O zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/75
Sana08.07.2022
Hajmi3,68 Mb.
#757456
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75
Bog'liq
muzejshunoslik

Fransiya muzeylari


1. Luvr muzeyi.
2. Orse muzeyi.
3. Pompidu markazi.
4. Versal saroyi.
5. 0 ‘rta asr muzeyi.
6. Gime Sharq san’ati muzeyi.
Luvr muzeyi
1694-yilda abbat J.B.Buazo Bezansondagi avliyo Vinsent cherkovi- 
ga o ‘zining kitoblar, medallar, tangalar, kartinalardan iborat to‘plamini, 
o ‘qish davomida barcha xohlovchilar uchun ishlatish mumkin boiishi 
sharti bilan taqdim qiladi. Shu tarzda birinchi fransuz muzeyi paydo 
bo‘ladi. Milliy mohiyatga ega bo‘lgan Luvr muzeyi oradan yuz yillar 
o‘tgandan keyin qo‘zg‘alonlar jarayoni davomida tashkil qilindi.
Tarixga Luvr nomi bilan kirib kelgan saroy binolari kompleksi ko‘p 
asrlar davomida qurildi. Luvming qiyofasi XVII asrda paydo bo‘ladi.
Luvr fransuz qirollarining saroyi kabi nafaqat m e’moriy yodgor- 
lik, balki eng mashhur muzeylardan biridir. U yerdan turli xildagi boy 
kolleksiyalar o ‘rin olgan: ossuriyaliklar saroyidan topilgan barelyef- 
lar, Misr rangtasviri va b.
0 ‘rta asr qal’asi keyinchalik saroyga aylanib, XII asrda Filipp Av­
gust tomonidan qurilgan. Keyinchalik Luvr bir necha marta qayta 
qurilib, o ‘z tashqi ko‘rinishini o ‘zgartirgan. Yillar o ‘tib, qirollar 
o ‘zgargan. Kimdir Luvrda yashagan, kimdir esa faqat ish olib bor- 
gan. Lekin ularning hammasi saroy uchun o ‘z davrida o ‘zgartirishlar 
kiritishgan. 1682-yil qirol saroyi Versalga o ‘tkaziladi, hamma ishlar 
to ‘xtatiladi va Luvr tanazzulga yuz tutgan edi. 1750-yilda hattoki, bu 
binoni buzib tashlash haqida ham so‘z borgan edi52.
Bu davrda “Kvadrat hovli” atrofida va Sena bo ‘yida Luvrning 
dabdabali korpuslari qad ko‘tarib, K.Perro loyihasi bo‘yicha mash-


hur Sharq “Kolonnada”si dunyoga keladi ham da hashamatli zallar 
bezatiladi. 1670-yillarda Sh.Lebren loyihasi b o ‘yicha qirollikning 
shahar tashqarisidagi yangi ajoyib rezidensiyasi -— Versalning qad 
rostlashi munosabati bilan Luvr qurilishi to ‘xtatiladi. 1682-yilda Lyu- 
dovik XIV (1643-1715) bilan birga fransuz qirolligi ko‘chib o ‘tadi. 
Luvrdan Versalga fransuz qirolligining zallarini, galereyalarini bezab 
turgan ko‘plab badiiy asarlar kolleksiyasi k o ‘chiriladi. Bu davrga 
kelib fransuz madaniy hayotiga aylanib ulgurgan Luvr bu bilan qash- 
shoqlashib qolmadi.
Inqilobdan so‘ng, Luvr qurilish ishlari Napaleon tomonidan olib 
borilgan. 1871 -yilda qasr zamonaviy ko‘rinishda edi. Kolleksiyalarn- 
ing tezda yig‘ilishi, bugungi kunda mashhur kolleksiyalar Fransisko 
I ga tegishli bo‘lib, XVI asrda yig‘ila boshlagan. Bu kolleksiyalami 
Lyudovik XIII va Lyudovik XIV lar to ‘ldirib kelishgan.
XVI-XVII asrlarda Genrix IV ning farmoyishiga binoan, katta 
galereyaning pastki qavatida mashhur rassomlar, haykaltaroshlar, 
zargarlar, soatsozlar joylashtiriladi. Versaldan qirollik ko‘chib ket- 
ganidan so‘ng, Luvrda Tasviriy san’at va haykaltaroshlik akademi- 
yasi, Fanlar akademiyasi joylashadi. Luvrda akademik rassomlaming 
ko‘rgazmalari o ‘tkazila boshlaydi. Ammo fransuz tojining mashhur 
kolleksiyasi omma uchun yopiqligicha qoladi. 1750-yilda Lyuksem- 
burg saroyida omma uchun haftasiga ikki kun uncha katta bo‘lmagan 
ekspozitsiya tashkil qilinadi. Fransuz jam iyatida muzey tashkil qi- 
lish zarurligi haqida fikrlar paydo bo‘la boshlaydi. Jamoatchilik fikri 
ta’sirida Lyudovik XVI tomonidan tashkil qilingan davlat komissi- 
yasida Luvrda milliy san’at muzeyi tashkil qilish g ‘oyasi o ‘rganib 
chiqiladi. 1789-yilgi fransuz inqilobi yakka monarxiyani tugatadi va 
milliy muzeyni Respublika davlati qaram og‘ida tashkil qiladi. Yangi 
hukumat qonun asosida qirollik kolleksiyasini, cherkovni hamda sur- 
gun qilingan aristokratlaming mulklarini milliylashtiradi.
1792-yilning sentabrida Konvent Luvrda Fransiya muzeyi tashkil 
qilinishi to ‘g ‘risidagi qaromi qabul qiladi va u 1793-yil 10-avgustda


tom oshabinlar uchun ochiladi. M uzey kolleksiyasi k o ‘payishida 
N apoleon I ning o ‘rni beqiyosdir. H ar bir g ‘alabasidan so‘ng, u, mil- 
latdan san’at asari ko‘rinishida hadya talab etgan. Bugungi kunda 
muzey katalogidan 400 mingdan ortiq eksponatlar o ‘rin olgan.
Luvr kolleksiyasi ibtidoiy jam oa davridan boshlab davrma- 
davr berilgan. Shu orqali muzey ensiklopedik ilmiyligiga egadir.
1981-yildan repsublika prezidenti qarori tomonidan L u v rta’mirlandi. 
Eng qadimiy qismi (bosh minoraning xarobasi) qayta tiklandi. Na- 
paleon hovlisida mashhur piram ida paydo b o ‘ldi, yangi zal va hov- 
lilar orasidagi o ‘zaro bog'liqlik yaratildi. Piramida muallifi - xitoy 
millatiga m ansub amerikalik m e’m or Yox M ing Pi53.
Versalda fransuz maktabining maxsus muzeyi, Parij botanika 
bog‘ida tabiiy tarix muzeyi, Sen-Martin de Shamp cherkovida ja- 
hondagi birinchi fan va texnika muzeyi — san’at va hunarmandchilik 
konservatoriyasi tashkil qilinadi. 1796-yilda Luvrda Respublika 
san’at muzeyi, keyinchalik Markaziy san’at muzeyi paydo bo‘ladi. 
Ammo bu muzeylardagi asarlaming joylashtirilishi, ularning saqlani- 
shi talab darajasida emas edi. Bu omma orasida noroziliklarga sabab 
bo‘la boshlaydi. XVIII asr muzeylar tarixida burilish davri bo‘ldi. 
Madaniyatning buyuk ijodi insoniyatning estetik, m a’naviy va in- 
tellektual tarbiyasida asosiy vosita ekanligi jam iyat dunyoqarashiga 
o ‘z ta ’sirini ko‘rsatadi. Shu sababli yuz yillikning ikkinchi yarmida 
ommaviy muzeylar paydo boMishi tabiiy holga aylanadi.

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish