadi yuqoridagi ifoda ideal gaz hajmi 

ning o'zgarishi 

= const 
bo'lganda temperaturaning o'zgarishiga bog'liqligini ko'rsatadi, bu yerda: 
V
o
 -
Selsiy 
shkalasi bo'yicha temperatura nol bo'lgandagi gaz hajmi;

- hamma gazlar uchun bir xil bo'lgan hajmiy kengayish termik koeffitsiyenti. 
Absolyut nol temperaturada (T

da) gaz hajmi 
V= 
0 deb faraz qilinsa, 
0=
V
0
(1+T
o
)
(2.4) 
bo'lib, absolyut temperaturaning qiymati 
T
o
 = 
-273,16 bo'ladi. 
Absolyut nol temperaturani amalda o'lchash mumkin emas, chunki temperatura 
pasaygan sari, gaz hajmi nolga yaqinlashmay, suyuqlikka aylanadi. 
Amalda temperaturani o'lchash uchun xalqaro amaliy shkalalar - Selsiy va 
Kelvin qo'llaniladi. Bu shkalalar Selsiy shkalasi asosida tuzilgan, ularning o'lchov 
birligi amaliy shkalalar - selsiy, 

hamda kelvin, 
T.
Xalqaro amaliy shkala bo'yicha temperatura Kelvinda o'lchansa, uning qiymati 
quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi: 
(2.5) 
Xalqaro birliklar sistemasida temperaturaning o'lchov birligi sifatida kelvin (K), 
ya'ni suvning muz, suv, bug' holatida bo'ladigan nuqtasi deb ataladigan 
termodinamik temperaturasi qabul qilingan. Shu bilan bir qatorda XBS da 
temperaturaning Xalqaro amaliy temperatura shkalasi - Selsiy shkalasida (°C) 
o'lchashni ham tavsiya qilinadi. Bu shkala jismlarning o'zgarmas holatlaridan 
oltitasining mavjudligiga asoslangan: 
1. Kislorodning qaynash nuqtasi: 182,97°C. 
2. Suvning bir vaqtda uch holatda (muz, suv, bug') bo'lish nuqtasi: 0,01°C. 
3. Suvning qaynash nuqtasi: + 100°C. 
4. Oltingugurtning qaynash nuqtasi: +444,6°C. 
5. Kumushning qotish nuqtasi: +961,93"C. 
6. Oltinning qotish nuqtasi: +1064,43
e
C. 


41 
Bu shartli nuqtalarga asoslanib, etalon o'lchov asboblarining shkalasi 
darajalanadi. 
Qattiq, suyuq va gazsimon moddalarning temperaturasini o'lchash uchun 
amalda turli xil qurilmalar - termometrlar qo'llaniladi. 
Temperaturani o'lchash usuliga ko'ra barcha termometrlar ikki guruhga 
bo'linadi: kontaktli va kontaktsiz (Bevosita muhit bilan kontaktda bo'ladigan va 
muhit bilan kontaktda bo'lmaydigan.) Birinchi guruhga kengayish termometrlari, 
manometrik termometrlar, termoelektrik termometrlar va qarshilik termometrlari 
(termistorlar) kiradi. Ikkinchi guruhga esa turli turdagi pirometrlar kiradi. 

Download 6,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish