422
TOVARLARNI ZO RLAB TARQATISH - ishlab chiqaruvchi tomonidan
tovarni vositachilar noroziligiga qaramay o'tkazish.
TOVARLASHGAN XIZMAT - tovar sifatida oldi-sotti qilinuvchi xizmatlar,
ya’ni pulli xizmatlardir.
TOVARNI BOZORDA JOYLASHTIRISH
- bozorda tovar uchun
raqobatbardosh holatni ta’minlash bo'yicha harakatlar va unga mos
marketing majmuyini ishlab chiqish.
TOVARNI BOZORDA JOYLASHTIRISH
-
tovarlarning bozordagi
raqobatbardoshligini ta’minlash va mos keluvchi marketing
majmuasini ishlab chiqish uchun amalga oshiriluvchi harakatlar.
TOVARNING BO ZO R ULUSHI - aniq tovarning shu xildagi hamma tovarlar
sotish umumiy hajmidagi hissasi.
TOVARNING HAYOTIYLIK DAVRI - tovar rivojlanishining uni ishlab
chiqishdan to bozorga olib kirishgacha bo'lgan asosiy bosqichlarini
aks ettiruvchi ma’lum bir vaqt davri (sikli). Tovarni sotish va
foyda olish jarayonida besh bosqich ajratib ko'rsatiladi: tovarni
ishlab chiqish (bozorgacha) bosqichi, tovarni bozorga olib kirish
(kiritish) bosqichi, tovarni sotish hajmining o'sish bosqichi,
yetuklik (to'yinganlik) bosqichi, tovarning susayish bosqichi yoki
tovar eliminatsiyasi.
TOVARNING MAVQEYI - tovarning raqib tovarlarga nisbatan iste’molchilar
ongi va ko'nglida tutgan o'rni.
TOVARNING RAQOBATBARDOSHLIGI - l ) aniq ehtiyojni qondirishda
bozordagi raqobatchilar tovarlari oldida ustunlikni ta’minlovchi
tovarning sifat va narx tavsifnomalari majmuyi; 2) tovarning
raqobatchi tovarlar bozorida birinchi bo'lib xarid qilish qobiliyati;
3) tovarni iste’mol qilish (foydalanish) samarasining uni sotib olish
va ekspluatatsiya qilishga sarflanuvchi xarajatlarga (iste’mol narxi)
nisbati; 4) korxonaning milliy va jahon tovar bozorlariga chiqishi
maqsadga muvofiqligining muhim ko'rsatkichi.
TOVARNING TEXNIK DARAJASI - tovarning fan-texnika taraqqiyoti,
standartlar, texnik shartlar va boshqa texnik talablarga mos kelishi.
TOVLAMACHILIK - o'zgalar mulkini talon-taroj qilish yoki aldov hamda
ishonchni suiiste’mol qilish orqali birovlar mulkiga egalik qilish
huquqini olish, mulkchilikka qarshi yo'nalgan iqtisodiy jinoyatdir.
TRANSAKSION XARAJATLAR - bozorda tovarlarni sotishda egalik huquqini
aniqlash va uni berish bilan bog'liq xarajatlar.
TRANSFERT - l) xorij valyutasi yoki oltinni bir mamlakatdan ikkinchisiga
o'tkazish; 2) nomi yozilish, qimmatli qo'g'ozga egalik qilish
huquqini bir shaxsdan ikkinchisiga o'tkazish; 3) turistlarni
423
aeroportdan mehmonxonaga eltish bo'yicha transport xizmati; 4)
bir institutsion birlik boshqa institutsion birlikka ekvivalent sifatida
biror turdagi tovar, xizmat yoki aktiv olmasdan tovar, xizmat yoxud
aktiv yetkazib berishi.
TRANSFERT TO'LOVLAR! - evaziga hech qanday tovar yoki xizmatlar
olinmaydigan davlat xarajatlari ( pensiya, stipendiyalar, ishsizlik
nafaqasi va boshqalar).
TRANSFERTLAR-1 .Joriy yoki kapital transfert bo'ladi. Kapital transfertlar -b ir
hisobot davridan ko'proq vaqt mobaynida ishlab chiqarish vositasi
sifatida foydalaniladigan tovarlar va nomoddiy aktivlardan iborat.
2. Daromadlar va boyliklarni qayta taqsimlashni ifodalaydigan
ko'rsatkich. U bir institutsional birlik tomonidan ikkinchisiga
tekinga berilgan pullar, tovarlar, xizmatlar yoki aktivlarni ifodalaydi.
Ular joriy va doimiyga yoki pul formadagi va natural formadagi
transfertlarga bo'linadi.
TRANSFORMATSIYANING CHEGARAVIY ME’YORI - ishlab chiqarish
imkoniyatlari egri chizig'iga asoslanib, alternativ tovarning har
bir qo'shimcha birligini olish uchun voz kechish kerak bo'lgan bir
tovarning miqdori.
TRANSMILLIY KORPORATSIYALAR - kooperativ asosda tashkil etilgan,
jahon xo'jaligida bitta yoki bir qator tarmoqlarni nazorat qiluvchi
yirik birlashmalar. Ularning kapitallari esa transmilliy kapital
TRANSPORT MAGISTRALI - ko'plab yuk va yo'lovchi oqimlari tashiladigan
va texnik jihatdan jahon talablariga javob beradigan transport yo'li.
Temir yo'l magistrali, odatda, ikki izli bo'lib, elektrovozlar yoki
teplovozlar yordamida amalga oshiriladi. Transport magistrali eng
muhim yo'nalishlarda xo'jalik aloqalarining markazlashuvidan
vujudga keladi. Masalan, Transibir temir yo' 1 magistrali, Transevropa
temiryo'l magistrali, Transamerika magistrali va h.k.
TRANSPORT MARKAZLARI - temir yo'l stantsiyalari, dengiz bandargohlari
-daryo pristanlari tushuniladi. Bu yerda ortish-tushirish ishlari
amalga oshiriladi. Yo'lovchilar boshqa transport vositalari
bilan almashinish imkoniyati mavjud. Transport markazlari
iqtisodiyotning barcha sohalarini bog'laydi. Masalan, temir yo'l
stansiyasi, dengiz bandargohlari, daryo pristanlari tushuniladi.
TRANSPORT PUNKTI - mahalliy ishlab chiqarish bilan aloqador bo'lgan
transport korxonalari, omborxonalar, alohida stansiyalarvaportlami
o'z ichiga oladi. Asosiy vazifasiyuklarni o'z tasir doirasidagi yuklarni
ortish-tushirish bir transport turidan ikkinchisiga o'tkazish kabi
ishlarni bajaradi.
424
TRANSPORT TIZIM I - unga kiruvchi elementlar transport to‘ri,
transport turlari, transport tuguni, transport markazlari va
transport vositalarining o'zaro uyg'unlashgan holda to'g'ri hududiy
tashki etilganligiga, ularning mustaqil faoliyat ko'rsata olishi va
boshqaruvchanligiga tizim deyiladi.
TRANSPORT TO 'R I ZICHLIGI - aholi jon boshiga yoki hudud maydoniga
to'g'ri keluvchi transport yo'llari uzunligi. Mazkur ko'rsatkich
transportning ish natijalariga katta ta’sir ko'rsatadi.
TRANSPORT TUGUNI - bir necha transport turlari, aloqa yo'llari o'zaro
qo'shilgan va tarmoqlangan joy. Transport tugunlari xilma-
xil belgilari, transport turlari, transport asosiy shaxobchalar
sxemasi, xalq xo'jaligidagi ahamiyati, yuk oborotidagi asosiy yuk
turlari, yuk va yo'lovchi aylanmasining katta kichikligiga qarab
turlanadi. Ahamiyatiga ko'ra xalqaro, respublika, viloyat, mahalliy
ahamiyatdagi transport tugunlariga ajratiladi.
TRANSPORT VOSITALARI EGALARIDAN OLINADIGAN SOLIQ, -
transport vositalariga ega bo'Igan yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan to'lanadi. Soliqning stavkasi ot kuchida ifodalangan
dvigatelning quwatigabog' liqdir. Uning summasi mahsulotni ishlab
chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlarining tarkibiga kiritiladi.
TRANSPORT LOGISTIKASI - muayyan moddiy buyumlar, yuklar va
boshqalarni bir joydan boshqa bir joyga optimal yo'nalish bo'yicha
yetkazib berish, tashishni tashkil etish tizimi.
TRANZAKSION DEPOZITLAR - yuridik shaxslaming bo'sh pul mablag'lari,
ularning mablag'ini talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit
turi.
TRANZIT - (lot. “tranz” - o'tish) yo'lovchi va yuklar tashiladigan vositalarning
yuk jo'natiladigan hamda yuk borishi kerak bo'Igan manzillar
o'rtasida joylashgan stansiyalar, yo'llar, shuningdek, mamlakatlar
orqali o'tish. Aniqroq qilib aytganda, yuk yoki yo' lovchini bir joydan
ikkinchi joyga borishi uchun uchinchi joyni (boshqa joyni) kesib
o'tishi. Tranzit avtomobil, tranzit yuk, tranzit yo'lovchi, tranzit
daryo kabi tushunchalar ham ishlatiladi.
TRANZIT KOMISSION BITIMLAR - birjada ishtirok etish huquqi berilgan
banklaming birjada ishtirok etish huquqi berilmagan kredit
institutlari nomidan ishtirok etishi.
TRAST OPERATSIYALARI - bank mijoz topshirig'i bilan ma’lum mulkni, pul,
qimmatli qog'ozlar ko'rinishida saqlash, o'tkazish va boshqarishni
o'z zimmasiga oladi.
425
TRAST-KOMPANIYA - operatsiya olib borish uchun ishonch qo'g'ozi beruvchi
kompaniyalar, birlashma, fondlar. Trast-kompaniya ishonch
asosida boshqalarga tegishli qimmatli narsalarni saqlash va boshqa
operatsiyalami bajaradi. Trast-kompaniya ishonchli shaxslar -
fiskal agentlar, transport agentlari, voting trast vakillari sifatida ish
bajaradilar.
TRENDLI TEXNIK INDIKATOR - trend chizig'ini chizib olish uchun eng
kichik to'rtburchaklar usulida qurilgan to‘g‘ri chiziqdan iborat.
TREST - monopoliyalarning yuqori shakli. Unda mahsulotni ishlab chiqarish,
sotish, korxonalar moliyasi birlashadi. Trest ma’lum tarmoqda
xukmronlik qiluvchi yagona ulkan shirkatchilik jamiyati hisoblanadi.
TRESTCHILIKKA QARSHI QONUNCHILIK - erkin raqobatga to'sqinlik
qiladigan monopolistik birlashmalarga qarshi kurashish yo'li
bilan kapitalni markazlashtirish jarayonini boshqarish uchun
qabul qilinadigan qonunchilik hujjatlari. Monopoliyalarga qarshi
faoliyatni antimonopol qo'mitasi tashkil etadi.
TRILLION - biming yonidagi nollar soni 12 ta bo'lgan son.
TUG'ILISH KOEFFITSIENTINING YIG'INDISI - har bir yosh guruhi
bo'yicha hisoblangan tug'ilish koeffitsientlarining yig'indisi, bir
ayol butun umri mobaynida tuqqan bolalar sonini ifodalaydi.
TUG'ILISH VA VAFOT ETISHNING UMUMIY KOEFFITSIENTI - joriy
yilda tirik tug'ilganlar soni bilan vafot etganlar sonini mavjud
bo'lgan o'rtacha yillik aholi soniga bo'linadi va promilleda (1000
kishiga nisbatan) ifodalanadi.
TUGATISH QIYMATI - nomoddiy aktivning chiqib ketishi bo'yicha
kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda uning foydali xizmat
muddati oxirida aktivni tugatish chog'ida olinishi kutilayotgan,
aktivning taxmin qilinayotgan (baholangan) summasi.
TUMANLARGA BO'LINADI GAN SHAHAR BUDJETI - umumshahar
budjetini hamda shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlarini;
TU PR O Q RESURSLARI - biologik resurslar bo'lib, ularning hosil bo'lishi
halok bo'lgan organik massaning qayta ishlanishi bilan va yashash
muhiti - litosferaning yuqori yumshoq qobig'i bilan bog'liqdir.
Shuning uchun ular tirik organizmlarning to'plangan zaxiralari,
biologik modda aylanib yurishi hajmi, tuproqning yillik organik
qismi yoki gumus ko'rinishidagi mahsulotlar va chiqindilar bilan
ajralib turadi.
TURG'UN ISHSIZLIK - mehnatga layoqatli aholining doimiy ish joyiga ega
bo'lmagan guruhiga aytiladi.
TURG'UNLIK - iqtisodiy krizislar davrida ishlab chiqarish jarayonining ma’lum
426
davrda deyarli ishlamaslik iqtisodiy holatiga aytiladi. Bu bosqichda
ishlab chiqarish jarayonining jonlanishi uchun ma’lum bir davr
ichida shart-sharoit yaratiladi.
TURMUSH DARAJASI - odatda aholi iste’mol qiladigan hayotiy ne’mat-
larning miqdori va sifatiga asoslanadi. Bu moddiy ne’matlar tarkibi
judahamxilma-xil.TDko'rsatkichlariyaxlittizimishakllanganbo'lib,
unga tug'ilish, olishva boshqa demografik korsatkichlar, hayotning
sanitariya-gigiyena shart-sharoitlari, oziq-ovqat tovarlarini iste’mol
qilish darajasi, sog'liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, ish bilan bandlik,
mehnat sharoiti, aholining daromadlari va xarajatlari, narx-navo
darajasi, transport vositalari, dam olishning tashkil etilishi, ijtimoiy
ta’minlanganligi, inson erkinligi kabi ko'rsatkich bilan belgilanadi.
TURMUSH DARAJASI TIZIM I - jismoniy
ma’naviy va ijtimoiy jj
ehtiyojlaming rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni
qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks
ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.
TURMUSH SIFATI - jamiyat farovonligi darajasini namoyon etuvchi va
mohiyatiga ko'ra uning o'lchovi hisoblanuvchi tushuncha.
TUSHAYOTGAN TALAB - ma’lum paytda erishgan yuqori darajasidan
pasayib borayotgan talab.
TUSHUM - l) korxonaning ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan kelgan pul
mablag‘i; 2) biror narsani sotishdan keladigan foyda; daromad
ko'rinishidagi pul.
TUZATISH KIRITILGAN MAVJUD DAROMAD - institutsion birlik yoki
sektorning mavjud daromadiga shu birlik va sektor olgan natura
shaklidagi ijtimoiy transfertlar qiymatini qo'shish va undan shu
birlik va sektor bergan natura shaklidagi ijtimoiy transfertlar
qiymatini chegirib tashlashgandan so'nggi daromad.
TUZILISHINI QAYTA КО‘ RIB CHIQIB O'ZGARTIRISH - obyektiv shart-
sharoitlar taqozosi bilan paydo bo'lgan konkret muammoni pozitiv
tarzda hal etish maqsadida biron-bir narsaning tashkiliy tuzilishini
muayyan parametrlarga (muddati, vazifasi, ko'lami, xarajatlar
va xokazo) qarab o'zgartirish. Inqiroz xavfining oldini olishga
yo'naltirilgan boshqaruvning o'ziga xos uslublaridan biri (bu o'rinda
mavjud qarzdorlikning, korxona, moliyaviy tizim, texnologiyalar va
personalning tarkibiy tuzilishini qayta ко'rib chiqib, o'zgartirish).
TYURGO ANN ROBERJAK - (1727-1781) fransiyalik, fiziokratizm g'oyasini
rivojlantirdi. Sof bozor iqtisodiyoti tarafdori. Minimal ish haqini
qo'llagan, jamiyatda (kapitalist va ishchilarni qo'shgan holda)
beshta sinf (Keneda esa uchta) borligini aytdi.
~ 4 2 7
UCHYOT - hisoblashish, ro'yxatga olish yo'li bilan narsalarning borligini
aniqlash; hisob-kitob.
ULGURJI BAHO - korxonalar yoki tovar yetkazib beruvchilarning katta
miqdordagi o'z mahsulotini boshqa korxona va tashkilotlarga
ko'tarasiga sotadigan baholari. Ulgurji baholar mahsulotni ishlab
chiqarish va sotish uchun ketgan mehnat xarajatlari, iste’mol
xususiyatlari, sifati va to'lovga qobil talabini ifodalashi kerak. Ular
ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga imkon yaratadi.
ULGURJI NARX - ulgurji savdo qiluvchilarning chakana savdo qiluvchi
firmalarga
tovar
sotishida
qo'llaniladigan
narx.
Ishlab
chiqaruvchilarning narxiga ulgurji savdo qiluvchining ishlab
chiqarish, marketing xarajatlari va daromadini qo'shganda
mahsulotning ulgurji narxi kelib chiqadi.
ULGURJI SAVDO - tovar muomalasining shakllaridan biri, uning vositasida
korxonalar o'rtasida iqtisodiy aloqalar amalga oshiriladi.
O'zbekistonda ulgurji savdo asosan tovar, xomashyo birjasi orqali
amalga oshiriladi.
ULUG'BEK MUHAMMAD TARAG‘AY
- (1394-1449) A.Temurning
nabirasi, Shohruhning o'g'li, Movarounnahrda podsholik qildi,
ilm-fan, madaniyat rivojiga, mamlakatning iqtisodiy ravnaqiga katta
hissa qo'shdi, 1428-yil Fulusiy pullar islohotini o'tkazib, chaqa
pullar qadrini mustahkamladi, “Tamg'a” bojiga alohida e’tibor berdi,
uning podsholik davrida mamlakatda ichki va tashqi savdo o'sdi.
UMIDSIZ QARZ - sud qaroriga binoan majburiyatlarning tugatilishi,
qarzdoming bankrotligi, tugatilishi yoki vafot etishi yoxud da’vo
qilish muddati o'tishi oqibatida uzish mumkin bo'lmagan qarz.
UMUMDAVLAT
BOSHQARUVI
SEKTORI
ICHIDAGI
JORIY
TRANSFERTLAR - turli davlat birliklari yoki umumdavlat
boshqaruvining turli sektorchalari o'rtasidagi joriy transfertlar.
UMUMDAVLAT
BOSHQARUVINING
HAQIQIY
PIROVARD
ISTE’MOLI - umumdavlat boshqaruvi birliklarining haqiqiy
pirovardiste’molning qiymati jamoaga ko'rsatilgan xizmat xarajatlari
qiymatiga teng deb qabul qilinadi.
428
UMUMDAVLAT MOLIYASI - davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish
hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni
yaratish maqsadida markazlashtirilgan pul mablag'lari fondlarini
shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida vujudga
keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi.
UMUMISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI - asosiy va yordamchi ishlab
chiqarish sexlarini boshqarish hamda ular ishlab chiqarishini
tashkil qilish bilan bog'liq xarajatlardir. Ularga “Xarajatlar tarkibi
to'g'risidagi Nizom'ga muvofiq “Ishlab chiqarish xarakteridagi
asosiy fondlar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi”, “Ishlab
chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar” kiradi.
UMUMIY BO ZO R - ishlab chiqarish omillarini milliy chegaralar orqali erkin
ko'chib o'tishi ta’minlanadigan iqtisodiy integratsiya ko'rinishi.
12 ta G'arbiy Yevropa davlatlari a’zo bo'lgan iqtisodiy uyushma.
U 1957-yilda tashkil etilgan bo'lib, uning maqsadlari: boj ittifoqi
va hamjamiyatga a’zo mamlakatlar doirasida kapital, tovarlar, ish
kuchi, xizmatlarning erkin ko'chib yuradigan umumiy bozorini
shakllantirish; unga a’zo mamlakatlarga nisbatan yagona savdo
siyosatini, shuningdek, valyuta, qishloqxo'jaligi, transport sohalarida
umumiy siyosatnio'tkazish, moliya tizimini birxillashtirish, iqtisodiy
va valyuta ittifoqini tuzish va boshqalar. Hozirgi vaqtda ittifoqqa
kiruvchi davlatlar o'rtasida milliy chegaralar ramziy tus olib, yagona
valyuta va yagona narxlarga o'tilmoqda. Uning oliy organi Brussel
(Belgiya) shahrida joylashgan Komissiya va Vazirlar Kengashidir.
UMUMIY DAROMAD (TUSHUM) - ishlab chiqarilgan hamma tovar
birliklarini sotishdan ohngan tushum, ya’ni T = P*Qj bunda R -
narx, Q_- sotish hajmi. Masalan, firma 1000 juft oyoq kiyim ishlab
chiqardi va uning har bir juftini 100 so'mdan sotdi. Bunda umumiy
daromad 100000 = (1000*100) so'mga teng bo'ladi.
UMUMIY KAPITALNING YETARLILIGI - bankning umumiy kapitali
miqdorini riskka tortilgan aktivlarga nisbati orqali aniqlovchi
ko'rsatkich.
UMUMIY MEHNAT TAQSIMOTI - kishilar faoliyatining ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish sohalari o'rtasidagi mehnat taqsimoti, bu sohalar
orasida esa sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, aloqa, savdo, xalq
ta’limi, fan, davlat boshqaruvi, madaniyat va hokazolar o'rtasidagi
mehnat taqsimotidir.
UMUMIY MULK - jamoaga birlashgan hamma kishilarning asosiy ishlab
chiqarish vositalariga birgalikda teng munosabatda bo'Iishligi.
Mulkning bunday turi tarixan turli ko'rinish va shakllarda mavjud
420
bo'lgan. Masalan, ibtidoiyjamoa tuzumi davridagi urug‘ lar, j am oalar
mulki, hozirgi davrda oilaning umumiy mulki, turar-joy, dala-hovli,
mashina, u yoki bu jihozlari va boshqalar. O'zbekistonda umumiy
birgalikdagi egalik mulk: yer, suv, o'rmon, o'simlik va hayvonot
dunyosi, shuningdek, davlat mulki va h.k.
UMUMIY MUVOZANAT - hamma mavjud bozorlarning muvozanat-
lashtirilgan va kelishilgan holda harakat qilishini aks ettiruvchi holat.
Masalan, bugun 4500 so'mga: 1 kg o'simlik yog'i - 400 so'mga,
1 kg shakarni - 100 so'mga, 1 juft oyoq kiyimni - 4 ming so'mga
sotib olish mumkin, deb faraz qilamiz. Agar ma’lum muddatdan
so'ng 4500 so'mga sotib olish mumkin bo'lgan tovar miqdori sifati
nisbatan saqlanib qolsa, demak o'sha muddatda iqtisodiyot umumiy
muvozanat holatida bo'ladi, deb hisoblanadi.
UMUMIY MUVOZANAT TAHLILI - bozor tizimini bir butun, yaxlit
holda o'rganish hamma bozorlardagi muvozanatli narxlar va ishlab
chiqarish hajmlari o'rtasida bog'liqlikni o'rganish.
UMUMIY MUVOZANATLIK - barcha bozorlarning o'zaro bir-biriga
ta’siri natijasida o'rnatiladigan muvozanatlik. Barcha bozorlarning
muvozanat holatida bo'lishi. Bunda biror bozorda muvozanatlik
buzulsa boshqa bozorlarda ham muvozanatlik buziladi
UMUMIY NAFLIK - iste’mol qilingan ne’matlardan olingan jami naflik.
UMUMIY NARX - bir xil yoki o'xshash tovarlarga hamma xaridorlar uchun
belgilangan bir xil, umumiy narx.
UMUMIY SIFAT BOSHQARUVI - tashkilotning shunday boshqaruv
tizimiki, bu tashkilot mahsulotlarini raqiblarining o'xshash
mahsulotlariga
nisbatan
barcha
ko'rsatkichlari
bo'yicha
raqobatbardoshligi yuqoriligini ta’minlaydi.
UMUMIY SUG'URTA - shaxsiy, mulkiy sug'urta, javobgarlikni sug'urta
qilish hamda hayotni sug'urta qilish sohasiga taalluqli bo'lmagan
boshqa sug'urta turlari.
UMUMIY USULLAR - bank risklari miqdorini daromadlariga bog'liq
ravishda baholash va bashorat qilish hamda bank Iikvidliligiga
nisbatan belgilangan iqtisodiy normativlarni bajarish kiradi.
UMUMIY XARAJATLAR - korxonaning mahsulot ishlab chiqarish
uchun sarflangan barcha xarajatlari yig'indisi.
UMUMIY ZAXIRALAR - bunday zaxiralar kredit portfeli uchun tashkil
etiladi. Umumiy zaxiralar kredit portfeliga xos bo'lgan yashirin
tavakkalchilikdan himoya qilish maqsadida tashkil etiladi. Ular
odatda ssuda bo'yicha qarzdorlik summasiga nisbatan foizda
belgilanadi.
UMUMLASHTIRILGAN
MOLIYAVIY
SMETA
(BUDJET)
daromadlar va sarflar yig'ilgan shaklda keltirilgan naqd pul
mablag‘larining harakati hisoblangan va balansi aks ettirilganyig'ma
hujjat.
UMUMLASHTIRILGAN SMETA -
foyda
va
zararlar
to'g'risidagi
hisobotning loyihasi.
UMUMUSLUBIY USULLAR - taftish, audit, tahlil, mavzuli tekshirish,
tadqiq qilish, pirovard natijaga dasturiy baholash, “sanset” uslubi;
UNDIRMA SANOAT RENTASI - asosan yer osti, yer usti boyliklarining
joylashish darajasiga qarab belgilanadigan rentaga aytiladi.
UNDIRUVCHI SANOAT - yer ostidan, suvdan va o'rmonlardan turli xil
xomashyo va yoqilg'i chiqaruvchi sanoat sohasi. Asosiy sohalari
foydali qazilmalar (ko'mir, neft, tabiiy gaz, slanets, torf, temir
rudasi, rangli, nodir asl metallar va noruda xomashyolar) qazib
chiqarish, ovchilik, baliqchilik, dengiz hayvonlarini ovlash va
yog'och tayyorlashdir. Undiruvchi sanoat mahsulotlari asosan qayta
ishlovchi sanoatda qo'llaniladi.
UNIFIKATSIYA - turli xildagi mahsulotlar, detallar, uzellar va boshqa
qo'llaniladigan materiallar va texnologik jarayonlarni rasional
jihatdan bir xilligini ta’minlash.
UNITAR DAVLAT - ma’muriy hududiy birligiga ko'ra yagona qonun
chiqaruvchi va ijroiya hokimiyat, yagona davlat organlari tizimi,
yagona konstitutsiya mavjud bo'Igan davlat.
UNUMDORLIK - foydalanilgan moddiy resurslar yoki xarajat birligiga to'g'ri
keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot yoki bajarilgan ish birligi.
UNUMLI ISTE’M OL - ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish
vositalaridan, ish kuchidan va ishlab chiqarishga sarflangan
kapitaldan foydalanish darajasini ifodalaydi.
URBANIZATSIYA - jamiyat taraqqiyotida
shaharlar
rolini
oshirish
jarayoni. Urbanizatsiya jarayoni shahar aholisining tabiiy o'sishi,
qishloq aholi punktlarini shaharlarga aylantirish, keng shahar oldi
hududlarini shakllantirish hamda aholining qishloq joylaridan
shahar joylariga migratsiyasi hisobiga ro'y beradi.
USKUNALAR VA TRANSPORT VOSITALARINI KAPITAL TA’MIRLASH
- agregatni to'liq ajratib yig'ish amalga oshiriladigan ta’mirlashdir,
bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan
detallar vauzellarni almashtirish yoki tiklashhamda agregatni yig ish,
sozlash va sinab ko'rishdir. Binolarva inshootlarni kapital ta’mirlash
- bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan
konstruksiyalaming detallari va uzellarini almashtirish yoki tiklash
amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
USKUNALARNI ZAMONAVIYLASHTTRISH - harakatdagi uskunalar
konstruksiyasiga, uning texnik darajasini oshiruvchi hamda texnik va
iqtisodiy ko'rsatkichlarini yaxshilovchi sezilarli o'zgarishlar kiritish.
Zamonaviylashtirish ikkinchi shakldagi ma’naviy eskirishning
oldini olishga ko'maklashadi.
USLUB - ishlash, boshqarishdagi o'ziga xos yo'l, usul ma’nosini anglatadi.
USLUBIYAT - iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning tamoyillari, qonun-
qoidalari, hodisalari tizimidir.
USTAMA - l ) pul hisobida maosh ustiga qo'shib beriladigan qo'shimcha,- 2)
qo'shimcha ravishda, takroran, yana; 3) mahsulotning ishlab
chiqarilishi bilan bog'liq bo'lmagan, faqat uni tarqatish bilan bog'liq
bo'lgan, qo'shimcha ravishda sarflanadigan (mehnat, xarajat va shu
kabilar).
USTAMA XARAJATLAR - asosiy xarajatlarga qo'shimcha bo'lib, ular bilan
birga ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritiluvchi, ishlab
chiqarish va korxona boshqaruviga xo'jalik xizmati ko'rsatish
xarajatlari.
USTAV FONDI - ta’sischi (davlat, tashkilot muassasasi, mehnat jamoasi, jismoniy
shaxs) tomonidan korxonaning doimiy ixtiyoriga beriladigan
moddiy va pul mablag' larining yig'indisi. Ustav fondining
dastlabki miqdori korxona tashkil etilayotganida uning ustavida
qayt etiladi va asosiy hamda oborot fondlarini shakllantirish uchun
shaxsiy mablag'laming asosiy manbai sifatida ishlatiladi. Ustav
fondi miqdori hisobot davrining boshida va oxirida buxgalteriya
balansining passivida aks ettiriladi hamda korxonaning asosiy
fondlari qoldik qiymatiga va oborot mablag'lariga bo'lgan eng
kam ehtiyojiga mos bo'ladi. Ustav fondi miqdori xo'jalik faoliyati
jarayonida o'zgarmasdan qolmaydi. U ko'payishi yoki kamayishi
mumkin. Ustav fondi asosiy vositalarda investitsiyalar, mehnat
vositalarini qayta baholash yoki indeksatsiyalash hisobiga ko'payadi;
uning kamayishi asosiy vositalarni hisobdan chiqarish, eskirishini
hisoblash, ularni qayta baholash natijasi bo'lishi mumkin. Ustav
fondi oborot vositalarida unga foydaning bir qismi qo'yilishi, tovar
Do'stlaringiz bilan baham: |